Budjet nazorati
Joriy yilga moliyaviy natijalar hisobining nazorati
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijani tekshirish.
2. Joriy yilga moliyaviy natijalar hisobining nazorati
Budjet tashkilotining moliyaviy natijalarini tekshirishda uning barcha daromad turlari o’rganib chiqilishi kerak. Daromadlar alohida holda aniqlanadi, ya’ni: • budjet mablag’lari bo’yicha; • to’lovlarni mahsus turlariga doir hisoblashuvlar bo’yicha; • ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha; • budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha; • budjet tashkilotining boshqa daromadlar bo’yicha. Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijani tekshirish. Budjet tashkilotining budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalari bu tashkilotning budjet mablag’lari hisobiga moliya yili mobaynida, ya’ni hisobot yilining 1-yanvaridan 31 dekabriga qadar bo’lgan davr mobaynida amalga oshirilgan kassa xarajatlari (bunda moliya yiliga qo’shimcha vaqt mobaynida o’tgan moliya yili uchun amalga oshirilgan kassa xarajatlari ham hisobga olinishi lozim) va mazkur vaqt mobaynida budjet mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlarini solishtirish natijasida olingan ko’rsatkichdir. Budjet mablag’lari bo’yicha moliyaviy natijani tekshirishda 23 “Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” schyoti hisobda subsyotlarni ochilish darajasi, ularning aylanishlari va asos bo’lgan birlamchi hujjatlar tekshiriladi. Ushbu schet bo’yicha quyidagi subschyotlar ochilishi kerak: 230 “Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar”; 231 “Budjet mablag’lari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar”; 232 “Budjetdan moliyalashtirish”. Tashkilotni saqlash va boshqa tadbirlar uchun budjet mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiqiy xarajatlarni tekshirishda 231 “Budjet mablag’lari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar” subschyotining debitida hisobga olingan harajatlar hamda hisob-kitob va boshqalarni hisobga oluvchi subschyotlarning kreditidagi yozuvlar nazoratdan o’tkaziladi.. Yil oxirida 231 “Budjet mablag’lari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar” subschyoti debetida aks ettirilgan barcha xaqiqiy xarajatlar budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi 230 “Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotining debetiga yozib, hisobdan o’chirish yo’li bilan yopiladi va subschyot bo’yicha yil oxirida qoldiq qolmaydi. Budjetdan moliyalashtirilgan mablag’lar, shuningdek g’azna ijrosiga o’tilgan tashkilotlarda g’aznachilikda ochilgan shaxsiy hisobvaraqlari orqali amalga oshirilgan to’lovlarni tekshirishda 232 “Budjetdan moliyalashtirish” subschyotida aks ettirilgan summalar tahlil qilinadi. Ushbu subschyotning debiti bo’yicha yuqori tashkilotdan quyi tashkilotlarga moliyalashtirib berilgan mablag’larni ham tekshirish mumkin. Bunda 10 schyotning tegishli subschyotlari bo’yicha kredit yozuvlari tekshiriladi. Quyi tashkilotlarda esa, yuqori tashkilot tomonidan moliyalashtirib berilgan mablag’lar 10 schyotning tegishli subschyotlari debeti va 232 “Budjetdan moliyalashtirish” subschyotining krediti bo’yicha tekshiriladi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling