Bozor narxining mohiyati, xususiyat va vazifalari


Download 223 Kb.
bet3/14
Sana14.02.2023
Hajmi223 Kb.
#1196848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 mavzu

3. Moliya jihati bo’yicha narx quyidagicha ta`riflanadi:

Narx- qiymatning pulda ifodalanishi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu ta`rif ham o’rinlidir. Chunki rivojlangan bozor munosabatida ko’pgina muomala operatsiyalarida tovar va xizmatlarni pul ifodasida baholash usulidan foydalaniladi va qiymatning narxga ta`siri kuchayadi.


4. Savdolashuv jihatiga muvofiq narx quyidagicha ta`riflanadi:

Narx - tovar va xizmatlar uchun sotuvchi tomonidan so’raladigan yoki xaridor to’lashga tayyor bo’lib turadigan pul miqdoridir.


Bu jihat narxni tijorat tizimida ko’rib chiqib, sotuvchi va xaridor manfaatlarining o’zaro mos kelishiga diqqat-e`tiborni qaratadi. Darhaqiqat, bozor narxlari savdolashuv jarayonida oydinlashadi. Agar sotuvchi tomonidan qo’yiladigan narx xaridor uchun qanoatlanarli bo’lsa, sotish va sotib olish akti amalga oshadi.


5. Marketing jihati. Buning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda narx kal'kulyatsiyalàsh natijasida emas, balki bozor holatining muayyan muvozanatligiga asoslanib o’rnatiladi. Muvozanatlikni topib olish uchun ishlab chiqaruvchi, tijorat- vositachi va chakana savdogar bozor holati, raqobat sohasi, tijorat tavakkallarini, iste`molchilarning xaridorlik qobiliyati va xulq-atvorlarini marketing tadqiqotlari vositasida tahlil qilib chiqishlari kerak. Marketing tadqiqotlari natijasida xaridor va sotuvchi uchun ma`qul narxni shakllantirish imkoniyati paydo bo’ladi. Shunday qilib, marketing yondashuviga asoslanib bozor narxiga quyidagi ta`rifni beramiz:


Bozor narxi -bu tovar va xizmatlar uchun sotuvchi tomonidan so’raladigan va xaridor tomonidan ularni sotib olishda to’lanadigan pul (tovar, xizmat) miqdoridir.

Narxni bunday ta`riflash uning bozor tizimidagi ikki tomonlama tabiatini oshkor qilish imkoniyatini beradi. Birinchi tomondan bozor narxi mahsulotni sotishdan qo’lga kiritish istak-niyatidagi pul miqdorini ifodalaydigan sotuvchi (taklif) narxi shaklida namoyon bo’lsa, ikkinchi





Download 223 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling