Bozor narxining mohiyati, xususiyat va vazifalari


Download 223 Kb.
bet6/14
Sana14.02.2023
Hajmi223 Kb.
#1196848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 mavzu

Naflilik - bu muayyan bir birlik tovarni iste`mol qilish evaziga iste`molchining ehtiyojini qondira olish qobiliyatidir. Uning manbasini tovarning iste`mol xossasini yaratishga sarflangan ishlab chiqaruvchining aniq mehnati tashkil qiladi. Xaridor tovarni real naflilikka ega bo’lganligi uchun xarid qiladi. Nafsiz qilingan mehnat biror yerda ham samara bermaydi. Shuning uchun xaridor tovarni naflilik timsoli sifatida qabul qiladi va o’zining ehtiyojini qondiruvchi vosita sifatida iste`mol qiladi. Tovarning real naflilik mezoni sifatida mehnat sifati xizmat qiladiki, u o’z navbatida ishchi-xizmatchilarning malakasi, ishbilarmonligi, ustalik va mahorat bilan ishni bajarishiga bog’liqdir. Mehnat qancha malakali bo’lsa, yaratadigan tovar ham shuncha sifatli bo’ladi.
Tovarning sifati ishlab chiqarish jarayonida shakllanadi va iste`mol jarayonida iste`molchilik sifatiga aylanib iqtisodiy ma`no va mazmunga ega bo’ladi. Tovar sifati oliy, birinchi va ikkinchi nav, ekologik toza, nuqsonsiz, chidamli, ishonchli, chiroyli dizayn va yaxshi ko’rinish kabi iqtisodiy-statistik ko’rsatkichlar orqali miqdoriy o’lchanadi. Turli mahsulotlar yordamida insonning ehtiyojlarini qondirish darajasiga qarab tovarning sifat jihatini ham baholash mumkin. Ya`ni tovar ehtiyojni qancha to’laroq qondira olsa, u va uni yaratishga sarflangan mehnat ham shuncha sifatli hisoblanadi. Narxsiz raqobat sharoitida tovar sifatini yaxshilash muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ishlab chiqaruvchi bozorda sotadigan oddiygina iste`mol qiymatga ega bo’lgan tovarni emas, balki aniq ehtiyojni to’laroq qondira olish xususiyatiga, real naflilikka ega bo’lgan sifatli mahsulot va xizmatlarni yaratgan taqdirdagina foydali samaraga erishadi.
Tovar nafliligining uchta darajasini ajratish mumkin:
1) nafsizlik - tovar xaridorning didiga mos kelmaydi va ehtiyojini qondirishga qodir emas. Bunday tovar sotib olinmaydi.
2) nominal naflilik - tovar xaridorning didiga mos keladi, tashqi ko’rinishi yaxshi, uni xarid qiladi-da, lekin iste`mol qilishdan keyin uncha qoniqtirmaydi.

Download 223 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling