II . Raqobatning yetuklilik darajasi yoki bozor subyektlarning mavqeiga ko`ra Sof raqobatli bozor. Sof monopolistik bozor. Monopolistik raqobatli bozor. Oligopolistik bozor. - III. Hududiy qamrov darajasiga ko`ra
- Mahalliy bozorlar.
- Milliy bozorlar.
- Jahon bozori.
- IV. Savdo bitimlarini amalga oshirilish tartibiga ko`ra
- Chakana savdo bozorlari.
- Ulgurji savdo bozorlari.
- V. Mulk shakllariga ko`ra
- Davlat savdosi.
- Kooperativ savdo.
- Dehqon bozori.
- Qarz majburiyatlari bozori (iste`molni qondiradigan pul)
- Qimmatli qog`ozlar bozori
- Qarz majburiyatlari bozorida olingan pul shaxsiy iste`mol uchun ishlatiladi.
- Kapital bozorida qo`yilgan puldan daromad olishi huquqi sotiladi va sotib olinadi.
- Qimmatli qog`ozlarning birlamchi bozorida ularning yangidan chiqarilgan nusxalari sotiladi va sotib olinadi, ikkilamchi bozorida oldin chiqarilganlari harakatda bo`ladi.
- Mehnat birjasining vazifalari:
- Ishsizlarni ro`yxatga olish.
- Ishsizlarni mos o`rinlarda ish bilan ta`minlash.
- Ish bilan ta`minlanganlarni qayta o`qitish va yangi kasbga tayorlash.
- Ishsizliklarni ijtimoiy himoyalash.
- Bozor segmenti – bu bozorni alohida belgilariga qarab bo`g`inlarga ajratish. Unga ikkita sabab asos bo`ladi:
- Iste`molchilarning ijtimoiy – iqtisodiy jihatidan tabaqalanishi natijadasida ular talabining o`zaro farqlanishi.
- Alohida tovar ishlab chiqarishning tabaqalanishi.
- Bozorni segmentlarga ajratish mezonlari:
- I. Aholining xarid qilish layoqati darajasi, ya`ni to`lovga layoqatliligi.
- II.Hududiy va ijtimoiy demografik mezonlar (aholining soni, uning yosh tarkibi, jinsi, zichligi, tabiiy va iqlim sharoiti va h. k.).
- Bozor infratuzilmasining turkumlanishi:
- I. Ishlab chiqarish tipidagi muassasalar: ombor xo`jaligi,saqlash va uzatish moslamalari, transport hamda aloqa xizmati.
- II.Ayriboshlash jarayoniga xizmat ko`rsatuvchi muassasalar: tijorat do`konlari, savdo uylari, supermarketlar, savdo agentliklari,birjalar, auksionlar va boshqa savdo –sotiq muassasalari.
- III.Moliya kredit munossabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar: kredit – bank muassasalari, sug`urta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari.
- IV. Ijtimoiy sohaga xizmat ko`rsatuvchi muassasalar: uy –joy va kommunal xizmati idoralari, mehnat birjasi va agentliklari.
- 4. Bozor infratuzilmasi va uning usullari.
- Bozor infratuzilmasi – bu bozor aloqalarini o`rnatish ularning bir maromda amal qilishini ta`minlashga xizmat ko`rsatuvchi muassasalar.
- Universal birjalar – har xil tovarlar bilan savdo –sotiq qiladi.
- Ixtisoslashgan birjalarda – ayrim turdagi yoki bir guruhga kiruvchi tovarlar sotiladi.
- Tovar birjasi – namuna yoki andozalar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo – sotiq ishlarini o`tkazuvchi tijorat muassasasi.
- Broker (makler) lar – bu tovar, fond va valuta birjalarida oldi –sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firmalar.
- Auksionlar – alohida xususiyatlarga ega bo`lgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasi.
- Auditorlik firmalari – korxonalarning moliyaviy – xojalik faoliyatini tekshirib va ular hisobotini ekspertizadan o`tkazib beruvchi mustaqil axborot xizmati muassasalaridir.
- Savdo firmalari – tijorat ishini yurituvchi ulgurji va chakana savdo korxonalaridir. Ulgurji savdo firmalari tovarlarni o`z mulkiga sotib olib, keyin iste`molchilarga sotadi. Chakana savdo korxonalari mustaqil do`konlar, maxsus savdo shaxobchalari va supermarketlardan iborat bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |