Bugun insoniyat oʻz taraqqiyot yoʻlining tub burilish davrini boshidan kechirmoqda, xalqaro


Atmosferadagi issiqxona gazlari konsentratsiyasi oʻsishi


Download 312.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana30.04.2023
Hajmi312.58 Kb.
#1417055
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Iqlim o\'zgarishi va ekologik moslashuv 1-mavzu 2023

Atmosferadagi issiqxona gazlari konsentratsiyasi oʻsishi. Issiqxona 
gazlari konsentratsiyasi (karbonat angidrid gazi, metan, azotning oksidi) XX asr 
mobaynida oʻsdi, hozirda esa bu oʻsish yanada tez quloch yoymoqda. CO

konsentratsiyasi 1750-yilgacha 280 rrm (qismlardan milliongacha), 2000-yilgacha 
370 rrm ga oʻsdi. 2100-yilda CO

konsentratsiyasi
540 dan 970 rrm atrofida, asosan 
dunyo energetikasining rivojlanishiga qarab boradi. Issiqxona gazlari atmosferada 
uzoq muddat farqlanib turadi. Barcha CO

chiqindilarining teng yarmi atmosferada 
50-200-yil qoladi, bu vaqtda uning qolgan yarmi okeanlarga, quruqlik va 
oʻsimliklar olamiga soʻriladi. Bunda asosiy oʻrinni okeanlar egallaydi. Ayrim 


20 
xulosalarga koʻra, taxminan 80% CO

ning yutilishi va kislorod “ishlab chiqarish”i 
fitoplanktonga toʻgʻri keladi. 
Yerdan foydalanishdagi oʻzgarishlar va urbanizatsiya. Keyingi 150-250-
yil ichida yerdan foydalnishdagi oʻzgarishlar tufayli biomassa va tuproq uglerodi 
miqdori sezilarli darajada qisqardi, demak, yer ekotizimiga uglerod zahirasi ham 
kamaydi. Natijada atmosferaga katta miqdorda CO
2
chiqa boshladi. Oʻrmon 
maydonlari, ayniqsa, tropik oʻlkalarda keskin qisardi. Rivojlanayotgan 
mamlakatlarda, ayniqsa Afrikada katta miqdordagi mollarning boqilishi sababali 
yaylovlar degaradatsiyasi kelib chiqdi. Bu nafaqat mahalliy iqlimga, balki global 
jarayonlarga salbiy ta’sir oʻtkazdi. Koʻplab hududlarda choʻllanish sodir 
boʻlmoqda. 
Urbanizatsiya ham iqlim oʻzgarishiga yordam berdi. Hozir shaharlarda 
sayyoraning yarim aholisi hayot kechiradi. 1 million aholisi bor shaharlar kuniga 
25 ming tonna CO
2
va 300 ming tonna oqova suvlarni chiqaradi. Bundan tashqari, 
katta shaharlarda havo darajasi “issiq” obʻektlari: binolar, mashinalar va boshqalar 
tufayli birmuncha yuqori. Issiq iqlimli rivojlangan mamlakatlarda havoni 
konditsionerlashga isitish tizimiga sarflangandan koʻra koʻproq mablagʻ ishlatiladi. 
Ya’ni 
issiq 
havoga 
qarshi 
konditsionerlarni 
ishlatish 
isishni 
yanada 
kuchaytirmoqda. 
Iqlim oʻzgrarishi oʻn va yuz yillar yoki bundanda ham uzoq muddatlarda 
vulqonlarning harakati, quyosh faolligining oʻzgarishi, okeanlar oqimi 
sirkulyatsiyasi yoki Yerdagi tub oʻzgarishlar kabi tabiiy jarayonlar kechuvi bilan 
amalga oshadi. Kishilik jamiyatining issiqxona va aerozol gazlarni atmosferaga 
koʻplab chiqarishi, Yer yuzining oʻzgarishi yoki ozon qatlamini oriqlanishi 
hisobiga ham iqlim oʻzgarishi mumkin. Global iqlim, biologik, geologik va 
kimyoviy jarayonlar tabiiy ekotizimlar bilan oʻzviy bogʻlangan. Ulardagi bir 
jarayonlar kechuvining oʻzgarishi boshqalariga ham ta’sir qiladi, aksariyat hollarda 
birinchisiga qaraganda ikkinchilarida ushbu oʻzgarishlar kuchliroq sodir boʻladi. 


21 

Download 312.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling