Bugungi kunni yuqori axborot texnologiyalarisiz, ayniqsa, internetsiz jamiyatni
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Oʻsmirlarda axborot manbalariga qaramlik shakllanishining ijtimoiy-psixologik jihatlari
1 KIRISH Bugungi kunni yuqori axborot texnologiyalarisiz, ayniqsa, internetsiz jamiyatni tasavvur qilib bo’lmaydi. SHaxslar, jamiyat va davlatlararo yangi sifat munosabatlari shakllandi. Industrial jamiyatning o’rniga axborot jamiyati barpo bo’ldi, natijada ommaviy kommunikatsiya va axborotlarni roli keskin o’sib bormoqda. So’nggi bir necha yillar ichida kompyuter texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi hamda ularning o’quv jarayoniga intensiv ravishda tatbiq qilinishi ta’lim tizimida tom ma’nodagi ijobiy o’zgarishlarga olib keldi. Mazkur o’zgarishlar ta’lim tizimi tuzilmasi, o’qitish jarayoni metodologiyasi va texnologiyasigagina emas, balki uning strategik yo’nalishiga ham ta’sir ko’rsatmoqda. Axborot tahdidi shunday bir universal xarakterga egaki, uning barcha boshqa sohalarga jiddiy salbiy ta’sir qilish imkoniyati bor: shaxs dunyoqarashiga, jamiyat barqarorligiga, davlat tinchligiga, jamoatchilik fikrini chalg’itishga va ohiri oqibatda har bir mamlakatning ma’naviy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy yuksalishiga ham. CHunki axborotning jamiyat, tashkilot, oila, shaxs ongiga kirib kelishi uncha ham ko’zga tashlanmaydi. Ijobiy va salbiy axborotni farqlash, yaxshi ma’lumotni o’zlashtirish va zararlisini rad etish uchun inson ongi rivojlangan, uning o’zi esa mustahkam irodali bo’lishi zarur. Har bir mamlakat aholisining asosiy qismi esa bunday imkoniyatga ega emas. SHuning uchun axboriy-psixologik barqarorlikka birinchi o’rinda axborot tarqatuvchilar ega bo’lishi shart: davlat tuzilmalari xizmatchilari, jurnalistlar, pedagoglar, jamoat tashkilotlari xodimlari va boshqalar. Bugungi kunda kundalik xalqaro munosabatlarda “axborot urushi”, “axborot qarama-qarshiligi”, “axborot bosimi” va h.k. kabi tushunchalar ko’p ishlatilayotganligi aholini axborot xurujidan himoyalash bo’yicha choralar ko’rish muhimligini yanada oshiradi. Ushbu muammoning dolzarbligi yana SHundaki, hozirda odamlar ongi (shaxs, ijtimoiy guruh, jamiyat) ma’lum jarajada ommaviy axborot vositalarining faoliyati va axborot resurslarining ta’siridadir. Shuning uchun, ayniqsa ochiq ommaviy axborot tizimi sharoitida shaxs, jamiyat va davlatning axborot, axborot-psixologik xavfsizligi bilan bog’liq muammolarni hal qilishning ahamiyati yanada oshadi. Ayni vaqtda, axborot tizimi 2 imkoniyatlarini milliy manfaatlarni himoyalash va rivojlantirish, SHuningdek, global axborot makonida davlatning manfaatlarini amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratish yo’lida foydalanish juda muhim hisoblanadi. Ommaviy axborot vositalari ta’siri, uning imkoniyatlari, axborot tahdidlari va xurujlaridan himoyalanish jihatlarini o’rganish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Bugungi kunda glabballashgan zaminda o’sib ulg’ayayotgan yosh avlod beixtiyor axborot oqimining kenngligi, ko’lami va imkoniyatlaridan misli ko’rilmagan darajada foydalanish imkoniyatiga egadir . Ming afsuski axborot oqimining kengligi o’smir yoshidagi oq qorani to’g’ri tushuna olmaydigan bola ongini yod g’oyalar bilan zaxarlashi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev“ Axborot-kommu- nikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni boshqarish tizimi- ni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017 yil 29 avgustdagi PQ- 3245-son qarorini bajarish yuzasidan hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda axborot va jamoat xavfsizligi, shuningdek huquq-tartibotni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish, Davlat axborot tizimlari va resurslari, shuningdek, Internet tarmogʻi milliy segmentining axborot xavfsizligini taʼminlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish qarorlarining qabul qilinishi yurtimizda axborot manbalariga bo’lgan qaramliklarni oldini olish va axborot xavsizligini ta’minlashga xizmat qilmoqda . Xuddi shu bois mamlakatimizda bunday muammolarni oldini olish borasida qator qonun va qarorlar qabul qilinib ijrosi ta’minlanmoqda Yurtimizga zukko, o`ta zehnli, kuchli intellektual potensiya ega , bunyodkor va ijodiy faol, shaxsiy, kasbiy, ijtimoiy, siyosiy hayotda mustaqil ravishda o`z yo`lini, o`rnini topa oladigan, istiqboldagi vazifalarni oldindan ko’ra bilib, ularni hal etishda va mustaqil qaror qilishga qodir bo`lgan yoshlar zarur . Buning uchun esa o’smirlik yoshidagi yigit va qizlarimiz axborot manbalariga qaram bo’lmasliklari, turli yod g’oyalar ta’siriga tushib qolmasligi , virtual xayot bilan real xayotning mazmun mohiyatini teran anglagan bo’lishlari shart, bu kabi talablarning mavjudligi mavzumizning dolzarbligini ifodalaydi . 3 Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling