Bozor narxining mohiyati, xususiyat va vazifalari
-rasm. Narxning ichki tuzilishi
Download 223 Kb.
|
2 mavzu
2.2-rasm. Narxning ichki tuzilishi
konkret mehnat natijasida iste`mol qiymat (meva-sabzavot, non, bilim) yaratilgandan keyin u bozorda ayirboshlash qiymati sifatida oldi-sotdi predmetiga aylanadi. Masalan, traktorchi yerlarni tez kul'tivatsiya qilib berish uchun emas, balki ularni sifatli, agronomiya talablariga mos haydab berishi uchun yollanadi yoêi davlatga paxta yig’im-terim rejasini bajarish emas, balki tolaning chiqish hajmi muhim ahamiyat kasb etadi. Ya`ni tadbirkorlik tizimida mehnat natijasida qiymat yaratish emas, balki iste`mol qiymat yaratish birlamchi hisoblanadi. Shuning uchun qiymat narxni shakllantiruvchi muhim manba sifatida xizmat qiladi. Tovar va xizmatlarning qiymatiga qarab ularning narxi aniqlanadi. Biroq tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga mujassam ish vaqti miqdorining xaridor uchun noaniqligi sababli qiymat uncha muhim ahamiyat kasb etmaydi. U tovarga necha soat mehnat sarflanganligi bilan qiziqmaydi. Shuning uchun qiymat narxning "ko’rinmas tabiiy unsuri" sifatida amal qiladi-da, faqat tovar ishlab chiqaruvchi uchun muayyan darajada aniq bo’lishi mumkin. Fizikaviy qattiq jismlar tarkibidagi molekulalarni mikroskop orqali aniqlash kabi, mehnat iqtisodiyotida ham tovar qiymatini mehnat jarayonlarini xronometraj qilish yo’li bilan uni ishlab chiqarishga sarflangan vaqtni aniq o’lchash imkoniyati mavjud. Lekin, narxning keyingi ichki qatlamidagi tushuncha-tannarx va sotuvchiga ishlab chiqaruvchi tovar narxi xronometrajsiz aniqlash imkoniyatini yaratib beradi. Tannarx-bu tovar ishlab chiqarishga va uning marketingiga sarflangan xarajatlarning pul shaklida ifodalanishidir. U tovar ishlab chiqaruvchi, sotuvchi, xaridor va iste`molchiga tegishli bo’lgan narx ("sannarx")ni emas, balki faqat tovarning o’ziga tegishli bo’lgan "tan" narxni ifodalaydi. Tovar tannarxi kal'kulyatsiya asosida hisoblanadi va barcha sarf-xarajatlar natural o’lchovdan pul o’lchoviga o’tkazilib tovarning o’z narxi hisoblanadi. Tannarx tovar narxining quyi chegarasi sifatida xizmat qiladi. Agar biror mahsulotni tanish xaridorga arzon narxga sotmoqchi bo’lsangiz, uni o’z narxidan (tannarxidan) past sota bilmaysiz, chunki tovarni sotish natijasida kamida xarajatlarni qoplash kerak bo’ladi. Tovarning tabiiy narxi (qiymati) qiymati uning tannarxi orqali mehnat miqdori o’lchovidan pul o’lchoviga aylantiriladi. Qayd qilish kerakki, tannarx ham qiymat singari xaridor uchun noaniq qoladi va u savdo do’konidan tovarning tannarxini so’ramaydi. Chunki xaridorga narsa kerak emas, balki uning talab-ehtiyojini qondirishga qodir bo’lgan vosita kerak. Shu sababli xaridor dastlab bozordan sotib olinadigan tovarning nafliligi bilan qiziqadi. Download 223 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling