Bugungi kunni yuqori axborot texnologiyalarisiz, ayniqsa, internetsiz jamiyatni


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana25.04.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1397771
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Oʻsmirlarda axborot manbalariga qaramlik shakllanishining ijtimoiy-psixologik jihatlari

Ta’sir turlari 
Ta’rif 
Argumentlash 
yoki dalillash 
Ma’lum qaror yoki vaziyat bo’yicha hamuhbatning mazkur 
qaror yoki vaziyatga munosabatini shakllantirish yoxud 
o’zgartirish maqsadida fikr bildirish va dalillash 


36 
O’zini 
ilgari 
surish
Munosib baholanish uchun maqsadlarini e’lon qilish va 
o’zining ishonchliligi, malakasini asoslash hamda shu orqali 
saylovlarda, lavozimga tayinlanish va hokazolarda ustunlikka 
erishish. 
Manipulyatsiya Adresatning ma’lum holatlarni kechirishga, qaror qabul 
qilishga va/yoki tashabbuskor tomonidan o’z maqsadlariga 
erishish uchun kerakli harkatlarni amalga oshirishga bo’lgan 
yashirin mayli.
Yuqtirish 
O’z holati yoki munosabatini qandaydir tarzda (hali izohi 
topilmagan) bu holat yoki munosabatni qabul qiladigan boshqa 
odam yoki odamlar guruhiga o’tkazish. Holat ixtiyoriy yoki 
ixtiyorsiz ravishda o’tishi, shuningdek ixbiyoriy va ixtiyorsiz 
o’zlashishi mumkin.
Taqlidga mayl 
uyg’otish 
O’ziga o’xshash bo’lishga intilish uyg’otish qobiliyati. Bu 
qobiliyat ixtiyorsiz paydo bo’lgani kabi, ixtiyoriy qo’llanishi 
mumkin. Taqlid qilishga intilish va taqlid (begona xulq-atvor 
va tafakkur tarzini takrorlash) ham ixtiyoriy va ixtiyorsiz 
bo’lishi mumkin. 
Shafqat 
uyg’otish
Tashabbuskor tomonidan noodatiyligi va yoqimtoyligini 
ko’rsatish, adresat haqida yoqimli fikrlarni bildirish, unga 
taqlid qilish yoki unga ko’mak berish orqali adresatning o’ziga 
nisbatan beixtiyor e’tiboriga erishish. 
Iltimos 
Ta’sir tashabbuskori ehtiyoji yoki istagini qondirishni so’rab 
adresatga murojaat qilishi. 
Inkor etish 
Hamsuhbatga, uning fikrlari va harakatlariga nisbatan ongli 
e’tiborsizlik. Ko’pincha hurmatsizlik, bepisandlik sifatida 
qabul qilinadi, biroq ayrim hollarda rafiq tomonidan yo’l 
qo’yilgan uquvsizlik yoki beodoblikni kechirishning taktik 
usuli ko’rinishida namoyon bo’ladi. 


37 
Majburlash
Tahdid va mahrum qilish orqali kishini ma’lum harakatlarni 
bajarishga zo’rlash («majburlamoq» so’zi sinonimi). 
Majburlashning o’ta qo’pol ko’rinishlarida jismoniy jazo 
tahdidi, erkni chegaralash va jismoniy harakatlar qo’llanishi 
mumkin. Keyingi ikki holatda majburlash aynan psixologik 
ta’sir vositasi bo’lmay qoladi. 
Hujum 
Begonaning psixikasiga ongli maqsad bilan yoki maqsadsiz 
amalga oshiriladigan va emotsional zo’riqishni engillatish 
shakllaridan hisoblangan kutilmagan hujum. Kishi shaxsi 
haqida iltifotsiz yoki haqoratli fikrlar izhor qilish; uning ishlari 
va xulqini pastga urish yoki kulish, qo’pol agressiv mulohaza; 
uning biografiyasidagi uyatli yoki haqoratli faktlarni eslatish
o’z maslahatlarini beiltifot tarzda yopishtirish va boshqlar. 
Ishontirish
Odam yoki odamlar guruhiga, niagadir nisbatan munosabat 
holatni o’zgartirish va ma’lum harakatlarga mayl uyg’otishni 
maqsad qilgan ongli asossiz ta’sir. 
2-jadvalda – ta’sirga qarshilikning turli ko’rinishlariga ta’rif berilgan. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling