Avvalgi xoliga qayta saflash ajratish va qo‘shilish deyiladi: ikki ketma- ket qatordan bir ketma- ket qatorga qayta saflash.
Buyruq: «Bittadan qator bo‘lib, o‘ng va chap tomonlarga aylanib- Qadam-bos!». Bu buyruq bo‘yicha o‘ng tomondagi ketma- ketqator o‘ngga chap tomondagi ketma- ket qator chapga yuradi. qarama- qarshi tomonda qatorlar uchralganda quyidagi buyruq beriladi: «Bir kolonna bo‘lib markazdan qadam- bos!».
Bir doiradan ikki doiraga saflaSh.
Buyruq: «Ikki doiraga- saflan!». (Dastlab uchtadan sanab chiqiladi). Ijro buyrug‘i bo‘yicha birinchi raqamdagilar joyida turadi, ikkinchi raqamdagilar markazga qarab ikki qadam yuradilar, uchinchi raqamdagilar doira bo‘ylabo‘ng tomonga bir qadam.
Qayta saflash uchun quyidagi buyruq beriladi: «Bir doiraga- saflan!».
Ikkinchi raqamdagilar orqaga burilib, tashqi doiraga turadilar va orqaga buriladilar.
Uchinchi raqamdagilar chap tomonga bir qadam siljiydilar.
Mashqlarning bu gruppasi darsda o‘tiladigan umumrivojlantrruvchi yoki boshqa mashqlarni bajarish oldidan qulay joylashtirish va mashqlarni o‘rganishni osonlaShtiriSh maqsadida qullaniladi.
Joydan-joyga ko‘chishlar. Bu gruppaga turli xil joydan - joyga ko‘chish bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlar kiradi.
Shaxdam qadam- oyoqni 15-20 sm balandlatib oldinga ko‘tariladi (oyoq tagini gorizontal tutish va erga butun yo‘zasini qattiq kuyish zarur), qo‘l oldinga xarakatlantirilganda beldan bir qarich balandga (tanadan xam bir karich o‘zoqlikka) ko‘tarib, tirsakdan bukiladi; qo‘l orqaga yo‘naltirilganda to‘pa- to‘gri tutib, yelka bo‘lganidan oxirigacha o‘zatiladi, panjalar yengil musht qilib tugiladi. Buyruq: «Shaxdam qadam-bos!».
Shaxdam qadamining quyidagi turli xam bor, unda qo‘l xarakati katta qo‘lamda bajariladi (oldinga yelka balandligigacha, orqaga oxirigacha va tanadan chetroqqa), oyoqlar Bilan xarakat xuddi shaxdam qadamdagidek bo‘ladi. Shaxdam qadamning bu turi ommaviy gimnastika chiqishlari va sportchilarning tanatali utiShlarida keng qo‘llaniladi.
Oddiy qadam – saf qadamidan erkinroq xarakat qilish bilan farq qiladi.
Buyruqlar:
«Yuring!». Xar qanday xarakat qilishda (xatto bir qadamga xam) beriladigan buyruq.
«Oddiy qadamlab qadam- bos!». Yurishning, yugurishning bir turidan boshqa turiga o‘tishda va xarakat chog‘ida bajariladigan mashq tugagandan keyin oddiy yurishga o‘tish uchun beriladi: Turgan joyda xarakatlanish.
Buyruqlar:
«Turgan joyda- yuring (yuguring)!»
«Boshlovchi- joyida!»- buyrug‘i yurib (yugurib) borayotgan gruppani bir qadamli masofaga yig‘ish zarur bo‘lganda beriladi, chunki mashq bajarganda, odatda, masofa o‘zoklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |