Bugungi kunni yuqori axborot texnologiyalarisiz, ayniqsa, internetsiz jamiyatni
Axborot tahdidlaridan ximoyalanishning psixologik usullari
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Oʻsmirlarda axborot manbalariga qaramlik shakllanishining ijtimoiy-psixologik jihatlari
2.2. Axborot tahdidlaridan ximoyalanishning psixologik usullari Bugungi zamonda inson ma’lum kuchlarning manfaatlariga xizmat qiladigan turli ma’no-mazmundagi mafkuraviy kuchlarning doimiy ta’sirini sezib yashaydi. Avvalo ta’sir haqida to’xtalish o’rinlidir. Ta’sir – individ tomonidan boshqa kishi (ta’sir ob’ekti) xulq-atvori, uning ko’nikmalari, maqsadlari, tasavvuri va baholashini u bilan hamkorlik orqali o’zgartirish jarayoni va natijasi. Psixologik ta’sir – bu boshqa kishining holati, fikri, hissiyoti va harakatlariga aynan psixologik vositalar yordamida, unga mazkur ta’sirga javob berish uchun huquq hamda vaqt bergan holda ta’sir o’tkazish. Begona ta’sirga qarshilik – bu boshqa kishining ta’siriga psixologik vositalar yordamida qarshilik qilishi. Ta’sir tashabbuskori – birinchi bo’lib ta’sir o’tkazishga harakatni amalga oshiruvchi. Ta’sir adresati – ilk ta’sir harakati yo’naltirilgan kishi. Keyingi o’zaro aloqalarda tashabbus o’zaro ta’sir o’tkazish maqsadida bir sub’ektdan boshqasiga o’tishi mumkin, biroq har gal o’zaro aloqalarni kim boshlagan bo’lsa tashabbuskor, uning ta’sirini birinchi bo’lib his qilgan kishi – adresat deb ataladi. Ammo, shaxslararo muloqot jarayonida sub’ektlarning o’zaro ta’siri muntazamlik kasb etadi, shuning uchun, ko’p hollarda sub’ekt bir vaqtning o’zida ham tashabbuskor, ham ta’sir adresati bo’lishi mumkin. Ochiq psixologik hamkorlik – maqsadlar avvaldan e’lon qilinadigan yoki yashirilmaydigan o’zaro ta’sir. Yashirin psixologik hamkorlik – maqsadlar e’lon qilinmaydigan yoki ochiq hamkorlik maqsadi ostiga yashiriladigan o’zaro ta’sir. To’liq psixologik ta’sir vositalariga verbal, paralingvistik va noverbal vositalar kiradi. Verbal signallar – so’zlar, birinchi navbatda ularning ma’nosi, shu bilan birga qo’llanayotgan so’zlarning xarakteri, ifoda tanlanishi, nutqning to’g’riligi yoki 35 unda xatolik turlari. Paralingvistik signallar – nutq, alohida so’z va tovushlar talaffuzining o’ziga xosligi. Noverbal signallar – sub’ektlarning fazodagi o’zaro joylashuvi, pozalar, imo-ishoralar, ko’zlar to’qnashuvi, tashqi ko’rinish, teginishlar, hidlar. Psixologik ta’sir uch maqsadni ko’zlab amalga oshiriladi: 1. O’z ehtiyojlarini boshqalar yordamida yoki ular orqali qondirish; 2. O’zining mavjudligi fakti va bu faktning ahamiyatini tasdiqlash uchun; 3. O’z mavjudligining fazo-vaqt chegarasini engish uchun. Aslida, bu maqsadlarning birinchisi, agar o’z mavjudligi faktini tasdiqlash va fazo-vaqt chegarasini engishga intilishni ehtiyojlar sifatida ko’radigan bo’lsak, qolgan ikki maqsadni ham o’z ichiga oladi. Ammo, uchala maqsad o’rtasidagi farq etarli darajada sezilarli. Birinchi holatda psixologik ta’sir aynan ta’sir ehtiyojini emas, boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun qo’llanadi. Ikkinchi holatda ta’sir ta’sir o’tkazuvchining mavjudligi fakti va mazkur mavjudlik ahamiyatining belgisi, indikatori, dalili bo’lib xizmat qiladi. Uchinchi holatda ta’sirning o’zi ehtiyoj sanaladi va butun jonzotlarning intilishlarining bir ko’rinishi – o’z mavjudligining fazo-vaqt chegarasini yengish sifatida yuzaga keladi. Sub’ekt o’z agressiv impulьslarini engillatish uchun ta’sir o’tkazish harakatini amalga oshirishi va yangilaridan himoyalanishi uchun ta’sirga qarshi turishga harakat qilishi mumkin. Boshqa ehtiyojlar bilan bog’liq maqsadlar, qisman anglanmaydi yoki zo’r berib yashiriladi. 1-jadvalda ta’sirning turli ko’rinishlari ifoda etilgan. 2-jadvalda – ta’sirga qarshilikning turli ko’rinishlariga ta’rif berilgan. 1-jadval. Psixologik ta’sir turlari Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling