Bu Shug‘ullanuvchilarning ma’lum bir safda birgalikda yoki yakka harakatlaridan iborat


Download 182.58 Kb.
bet9/11
Sana29.01.2023
Hajmi182.58 Kb.
#1139507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
gimnastika3

2.3 Saf usullari
Saf usullari - turgan joyda ijro etiladigan saf harakatlardan iborat. Bu mashqlarning ahamiyati eng avvalo shundan iboratki, ular yordamida intizomlilik va uyushqoqlik tarbiyalanadi.

  1. «Saflaning!»- bu buyruqqa ko‘ra shug‘ullanuvchilar safga turadilar.

  2. «Rost-lang!»- bu buyruqqa ko‘ra saf tik turish holatini kabul kiladi. U gimnastikada asosiy tik turish holatiga to‘g‘ri keladi.

  3. «Tekislan!», «CHapga qarab tekislan!», «O‘rtaga qara!».

  4. «To‘xta!»- bu buyruqda ko‘ra harakat /mashq/ to‘xtatiladi.

  5. «Erkin»- bu buyruqqa ko‘ra shug‘ullanuvchilar turgan joylaridan jilmasdan, bir oyoqni tizzadan bo‘shatib, erkin turadilar.

  6. «O‘ng /chap/ oyoqda erkin tur!»- shug‘ullanuvchi o‘ng /chap/ oyoqni o‘ngga /chapga/ bir qadam jildirib, gavda og‘irligini ikkala oyoqqa taqsimlaydi va qo‘llarini orqada tutadi.

  7. «Tarqal!»- shug‘ullanuvchilar safdan chiqib, zalda / maydonchada/ erkin joylashadi.

  8. «Tartib buyicha- Sana!», «Birinchi va ikkinchiga- sanang!», «Uchtalab /to‘rt, besh va hokazo/- sanang!» va boshqalar. Hisob o‘ng qanotdan boshlanadi. O‘z nomerini aytayotgan shug‘ullanuvchi Ayni vaqtda boshini tez chap tomondagi shug‘ullanuvchiga qarab buradi va keyin dastlabki holatga qaytadi. Safni oxirida turuvchi bir qadam oldinga odimlab, «sanash tugadi» deb o‘z joyiga turadi.

  9. Turgan joyda burilishlar /buyruqlar «O‘ng-ga», «CHap-ga», «Ort-ga», «YArim o‘ng-ga»/ Ayrim hollarda buyruqlar topshiriqlar bilan almashtirilishi mumkin, biroq qayd etilgan mashqlar turgan joyda burilishlardan tashqari/ buyruqqa ko‘ra ijro etilishi lozim.



2.4 Saflanish va qayta saflanishlar
Saflanishlarda o‘qituvchi barcha o‘quvchilarni ko‘ra oladigan joyda turishi kerak.
Saflanish- shug‘ullanuvchilarning o‘qituvchi buyrug‘idan so‘ng biron-bir safni qabul qilish uchun bajaradigan harakatlaridir.
Mashg‘ulot oldidan guruh qoida bo‘yicha bir qator bulib, ayrim hollarda esa ikki qatorda saflanadi.
Saflanish uchun: «Bir/ikki, uch/ qatorga- Saflaning!» buyrug‘i beriladi. Buyruq berilishi bilan xalfa yoki navbatchi old tomonga qarab «Saf tik turish» holatida turadi. Gruppa uning chap tomonida saflanadi.
Mashg‘ulotga hozirlik to‘g‘risida raport berishdan oldin xalfa /navbatchi/ gruppani tekislaydi, uni sanatadi, keyin: «Rost-lang!», «O‘ngga /chapga, o‘rtaga/- qara!»- buyrug‘ini beradi.
Xalfa / navbatchi/ o‘qituvchiga ikki- uch qadam etmasdan / saf yurishi bilan/ to‘xtaydi va raport beradi: O‘rtoq o‘qituvchi! ___________________fakultetining __________kurs__________gruppasi mashg‘ulot o‘tish uchun safalandi. Ro‘yxat buyicha__________kishi, safda_________kishi. Xalfa /navbatchi/. Keyin eng qisqa yo‘l bilan o‘qituvchi turgan tekislikka borib, safga yuz tomon turadi. O‘qituvchi salomlashib, guruh javob kaytargandan so‘ng xalfa /navbatchi o‘qituvchining «Erkin!» buyrug‘ini takrorlaydi va safning o‘ng qanotiga turadi.
Saflanish va raport berish marosimini tantanaviy ruhda o‘tkazish lozim. Bu muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega bulib, butun mashg‘ulotni tashkil qilishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Saflanish tugamaganga qadar o‘qituvchi raport qabul qilishga tayyorlanmasligi, shuning bilan birga saflanish jarayoniga aralashmasligi zarur. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni keyinchalik muxokama qilish maqsadga muvofiqdir.
Mashg‘ulot boshlanishidan oldin raport berilishiga o‘qituvchining jiddiy munosabatda bo‘lishi, uning tashqi qiyofasi va qaddi- qomati bu an’ananing muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatish lozim.
SHerengaga saflanish - «Bir /ikki, uch/ sherengaga - Saflan!»- buyrug‘iga binoan bajariladi. Guruh o‘qituvchining (navbatchining) orqasida saflandi.
Topshiriq bo‘yicha qator, ketma- ket qator, doira va hokazo bo‘lib saflanish. Masalan: «Doiraga turing!», «Ikki qatorga turing!».
Qayta saflanish- bir safdan ikkinchi safga o‘tish.
Bir qatordan ikki yonma- yon qatorga saflanish. Dastlab «birinchi» va «ikkinchiga» sanab chiqilgandan keyin, «Ikki qatorga- saflan!» buyrug‘i beriladi, bu buyruqqa ko‘ra ikkinchi raqamdagilar chap oyoqni bir qadam orqaga qo‘yadilar (hisob- «bir), o‘ng oyoqni juftlamasdan bir qadam o‘ngga qo‘yadilar (hisob- «ikki») va birinchi turganning orqasiga o‘tgan holda chap oyoqni juftlaydilar (hisob- «uch»).
Bir qatordan uch yonma-yon qatorga saflanish. Dastlab sanab chiqilgandan keyin quyidagi beriladi: «Uch qatorga- saflan!». Bu buyruqqa ko‘ra ikkinchi raqamdagilar joyida turadilar birinchi raqamdagilar o‘ng oyoq bilan bir qadam orqaga, chap oyoqni juftlamasdan turib bir qadamni yonga qo‘yadilar va o‘ng oyoqni juftlab, ikkinchi raqamdagilarni orqasiga o‘tadilar. Uchinchi rakamdagilar chap oyoq bilan bir qadam oldinga, o‘ng oyoqni juftlamasdan yonga qadamlaydilar va chap oyoqni juftlab, ikkinchi raqamdagilarning oldiga o‘tib turadilar. Avvalgidek saflanish uchun quyidagi buyruq beriladi: «Bir qatorga saflan!». Qayta saflanish saflanishga teskari tartibda bajariladi.
Qatordan qirra bo‘lib qayta saflanish. Guruhda dastlabki («6-3 joyda, 6-4-2- joyda» va hokazo/ o‘tkazilgan so‘ng quyidagi buyruq beriladi: «Sanoqlar buyicha- YUring!» shug‘ullanuvchilar sanoq buyicha zarur bulgan odimni tashlab, so‘ng oyoqlarini juftlaydilar. O‘qituvchi birinchi qator to‘xtaguncha sanab turadi. Sanoq «6-3 joyida»- deb sanalganda 7gacha; «9-6-3 joyida» deb sanalganda 10 gacha olib boriladi.
Qayta saflash uchun quyidagi buyruq beriladi: «O‘z joylaringizga yuring!», safdan chiqqanlarning hammasi orqaga burilib, o‘z joylariga qaytadilar, joylariga etgach, yana orqaga buriladilar.
O‘qituvchi safga oxirgi qator turib, orqaga burilgunga qadar («bir», «ikki» deb/ sanab turadi.
Qatordan bo‘linmalarning qanotini ilgarib, ketma- ket qatorga saflash. Dastlab uchtadan, to‘rttadan va hokazo sanoqqa sanalgandan keyin, kuyidagi buyruk beriladi:»Bulinmalar 3-4 va xokazo kator bulib, chap/ung/ elkani ilgarib yuring!».
Bu buyrukka kura sanab chikilgan bulinmalar tekislikni saklagan xolda ketma- ket kator xosil bulganga kadar belgilangan kanot Bilan ilgarilab yuradilar. Ikkinchi buyruq: «Gurux - tuxta!» YAna kayta saflanish uchun kuyidagi buyruklar beriladi:

  1. «Ort-ga!»

  2. «Bulinmalar bir katorga ung /chap/ elkani ilgarilab kadam- bos!»

  3. «Gurux tuxta!»

Sunggi buyruk shugullanuvchilar katordagi uz joylariga etgan.
Bir ketma- ket katordan «kirra bulib» uch ketma- ket katorga saflanish. Uchtadan sanab chikilgandan keyin kuyidagi buyruk berildai. «Birinchilar ikki / uch, turt va xokazo kadam ungga, uchinchilar ikki/ uch turt va xokazo/ kadam chapga «Kadam bos!».
YAna avvalgi xolatga kayta saflanish uchun kuyidagi buyruk berildai: «Uz joylaringizga Kadam Bos!» kayta saflanish juftlama kadam Bilan bajariladi.
YUrib ketayotganda bir ketma-ket katordan ikki, uch va xokazo ketma- ket katorga burilish saflanish. Gurux chapga aylanib yurib ketayotganida kuyidagicha buyruk beriladi: «Ikki /uch, turt va xokazo/ kator bulib, chap tomonga- maydonchaning yukori yoxud pastki tarafida bulgan chogida beriladi. Birinchi ikki /uch, turt va xokazo/ kishi burilgandan keyin, navbatdagilar uz safining oxiridagi kishining buyrugi Bilan, birinchilar burilgan joydan buriladilar.
Keyinchalik orani YAna kayta ochib urtimaslik uchun shu erning uzida oralik va masofa tugrisida kursatma berish mumkin.
YAna avvalgicha saflanish uchun kuyidagi buyruklar berildai:

  1. «Ung-ga!»

  2. «Bir ketma-ket kator bulib ung /chap/ tomonga aylanib kadam bos!»

Urgatayotgan paytda bir necha shugullanuvchini olib taalukli buyruklar beriladigan joylarda tuxtatib, kayta saflanishni kursatish maksadga muvofikdir.
Bir ketma- ket safni ikki, turt, sakkiz ketma- ket safga bulish vabiriktirish orkali kayta saflash. Kayta saflanish xarakat davomida bajariladi. Buyruklar:

  1. «Markazdan- Kadam- bos!» /odatda, bu buyruk zalning /maydonchaning/ urtasidan beriladi.

  2. «Bittadan ketma- ket kator bulib, ung va chap tomonlarga aylanib- Kadam bos!», Bu buyruk buyicha birinchi rakamdagilar ungga, ikkinchi rakamdagilar chapga aylanib yuradilar.

  3. «Ikki kolonnada markazdan- Kadam-Bos!», bu buyruk katorlar zalning /maydonchaning/ kayta saflanish boshlangan joyida uchrashgan paytda beriladi.

Bulim va biriktirish davom ettirilganda, turt, sakkiz va xokazo ketma- ket katorga saflash mumkin.
Avvalgi xoliga kayta saflash ajratish va kushilish deyiladi: ikki ketma- ket katordan bir ketma- ket katorga kayta saflash.
Buyruk: «Bittadan kator bulib, ung va chap tomonlarga aylanib- Kadam-Bos!». Bu buyruk buyicha ung tomondagi ketma- ket kator ungga chap tomondagi ketma- ket kator chapga yuradi. Karama- Karshi tomonda katorlar uchralganda kuyidagi buyruk beriladi: «Bir kolonna bulib markazdan kadam- bos!».
Bir doiradan ikki doiraga saflash.
Buyruk: «Ikki doiraga- saflan!». /Dastlab uchtadan sanab chikiladi/. Ijro buyrugi buyicha birinchi rakamdagilar joyida turadi, ikkinchi rakamdagilar markazga karab ikki kadam yuradilar, uchinchi rakamdagilar doira buylab ung tomonga bir kadam.
Kayta saflash uchun kuyidagi buyruk beriladi: «Bir doiraga- saflan!».
Ikkinchi rakamdagilar orkaga burilib, tashki doiraga turadilar va orkaga buriladilar.
Uchinchi rakamdagilar chap tomonga bir kadam siljiydilar.
Mashklarning bu gruppasi darsda utiladigan umumrivojlantrruvchi yoki boshka mashklarni bajarish oldidan kulay joylashtirish va mashklarni urganishni osonlashtirish maksadida kullaniladi.



Download 182.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling