Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


 O’zbekistonda antimonopol qonunchilikning vujudga kelishi


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

2. O’zbekistonda antimonopol qonunchilikning vujudga kelishi 
Raqobatning amal qilishi ma‘lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lishini taqozo 
qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo‘lishi 
mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish ayni vaqtda raqobatchilik 
muhitining shakllanishini bildiradi. 
Raqobatchilik muhitini vujudga keltirish xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning 
erkinligi va iqtisodiy mustaqilligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish 
yo‘lidagi mavjud to‘siqlarni bartaraf etishni iqtisodiyotda monopol tuzilmalar 
faoliyatini tartibga solishni taqozo etadi. Bunday tartibga solishning zaruriy sharti 
uning me‘yoriy huquqiy asoslarining yaratilishidir.
«Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi 
qonuniga (1992 yil) ko‘ra, bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni 
monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to‘sqinlik qilish, 
raqobatning g‘irrom usullarini qo‘llash man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga 
yetkazgan zararni qoplashlari, jarima to‘lashlari, g‘irromlik bilan olgan foydadan 
mahrum etilishlari shart. 
Respublikada monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun 
Moliya vazirligi tizimida monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish bosh 
boshqarmasi tuzildi. Boshqarmaga ro‘yxatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi 
korxonalar mahsuloti bo‘yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib turish 
huquqi berildi. 
Respublikada monopol mavqega ega bo‘lgan korxonalarni Davlat Reestriga 
kiritish uchun mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda o‘tish davrining o‘ziga 
xos jihatlari hisobga olinadi. 
Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli 
o‘zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etadi. 
Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan (1996 yil 27 


174 
dekabrda) «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat 
to‘g‘risida»gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va 
g‘irrom raqobatning oldini olish, uni cheklash, to‘xtatishning tashkiliy va huquqiy 
asoslarini belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini 
shakllantirish va samarali amal qilishini ta‘minlashga qaratilgan. Shuningdek, 
mazkur qonunda mavjud va saqlanib qolgan monopolistlar tomonidan bozorda 
hukmronlik mavqeini suiste‘mol qilishning oldini olish va unga barham berishni 
ko‘zda tutsa, ikkinchidan, monopoliyadan chiqarish va sog‘lom raqobat muhitini 
shakllantirish zarurligi belgilab qo‘yilgan. 
Mazkur qonun monopoliyalarning amal qilishini taqiqlamay, balki bozorda 
ularning hukmronligi oqibatida kelib chiquvchi salbiy holatlarning oldini olishga 
qaratilgan. Qonunda ko‘zda tutilgan taqiqlar ham rivojlangan bozor iqtisodiyoti 
mamlakatlari uchun, ham O‘zbekiston va boshqa o‘tish davri iqtisodiyoti 
mamlakatlari uchun xos bo‘lgan monopolist tuzilmalar xatti-harakatiga qarshi 
o‘rnatilgan. 
Quyidagi 
hatti-harakatlar 
monopoliyaga 
qarshi 
qonunchilikka 
zid 
hisoblanadi: 
- xo‘jalik yurituvchi sub‘ekt tomonidan bozordagi ustunlik mavqeining 
suiste‘mol qilinishi (5-modda); 
- xo‘jalik sub‘ektlarining raqobatni cheklashga qaratilgan bitimlari (o‘zaro 
kelishilgan xatti-harakatlari) (6-modda); 
- davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlarining raqobatni 
cheklashga yo‘naltirilgan xatti-harakatlari (7-modda); 
- g‘irrom raqobat (8-modda). 
Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar 
bozordagi shu turdagi tovarlarning 35 foizidan ortiq bo‘lsa, bu korxona 
monopolistik korxona sifatida Davlat Reestriga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari 
guruhi uchun bunday mezon darajasi 20 foiz deb belgilangan. 


175 
Respublikada monopoliyalar ro‘yxatiga kirgan korxona (tarmoq)larning 
bozordagi mavqeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi. Bu 
usullardan ikkitasini ajratib ko‘rsatish lozim: 
1. Monopol mavqeidagi korxonalar mahsulotlariga narxlarning eng yuqori 
darajasini yoki rentabellikning chegarasini belgilab qo‘yish. 
2. O‘z monopol mavqeini suiste‘mol qilgan monopolistik birlashmalarni 
bo‘lib tashlash yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining (1994 yil 
18 iyuldagi 366 sonli) qarori bilan tasdiqlangan «Ob‘ektlarning xo‘jalik yurituvchi 
jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» asosida 
amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining «Iste‘molchilarning huquqlarini 
himoya qilish to‘g‘risidagi» (1996 yil, aprel) qonuni asosida g‘irrom raqobatga, 
shu jumladan respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob bermaydigan 
tovarlarni chiqarishga yo‘l qo‘ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida 
e‘tibor beriladi. 
Respublikada raqobatchilik muhitini shakllantirish maqsadida va davlatga 
qarashli bo‘lmagan sektorni qo‘llab-quvvatlash uchun tadbirkorlikni rivojlantirish 
fondi, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga ko‘maklashish fondi tashkil etildi. 
Raqobatchilik muhitini shakllantirishga ko‘plab xalqaro tashkilotlar ham faol 
qatnashmoqda. Jumladan, YuNIDO yordamida bir nechta biznes inkubatorlar 
tashkil etildi. Evropa jamiyati Komissiyasi Amaliy aloqalar markazi, Germaniya 
texnikaviy ko‘maklashuv jamiyati kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash 
markazi tashkil etildi. Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda 
amalga oshirilayotgan barcha ishlar rivojlangan bozor iqtisodiyotini tarkib topti-
rishga xizmat qiladi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling