Bozor narxining mohiyati, xususiyat va vazifalari
Narx tushunchasi va tabiati
Download 223 Kb.
|
2 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Ishlab chiqarish jihati
- 2. Ayirboshlash jihati.
1. Narx tushunchasi va tabiati
Kundalik hayotimiz va uy-ro’zg’or tutishimiz narx-navo bilan bevosita bog’liq. Erta bilan savdo do’konlariga borib non, sut, qaymoq va boshqa ovqatlanish mahsulotlarini muayyan narxlarda sotib olamiz. Ishga umumiy foydalanish transporti bilan borib kelish uchun yo’lkira to’laymiz. Tushlik paytida muayyan mablag’ sarflab ovqatlanamiz. Uy xo’jaligida foydalaniladigan suv, gaz, elektroenergiya va boshqa kommunal xizmatlarning to’lovlarini vaqt-vaqti bilan aloqa bo’limiga topshirib turamiz. Ishchi kuchimiz va ishbilarmonlik qobiliyatimizdan foydalanish evaziga korxona xazinasidan ish haqi và tadbirkorlik daromadi olamiz. Banklarda qo’yilgan mablag’ yoki aksiyadorlik jamiyatlaridan sotib olingan aksiyalarning egasi sifatida foiz hisobida, dividend shaklida pul daromadini olamiz. Bu to’lov va pul kirimlarining barchasi turli tovar va xizmatlar narxining ifodasidir. Narx nima va u qanday tabiatga ega? Narx marketingning eng nozik, murakkab, o’zgaruvchan va bozorni tartibga solib turish hamda iqtisodiyotni boshqarish qobiliyatiga ega bo’lgan unsurdir. Adabiyotlarda narxning turli ta`riflarini uchratish mumkin. Mavjud fikrlarni besh jihatgà bo’lish mumkin: 1. Ishlab chiqarish jihati. Bunga ko’ra narx quyidagicha ta`riflanadi: Narx- bu tovar ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy ish vaqti miqdorini bilvosita o’lchash uchun xizmat qiladigan iqtisodiy atamadir. Bu jihat narxni qiymat qonuni nuqtai nazaridan ko’rib chiqib, tovarning marketing jabhasini inobatga olmasdan, asosiy diqqat-e`tiborni ishlab chiqarish sarf-xarajatlariga qaratadi. 2. Ayirboshlash jihati. Unga ko’ra narxga quyidagicha ta`rif beriladi: Narx - muomala jarayonidagi ne`matlar qiymatini ifodalash shakli. Bunga ko’ra "ayirboshlash" narx dastagi mohiyatini yoritishning tayanch asosi bo’lib xizmat qiladi. Ma`lumki, ayirboshlashning pul va natural shakllari mavjud. Tovar-pul munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda pulsiz, bevosita tovarlar ayirboshlash jarayoni barter usulida ham amalga oshiriladi. Ayirboshlash ko’lami va intensivligi narxni shakllantirish ko’lami va ob`ektivligi bilan aniqlanadi. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida ayirboshlash ob`ekti kengayadi. Ko’chmas mulk, qimmatli qog’ozlar, yer, ishchi kuchi, tadbirkorlik qobiliyati, xizmatlar, nomoddiy aktivlar ham sotish va sotib olish ob`ektiga aylanib narxni shakllantirish ko’lamini kengaytiradi. Download 223 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling