Bozor narxining mohiyati, xususiyat va vazifalari


Download 223 Kb.
bet14/14
Sana14.02.2023
Hajmi223 Kb.
#1196848
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2 mavzu

Nazorat savollari


1. Narx atamasining qanday ta`riflari mavjud?
2. Bozor narxi tushunchasi nimani anglatadi?
3. Bozor narxi qaysi qatlamlardan iborat?
4. Naflilik nima va uning qanday darajalari mavjud?
5. Tannarx narxdan nimasi bilan farqlanadi?
6. Bozor narxi qanday xususiyatlarga ega? Uning o’zgaruvchanlik va ko’p pog’onalilik xususiyatlarini tushuntirib bering?
7. Muvozanatlashgan narx qanday vujudga keladi?
8. Narx qanday vazifalarni bajaradi?
9. Narx talab va takliflarni qanday moslashtiradi?


Test topshiriqlari


1. Qaysi jihatga ko’ra narx-bu muomala jarayonidagi ne`matlar qiymatini ifodalash shakli?

a) ishlab chiqarish;

b) ayirboshlash;

v) moliya;

g) savdolashuv.




2. Moliya jihati bo’yicha narx qanday ta`riflanadi?

a) muomala jarayonidagi ne`matlar qiymatini ifodalash shakli;

b) tovar ishlab chiqarishga sarflangan ish vaqtini bilvosita o’lchash vositasi;

v) qiymatning pulda ifodalanishi;

g) sotuvchi tomonidan so’raladigan yoki xaridor to’lashga tayyor bo’lib turadigan pul miqdori.




3. Bozor narxi bu:

a) tovar va xizmatlar uchun xaridor tomonidan so’raladigan va sotuvchi tomonidan to’lanadigan pul miqdori;

b) tovar va xizmatlar uchun sotuvchi tomonidan so’raladigan yoki xaridor to’lashga tayyor bo’lib turadigan pul miqdori;

v) tovar va xizmatlar uchun sotuvchi tomonidan to’lanadigan va xaridor tomonidan so’raladigan pul miqdori;

g) tovar va xizmatlar uchun sotuvchi tomonidan so’raladigan va xaridor tomonidan ularni sotib olishda to’lanadigan pul miqdori.




4. Tovarning bozor narxi qanday baholarning uyg’unlashuvi natijasida yuzaga keladi?

a) taklif va sotuvchi baholar;

b) talab va xaridor baholar;

v) taklif va talab baholar;

g) ulgurji va chakana baholar.




5. Narxning qaysi vazifasi qiymatning pulda ifodalanishini belgilaydi?

a) hisob-kitob vazifasi;

b) rag’batlantirish vazifasi;

v) taqsimlash vazifasi;

g) talab va taklifni moslashtiish vazifasi.




6. Narxning ichki tuzilmasiga qaysi unsur kirmaydi?

a) qiymat;

b) tannarx ;

v) tijorat;

g) narx.




7. Bozor narxiga xos bo’lmagan xususiyatni belgilang?

a) tovar bilan uzviy bog’lanuvchanlik;

b) daromad keltiruvchanlik;

v) doimiylik;

g) savdolashuv vositasi.




8. Narxning mohiyatiga qaysi unsur taalluqli emas?

a) qiymat;

b) tannarx;

v) menejment ;

g) narx.




9. Bozor narxiga taalluqli bo’lgan xususiyatni belgilang?

a) tovar bilan uzviy bog’lanmagan;

b) daromad keltiruvchanlik;

v) rag’batlantirmaslik ;

g) savdolashmaslik vositasi.




10. Narxning qaysi ta`rifi rejali iqtisodiyotga ko’proq mos keladi?

a) tovar qiymatining pulda ifodalanishi;

b) muomala jarayonida foydali ne`mat shaklida namoyon bo’ladigan qiymatlarni ifodalash;

v) tovar va xizmatlarni sotuvchi tomonidan so’raladigan pul miqdori;

g) tovar va xizmatlar uchun sotuvchi tomonidan so’raladigan va xaridor tomonidan ularni sotib olishga to’lanadigan pul miqdori.




11. Hisob-kitob, axborot berish, daromadlarni qayta taqsimlash, rag’batlantirish bu narx:

a) strategiyalari;

b) usullari;

v) vazifalari;

g) yondashuvlari.




12. Qaysi yondashuvga ko’ra "narx - bu qiymatning pulda ifodalanishi" deb ta`riflanadi?

a) ayirboshlash;

b) moliya;

v) savdolashuv;

g) marketing.




13. Narxning ichki tuzilmasiga qaysi unsur kiradi?

a) qiymat;

b) marketing;

v) tijorat;

g) talab .




14. Bozor narxiga xos bo’lgan xususiyatni belgilang?

a) tovar bilan uzviy bog’lanmagan;

b) daromad keltiruvchanlik;

v) doimiylik;

g) savdolashmaslik vositasi.




15. Narxning qaysi ta`rifi erkin bozor iqtisodiyoti sharoitiga uncha mos kelmaydi?

a) tovar qiymatining pulda ifodalanishi;

b) muomala jarayonida foydali ne`mat shaklida namoyon bo’ladigan qiymatlarni ifodalash;

v) bir-birlik va tovarlarni sotuvchi sotishga tayyor bo’lib turgan pul miqdori;

g) tovar va xizmatlar uchun sotuvchi tomonidan so’raladigan va xaridor tomonidan ularni sotib olishga to’lanadigan pul miqdori.




16. Narxning qaysi ta`rifi erkin bozor iqtisodiyoti sharoitiga ko’proq mos keladi?

a) tovar qiymatining pulda ifodalanishi;

b) muomala jarayonida foydali ne`mat shaklida namoyon bo’ladigan qiymatlarni ifodalash;

v) birlik va tovarlarni sotuvchi sotishga tayor bo’lib turgan pul miqdori;

g) tovar va xizmatlar uchun sotuvchi tomonidan so’raladigan va xaridor tomonidan ularni sotib olishga to’lanadigan pul miqdori.




17. Jumlani yakunlang:.. .. .. .. bu tovar va xizmatlar uchun xaridor to’lashga tayyor bo’lib turadigan pul miqdoridir.

a) tannarx;

b) qiymat;

v) narx .




18. Jumlani yakunlang: Narx ichki tuzilishi bo’yicha .. ... va .. .. .. dan iborat.

a) qiymat , foyda;

b) qiymat, tannarx;

v) tannarx, tijorat.




19. Jumlani yakunlang: .. .. .. va.. .. .. o’zaro nisbati asosini muvozanatlashgan narx tashkil etadi.

a) talab, bozorning;

b) taklif, narxning;

v) talab, taklifning.




20. Jumlani yakunlang: .. .. .. .. va taklifning o’zaro nisbati asosini muvozanatlashgan narx tashkil etadi.

a) narx;

b) talab;

v) bozor.




21. Narx o’zida tovarga ketgan xarajatlarni hamda ishlab chiqaruvchi va sotuvchining o’rtacha foydasini aks ettiradi.

a) to’g’ri;

b) noto’g’ri.




22. Narx o’zida tovarga ketgan xarajatlarni hamda ishlab chiqaruvchi va sotuvchining o’rtacha foydasini aks ettirmaydi.

a) to’g’ri;

b) noto’g’ri .




23. Tovarning narxi korxona qiymatiga teskari munosabatdoshlikdadir.

a) to’g’ri;

b) noto’g’ri .




24. Narx va baho- sinonim tushunchalardir

a) to’g’ri;

b) noto’g’ri.




25. Qiymat-bu tovar ishlab chiqarishga va uning marketingiga sarflangan xarajatlarning pul shaklida ifodalanishidir.

a) to’g’ri;

b) noto’g’ri.




26. Tovar bilan uzviy bog’lanuvchanlik, daromad keltiruvchanlik, savdolashuv vositasi-bu bozor narxining xususiyatlaridir.

a) to’g’ri;

b) noto’g’ri.




27. Narx hisob-kitob, axborot berish, daromadlarni taqsimlash vazifalarini bajaradi.

a) to’g’ri;

b) noto’g’ri.




28. Narx va tannarx- sinonim tushunchalardir.

a) to’g’ri;

b) noto’g’ri.




29. Bizning kundalik hayotimiz va uy-ro’zg’or tutishimiz narx-navo bilan bevosita bog’lik emas.

a) to’g’ri;

b) noto’g’ri.




30. Jumlani yakunlang: Narx bozorda .. .. ... va .. .. .. moslashuvchanligi sifatida xizmat qiladi.

a) talab, bozorning;

b) bozor , taklifning;

v) talab, taklifning.




31. Jumlani yakunlang: Talab va taklifning o’zaro nisbati asosini .. .. .. .. .. .. .. .. narx tashkil etadi.

a) muvozanatlashmagan;

b) mavozanatlashgan;

v) markazlashgan.

Mustaqil ishlar


1. Narxning turli jihatlari bo’yicha ta`riflari va narx vazifalari o’rtasidagi aloqadorligini quyidagi 2.2-jadvalni to’ldirish orqali aniqlang.
2.2-jadval
Narx tushunchasi va vazifalari o’rtasidagi aloqadorlik



Narxning turli jihatlari

Narx tushunchasi

Narx qaysi vazifada o’z ifodasini topadi?

1.










2.










3.










4.










2. Narx va tannarx atamalarining umumiyligi va tafovutlarini Venn diagrammasi orqali ifodalang.



Download 223 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling