2.3 - rasm. Bozor narxining o’ziga xos xususiyatlari
Yettinchidan, bozor muvozanatini ta`minlash xossasi. Narxing bu xususiyati bozor muvozanati nazariyasidan kelib chiqadi. Mazkur nazariyaga ko’ra ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) va iste`molchi (xaridor)larning bozordagi narx bilan hatti-harakatlari ikki xil funksiya sifatida namoyon bo’ladi:
1. Taklif funksiyasi - narxning o’sishi tovar ishlab chiqarish va sotishni rag’batlantiradi, shuning uchun bu funksiya o’sib boruvchi funksiyadir.
2. Talab funksiyasi - narxning o’sishi bilan tovarga bo’lgan talab kamayib boradi, shuning uchun bu funksiya kamayib boruvchidir.
Bu funksiyalarning egri chiziqlari 2.4-rasmda ifodalangan. Talab va taklif egri chiziqlarining tutashgan nuqtasi tik chiziqda muvozanatlashgan narxga va yotiq chiziqda muvozanatlashgan sotish hajmiga mos keladi. Ya`ni tovarga muvozanatlashgan narx o’rnatilganda tovar to’xtovsiz sotiladi, talab va taklif bir xil darajada bo’ladi, natijada bozorning muvozanat holati ta`minlanadi. Bozorning muvozanat holatini universitet qoshidagi kitob savdo do’konida ruchkalarga talab va taklifning narx bo’yicha o’zgarishi misolida (2.1-jadval) ko’rib chiqamiz.
Narx Taklif
M uvoza-
natlash- Talab
gan narx
Muvozanatlashgan Hajm
sotish hajmi
2.4-rasm. Bozor unsurlarining muvozanatli grafigi
Ruchkaning narxi yuqori - 250 so’m bo’lganda savdo do’konidagi ruchkalar soni ko’payib 1000 donani tashkil qiladi. Lekin ularni sotib olish keskin 200 donagacha kamayadi. Aksincha, ular narxining pasayishi - 160 so’mni tashkil qilishi bilan talab darajasi 1000 donagachà ko’payadi-da, lekin taklif esa 200 donagacha qisqaradi.
2.1-jadval
Talab (dona)
|
Bir donasining narxi (so’m)
|
Taklif (dona)
|
1000
|
160
|
200
|
800
|
180
|
400
|
600
|
200
|
600
|
400
|
220
|
800
|
200
|
250
|
1000
|
Ruchkalarni 200 so’m narx bilan sotganda esa talab hajmi (600 dona) taklif hajmiga teppa-teng (600 dona) bo’ladiki, bu ruchkaning muvozanatlashgan narxi va sotish hajmidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |