Bugungi kunni yuqori axborot texnologiyalarisiz, ayniqsa, internetsiz jamiyatni


II BOB. AXBOROT MANBALARIGA QARAMLIK FENOMENINING


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana25.04.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1397771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Oʻsmirlarda axborot manbalariga qaramlik shakllanishining ijtimoiy-psixologik jihatlari

II BOB. AXBOROT MANBALARIGA QARAMLIK FENOMENINING 
ILMIY- NAZARIY ASOSLARI 
2.1. Axborot va psixologik xavfsizlik muammosining o’rganilishi. 
Azal-azaldan insoniyatdagi olamni o’rganishga bo’lgan qiziqish ajoyib 
ixtirolar qilishga undagan. SHu yaratuvchanlik qobiliyati vositasida ko’plab ilm 
sohiblarining nomi manguga bitildi. Tarix har bir asrning odamzot uchun alohida 
o’rni, boshqasini takrorlamaydigan ahamiyati borligini ta’kidlaydi. Darhaqiqat, 
qadim chinliklarning qog’ozni kashf etishidan boshlangan madaniyat nemis olimi,
muhandis Guttenbergning bosma dastgoh yaratguniga qadar ming bor takomillashib, 
zamonlar chig’irig’ida elandi. Va nihoyat, biz nafas olayotgan davr - XXI asr 
endilikda "axborot" tushunchasi bilan yonma-yon ishlatilmoqda. Jadallik bilan 
rivojlanib borayotgan texnika va texnologiyalar tizimi inson tafakkurining sarhad 
bilmas ekanligiga ishora.
Axborot jamiyat ijtimoiy -siyosiy hayotining asosiy resursi sifatida 
namoyon bo’layotgan bir sharoitda o’z xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan 
samarali texnologiyalarni ishlab chiqqan davlatgina barqarorlikka erishadi. Bugungi 
kunda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarining imkoniyatlari 
cheksiz, u shiddat bilan rivojlanib, axborot uzatish tizimi ham kundan-kunga 
takomillashib bormoqda. Global axborot makoniga nazar tashlaydigan bo’lsak, 
jamoatchilikni tashvishga solib kelayotgan muammolardan biri, shubhasiz, 
farzandlarimizning odob-axloqiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi yot g’oyalar “ommaviy 
madaniyat” xurujlari, axborotlar oqimining kirib kelayotganidan ko’z yumib 
bo’lmaydi. 
Milliy qonunchiligimizda yoshlarni ma’naviy yetuk, har tomonlama barkamol 
bo’lib tarbiyalanishi va turli yot g’oyalar va nosog’lom axborot xurujlaridan 
muhofaza qilishga qaratilgan yetarli huquqiy mexanizmlar yaratilgan. O’zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasi va oila kodeksining 65-moddasida, 
xususan, ota-onalar zimmasiga o’z farzandlarini tarbiyalash, rivojlantirish, ularning 
sog’ligi, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va ahloqiy kamoloti haqida g’amho’rlik qilish 
majburiyatini 
yuklaydi. 
Shuning 
uchun 
videobar, 
kompyuterxonalar, 


26 
televideniedagi ajnabiy, milliy mentalitetimizga yot seriallarni ma’lum ma’noda 
cheklash bilan birga 18 yoshga to’lmaganlarni yolg’iz ko’ngil ochar maskanlarga 
kiritmaslik maqsadga muvofiq ekanligini inobatga olinib, O’zbekiston 
Respublikasiningg “Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga “1881-modda 
Voyaga yetmagan shaxslarning ko’ngil ochish (dam olish) joylarida tungi vaqtda 
bo’lishiga yo’l qo’yish eng kam ish haqining o’n baravaridan o’n besh baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi” (2010 yil 17 may No O’RQ -244) degan 
norma bilan mustahkamlangan. 
“Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonunda behayolik, 
shafqatsizlik va zo’ravonlik haqida hikoya qiluvchi, inson qadr-qimmatini 
tahqirlovchi, bolalarga zararli ta’sir ko’rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir 
etishlariga sabab bo’luvchi adabiyotlarni tarqatish, filьmlarni namoyish etishning 
taqiqlanishi o’z aksini topgan. “Axborot -kutubxona faoliyati to’g’risida”gi 
qonuniga asosan o’quvchi yoshlarning, shuningdek aholining axborotga bo’lgan 
ehtiyojlarini qanoatlantirishga, ularni O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va 
madaniy merosidan bahramand et ishga qaratilgan universal axborot-kutubxona 
muassasalari tashkil etilgan holda faoliyat olib borishning huquqiy mexanizmi 
yaratilgan. 
Aytish joizki, 2012 yilda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining Jinoyat 
kodeksiga hamda O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi
kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi Qonunda o’z aksini topgan 
me’yorlar ham yoshlarning axborot olishdagi huquqiy kafolatini ta’minlashga 
xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ma’lumki, “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining 
asoslari to’g’risida”gi Qonunda belgilangan qoidalarga muvofiq, yoshlar 
ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi, zo’ravonlik yoki shafqatsizlikni targ’ib 
etuvchi barcha xatti-harakatlar taqiqlangan. Ushbu me’yorni yanada 
takomillashtirish va aniqlashtirish maqsadida, Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi 
kodeks yangi, ya’ni 189-1-modda bilan to’ldirildi. Unga ko’ra, zo’ravonlik va 
shafqatsizlikni targ’ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, respublika hududiga olib 


27 
kirish, tarqatish va reklama qilish, shuningdek, namoyish etish ham taqiqlanadi. Bu 
xatti-harakatni sodir etgan shaxslarga nisbatan kodeksning 189-moddasiga ko’ra eng 
kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yuz 
baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’lishi va 
barcha vositalar musodara qilinishi belgilab qo’yildi. 
Huquqbuzarliklar va ma’naviy axloqimizga zid jinoyatlar sodir etgan shaxslar 
uchun javobgarlikni kuchaytirish hamda tegishli qonunchilikni takomillashtirish 
axborot asri deb nom olgan bir davrda dolzarb vazifa hisoblanadi. Darhaqiqat, 
Jinoyat kodeksining 130-moddasi takomillashtirilib, yangi tahrirda berilgan. Unga 
asosan, pornografik mahsulotni tayyorlash, tarqatish va namoyish etish bilan 
bog’liq harakatlarga nisbatan jazo choralari kuchaytirilib, yangi kiritilgan 130 -1-
moddaga asosan uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazo 
belgilanishi barkamol avlod kelajagining huquqiy kafolatidan dalolat beradi. 
Qonunlar mukammalligi va barqarorligiga erishish, ularni hayotga joriy etish 
mexanizmlari, shuningdek, pornografik mahsulotlarning qaysi yoshdagilar o’rtasida 
tarqatilganligi va namoyish etilganligidan qat’i nazar, xalqimizning necha ming 
yillik an’ana va qadriyatlariga, oilasi, sog’lom turmush tarzi va ma’naviy negiziga 
katta xavf solishi tabiiyligi diqqat markazimizda turishi kerak. E’tirof etish kerakki, 
yuqorida ta’kidlanganidek mamlakatimizda yosh avlod ning har tomonlama sog’lom 
va barkamol ulg’ayishi uchun zarur bo’lgan mustahkam normativ -huquqiy hujjatlar 
tizimi shakllantirilgan. Xususan, voyaga yetmaganlarning huquqlariga doir 100 dan 
ortiq qonun hujjatlari qabul qilingan bo’lib, ular xalqaro huquqning umume’tirof 
etilgan normalariga hamohangdir. Ushbu qonun hujjatlari voyaga yetmaganlar va 
yoshlar manfaatlarini himoya qilish, ularning o’z iste’dod va qobiliyatlarini to’la 
namoyon etishlari uchun xizmat qilib kelmoqda. 
Axborot jamiyati tushunchasi o’tgan asrning 60-yillarida taniqli siyosatchi va 
iqtisodiyot bilimdonlari tomonidan tilga olingan postindustrial jamiyat 
kontseptsiyasining uzviy davomi sifatida vujudga keldi. Postindustrial jamiyat 
deganda, yuksak darajada sanoatlashgan, ilmiy-texnikaviy inqilob tufayli barpo 
etilgan barqaror iqtisodiy turmush tarziga ega tuzilma ko’z oldimizga keladi. Bunda 


28 
yaratilayotgan mo’jizaviy ixtirolar kashfiyot bo’libgina qolmay, xizmat ko’rsa-
tishga va shu orqali mislsiz daromad keltirishga yo’naltiriladi. Postindustrial jamiyat 
axborotlashgan jamiyat qurish yo’lidagi o’ziga xos evolyutsion jarayondir. Axboriy 
jamiyat nazariyasi insoniyat tarixidagi hozircha eng so’nggi tamaddun bo’lib, uning 
asosiy mahsuloti axborot va tafakkurdir. 
Bugungi kunga kelib axborot almashinuv jarayonlarining jadallashuvi ijtimoiy 
hayotning barcha sohalariga shiddat bilan kirib bormoqda. Natijada masalan, XX 
asrning 50-yillarida 30 varaq matnni 5.000 km. masofaga pochta orqali yuborish 
uchun kamida 10 kun vaqt va 30 dollar kerak bo’lgan bo’lsa, faks paydo bo’lishi
bilan XX asrning 80-yillarida bu axborotni jo’natishga esa 1 soat vaqt va 50 dollar 
sarflangan. Bugungi kunga kelib esa bu axborotni jo’natish uchun 3 sekund vaqt va 
2 sentga yaqin mablag’ sarflanmoqda. Ushbu faktning o’zi axborot hurujining 
kuchayganligidan dalolat berib turibdi.
Axborot zamonaviy fan va siyosatning asosiy tushunchalaridan biri; dastlab 
kishilar tomonidan og’zaki, keyinroq yozma yoki boshqa shakllarda uzatilgan 
ma’lumot; XX asrning o’rtalaridan boshlab insonlararo, inson-avtomat, avtomat-
avtomat o’rtasidagi ma’lumot hamda hayvonlar va o’simliklardagi signal 
almashinuvi, hujayrada hujayraga muayyan belgilarning uzatilishi va SHu kabilarni 
anglata boshlagan.
Ijtimoiy hayotga tatbiqan axborot-kishilar, predmetlar, faktlar, hodisalar, 
jarayonlar va Shu kabilar haqidagi ma’lumot (ma’lumotlar majmui)ni anglatadi. 
Ommaviy axborot vositalari (OAV) – turli ma’lumotlarni istalgan shaxslarga 
maxsus texnik vositalar yordamida etkazish maqsadida tashkillangan muassasa – bu 
ko’plab elementlardan: mazmun, xususiyatlar, shakllar, uslublar va ma’lum tashkiliy 
darajalardan (mamlakat, hudud, ishlab chiqarishda) tarkib topganligi bilan o’ziga 
xos nisbatan mustaqil tizim. 
Amerikalik siyosatchilar axborotlashgan jamiyatning bir qator muhim 
ko’rsatkichlarini sanab o’tishgan. Axborot mahsulotlari (ommaviy axborot vositalari 
mahsulotlari, madaniyatning turli ko’rinishlari va hokazo) bora-bora ichki yalpi 
mahsulotlar (ishlab chiqarish sanoati, agrosanoat, neft qazish va metallurgiya) 


29 
keltirayotgan umumiy daromaddan ortib ketadi. Yagona global axborot makonini 
yaratish uchun, birinchidan, har bir fuqaroning xabar va yangiliklarga bog’liqlik 
darajasini oshirish talab etiladi. Ular bir soatlik vaqtini ham o’ziga aloqador bo’lgan 
axborotsiz tasavvur qilolmaydigan bo’lib qoladi. Ikkinchidan, odamlar dunyoviy 
jarayonlar: siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy, mafkuraviy voqea-hodisalarga 
ham taalluqli axborot resurslari bilan ipsiz bog’lanishadi. Uchinchidan, kishilarning 
axborot va axboriy xizmatlarga bo’lgan ehtiyoji o’z vaqtida qondirilishi lozim. 
Muxtasar aytganda, bunday jamiyatda axborot eng tansiq "taom" bo’lib qoladi.
G’arb siyosatchi olimlari tomonidan keng imkoniyatlarga ega OAVlarini
“turli maqsadlarga erishtiruvchi eng qudratli qurol” sifatida ta’kidlashgani ham 
bejizga emas. Tarixdan ma’lumki, matbuotda tarqatilgan to’g’ri yoki haqiqatdan 
yiroq axborotlar hattoki davlatlararo nizo va ixtiloflarni keltirib chiqarishga qodir. 
Jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozlarini ma’lum bir maqsadlarni ko’zlab 
uyushtirishda ham matbuot muhim omillardan biri hisoblanadi. Iqtisodiy jarayonlar, 
shuningdek, moliyaviy operatsiyalar ham to’g’ridan – to’g’ri axborot maydoniga 
bog’liq bo’lib, ular matbuotdagi xabarlarga mos ravishda olib boriladi. SHu tarzda, 
siyosiy va iqtisodiy jarayonlarda matbuot rolining o’sishi dunyo miqyosida 
OAVlariga munosabat o’zgarishiga olib keldi. 
1960-yillarning 
ikkinchi yarmida axborotning jamiyatdagi ko’lami, 
ko’rsatkichi yuqori sur’atlarda o’sib bordi. Va bu narsa ko’plab davlatlarda 
axborotga tegishli qonunlar ishlab chiqish hamda izchillik bilan joriy etishga sabab 
bo’ldi.
Ushbu qonunlarda asosan inson huquqlarini toptash va haqoratlash, tuhmat 
qilishga qaratilgan axborotlarni tarqatish hamda daromad orttirish, odamlar shuurida 
voqea-hodisalarga nisbatan salbiy fikr uyg’otish, vahimaga solish singari xatti-
harakatlar jinoyat, deb belgilandi. Axboriy xurujlardan yurak oldirgan sobiq ittifoq 
esa o’z hududi va bu orqali aholisi ongini «izolyatsiya»ladi. Axboriy jamiyat 
tushunchasiga qarshi tsenzurani o’rnatdi. Lekin shunga qaramay, G’arb 
mamlakatlarining ayrimlaridagi demokratik qarashlar, liberallashuv kurtaklari 
"axboriy jamiyat"ning rivojlanishiga zamin yaratdi. Soha mutaxassisi F.Maxlup 


30 
1960-yillar boshida axborotga ta’rif berayotib, uni tafakkurning dastlabki mahsuloti, 
ya’ni xomashyo sanoatining (hali tayyor bo’lmagan!) bir turi degandi. Rus olimi 
V.Glushkov esa uni jamiyatni taqsimlash va boshqarishda "qog’ozsiz texnologiya 
kontseptsiyasi", deb ko’rsatgan. 
Mutaxassis D.Bellning fikricha, axboriy jamiyat postindustrial jamiyatning 
yangi bosqichi bo’libgina qolmay, balki axborot va bilimlarni qayta ishlash 
jarayonida "ochilgan" kompyuter inqilobi hamdir. 
Professor U.Martin ham uning bu sifat bilan atalishini tasodifiy emas, deb 
biladi. Uning dastlabki qarashlariga ko’ra, Yaponiya, AQSH va G’arbiy Yevropada 
o’tgan asrning 60, 70-yillaridayoq postindustrial jamiyat ko’rinishi mavjud edi. U 
ilmiy maqolalaridan birida axboriy jamiyatga texnologik, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy 
va madaniy sharh ham berib o’tadi. 
Bu omillarning har biri axboriy jamiyat qurishda hal qiluvchi ahamiyat kasb 
etadi. Masalan, U.Martin siyosiy sharhida aholini ijtimoiy muhofaza qilish, xalqaro 
ziddiyatlarga barham berish, hukumat faoliyatini nazorat qilish orqali to’planadigan 
axborotlar erkin tarzda ifoda qilinishi zarurligi haqida yozadi. Oradan biroz vaqt 
o’tib esa u "axboriy jamiyat" to’g’risidagi qarashlarini o’zgartirib, ushbu hodisani 
"shunchaki G’arb va Yevropa sarmoyadorlari an’analarining o’zgargan talqini", deb 
atadi va bir nechta sifatlarini sanab o’tdi. Biroq axboriy jamiyat kontseptsiyasini 
inkor etolmasligini, u orqali bashariyat turmush tarzi farovonlashishini, iqtisodiy 
to’kin-sochinlikka erishilishini ta’kidlab: "Bunday jamiyatda hayot standartlari, 
mehnat va dam olish turlari, ta’lim hamda bozor tizimi mislsiz darajada taraqqiy 
etadi", degan xulosaga keldi. Odamzot qadim-qadimdan ideal jamiyat qurishni orzu 
qiladi. Ularga o’zicha "yangi dunyo", "adolat olami" deb nom ham qo’yadi. Axboriy 
jamiyat kontseptsiya ko’rinishiga kelgunga qadar J.Lixtaymning "postburjuaziya"si, 
R.Darendorfning "postkapitalizmi", K.Bouldingning "posttsivilizatsiyalashgan 
jamiyat"i, G.Kanning "postiqtisodiy jamiyat"i va R.Barnetning "postneft"ga oid 
qarashlari biror ahamiyatga egadek edi go’yo. Axboriy jamiyat ularning mantiqiy 
davomi sifatida o’rganilsa, "post"larning eng so’nggisi, ya’ni F.Fukuyama iborasi 
bilan aytganda "tarix intihosi"dir. Binobarin, axboriy jamiyatdan so’ng qanday 


31 
jamiyat kelishini Fukuyamagina emas, shu sohada boshqotirgan faylasuflar ham 
bilmaydi. 
Axborotlashgan jamiyat nazariyasi asoschilari ijtimoiy rivojlanishni 
«bosqichlar almashinuvi» nuqtai nazaridan qaragan holda, uning shakllanishini 
qishloq xo’jaligi, sanoat va xizmatlar iqtisodiyotidan keyin paydo bo’lgan 
iqtisodiyotning to’rtinchi – “axborot sektori’’ yuzaga kelishi bilan bog’laydilar.
Ularning fikriga ko’ra, industrial jamiyatning asosi bo’lgan kapital va mehnat 
axborotlashgan jamiyatda o’z o’rnini axborot va bilimga bo’shatib beradi. 
Psixologiya, sotsiologiya, falsafa, OAV nazariyalaridan olingan bu tushuncha 
va terminlar mavzuni chuqurroq tushunishga, uning asosiy mazmunini, usullari va 
yo’sinlarini, ya’ni ochiq axborot tizimlarida foydalanayotgan usullarni idrok 
etishga, demak, ijobiy g’oyalarni salbiy g’oyalardan farqlay olishga ko’maklashadi. 
Ma’lumki, har qanday dalil, hodisa yoki voqea turlicha talqin etilishi mumkin, 
shunga bog’liq tarzda auditoriya tomonidan qabul etilishi ham mumkin. SHuning 
uchun avval boshidanoq, tushunchaviy apparatni belgilab olish, uni sharhlash lozim, 
shundan kelib chiqqan holda biror hadisa Yoki voqeani biz qanday idrok etishimiz 
va talqinimizni berishimiz darkor.
Axborotlashuv jarayoni jamiyatdagi iqtisodiy hamda ijtimoiy-madaniy 
o’zgarishlarga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. G’arb sotsiologlari fikriga ko’ra, 
axborotlashgan jamiyat texnika sohasida-ishlab chiqarish, iqtisodiyot, ta’lim va 
maishiy hayotga axborot texnologiyalarining keng joriy etilishi; iqtisodiy hayotda-
axborotning tovarga aylanishi; ijtimoiy hayotda-axborot turmush, hayot darajasi 
o’zgarishining asosiy omiliga aylanishi; siyosiy sohada-keng miqyosda fikr 
almashishga zamin yaratuvchi xilma-xil axborotlarni erkin olishga yo’l ochilishi; 
madaniyat sohasida-axborot almashinuvi davr ehtiyojlariga javob beradigan 
normalar va qadriyatlarning shakllanishi bilan xarakterlanadi. 
Mutaxassislar fikriga ko’ra, bugungi kunda jamiyatda aynan axborotni olish, 
unga yo’l topish sohasida keskin bo’linish, tabaqalashuv sodir bo’lmoqda. 
Yoshlar o’zining harakatchanligi va yangilikka intiluvchiligi hamda bo’sh vaqt 
resursiga egaligi tufayli yuqori darajada kommunikativ faollik ko’rsatishadi. Boshqa 


32 
guruhlarda esa, nisbatan passivlik kuzatiladi. Ularga xos bunday xususiyatlar salbiy 
oqibatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Bu birinchi guruh uchun tobora 
faollashayotgan agressiv siyosiy ta’sirga berilib ketish xavfining mavjudligida, 
ikkinchi guruhning esa, pozitiv mazmunga ega axborotlar ta’siridan tashqarida 
qolishi bilan belgilanadi. 
Iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy va boshqa sohalardagi axborotlar 
ta’sirlashuvi ijtimoiy hayotning mazmunan boyishi, takomillashuvining muhim 
omili hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bugungi kunda axborot 
almashinuvi insoniyat taraqqiyotining muhim shartiga aylandi deyish mumkin. 
O’z davrida og’zaki nutqning paydo bo’lishi bilan axborot uzatish imkoniyatlari 
kengaygan bo’lsa, yozma nutq rivoji bu borada o’ziga xos yangi bosqichni boshlab 
bergan edi. Hozirgi fan-texnika taraqqiyoti, integratsiya va globallashuv sharoitida esa 
axborot makonida tub sifatiy holat kechmoqda. Endilikda, axborot uzatish nafaqat xilma-
xil (radio, televidenie, matbuot, telefon, faks, pochta, internet va b.) shakllari, balki, o’ta 
tezkorligi bilan ham jamiyat taraqqiyotining oldingi davrlardagidan farq qiladi. Bunday 
sharoitda, axborot iste’moli jarayonida ham yangi tendensiyalar kuzatilmoqda. 
“Kimki axborotga ega bo’lsa, u dunyoga egalik qiladi” degan fikrning paydo 
bo’lishiga ham axborotning yuqoridagi xususiyatlari sabab bo’lgan. 
Ijtimoiy makon – bu, ayni vaqtda axborot makoni hamdir. Globallashuv 
sharoitida axborot hajmining kattaligi, ularning zamonaviy tezkor vositalar orqali 
tarqatilayotgani axborot sohasining ijtimoiy makonning boshqa shakllaridan tubdan 
farq qilishini ta’minlamoqda. Xususan, zamonaviy ommaviy axborot vositalari 
(ayniqsa, internet tizimi) orqali tarqatilayotgan xabar va ma’lumotlarga turli siyosiy 
taqiqlar, davlat chegaralari to’siq bo’la olmaydi.
Axborot iste’moli ijtimoiy, aniqrog’i, ma’naviy ehtiyojlarni qondirishga 
qaratilgan hodisadir.
Axborot iste’moli xizmatlar iste’molining o’ziga xos shakli 
hisoblanadi. Ma’lumki, har qanday xizmatni iste’mol qilishdan avval uning sifati, 
narxi, foydasi, qulayligi va boshqa shu kabi xususiyatlariga e’tibor beriladi. Bu 
jarayonda, iste’mol qilinayotgan xizmatning talab-taklif xususiyatlari ham inobatga 
olinadi. Masalan, taklifi kamayib ketgan xizmatlarning iste’mol darajasi yuqori 


33 
bo’lib, ularga talab kuchayadi. Mazkur xususiyatlar axborot iste’moli jarayoniga 
ham xosdir. Biroq, ma’naviy ne’mat bo’lgan axborotni iste’mol qilish o’ziga xos 
tomonlari bilan ham ajralib turishini ta’kidlash joiz. Xususan, axborot konkret shaxs, 
ijtimoiy guruh, millat, jamiyat va davlat tomonidan iste’mol qilinadi-ki, mazkur 
darajalarda iste’mol jarayonlari bir-biridan farq qiladi. Masalan, biron shaxs uchun 
qiziqarli bo’lgan ma’lumot, muayyan ijtimoiy qatlam yoki guruh uchun 
ahamiyatsiz bo’lishi mumkin. SHuningdek, axborot makon va zamon 
xususiyatlariga ham ega. Chunonchi, G’arbda o’ta ommabop bo’lgan axborotlar, 
SHarq xalqlari tomonidan kam iste’mol qilinishi mumkin. Bundan tashqari, ma’lum 
bir tarixiy davrda katta qiziqish bilan kutib olingan ma’lumotlar, vaqt o’tishi bilan 
odatiy holga aylanishi va ijtimoiy hayotda bu tarzda in’ikos etmasligi mumkin. 
Axborot iste’moli, kim tomonidan iste’mol qilinishidan qat’i nazar, qabul 
qilish, tushunish, talqin etish kabi bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan bosqichlarda 
amalga oshadi
.
Axborot turli ijtimoiy qatlamlar, professional va milliy guruhlar vakillarga har 
xil ta’sir qilishi barobarida uni iste’mol qilish amaliyoti turli guruhlarda bir-biridan 
keskin farq qilishi mumkin. Bu eng avvalo, axborot manbalari miqdori o’rtasidagi 
farqda namoyon bo’ladi. Masalan, ayrim odamlarda axborot manbai minimal 
(televidenie, radio), ayrimlarda esa keng (internet, yangi telekommunikatsiyalar 
tizimi) bo’lishi mumkin. 
Mutaxassislar fikriga ko’ra, bugungi kunda jamiyatda aynan axborotni olish, 
unga yo’l topish sohasida keskin bo’linish, tabaqalashuv sodir bo’lmoqda. Yoshlar 
o’zining harakatchanligi va yangilikka intiluvchiligi hamda bo’sh vaqt resursiga 
egaligi tufayli yuqori darajada kommunikativ faollik ko’rsatishadi. Boshqa 
guruhlarda esa, nisbatan passivlik kuzatiladi. Ularga xos bunday xususiyatlar salbiy 
oqibatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Bu birinchi guruh uchun tobora 
faollashayotgan agressiv siyosiy ta’sirga berilib ketish xavfining mavjudligida, 
ikkinchi guruhning esa, pozitiv mazmunga ega axborotlar ta’siridan tashqarida 
qolishi bilan belgilanadi. Axborot iste’moli madaniyati globallashuv jarayonlarining 


34 
xarakterli xususiyatlaridan biri bo’lgan, Internet tarmog’i jadal rivojlanib borayotgan 
hozirgi sharoitda, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi.
SHuning uchun, hozirgi davr kishisi oldida axborot tanlash imkoniyati shu 
qadar yuqori-ki, uning talabini qondira olmaydigan ma’lumotlar bir zumda 
qimmatini yo’qotishi aniq. SHu nuqtai nazardan qaraganda, hozirgi davrda axborot 
iste’moli avvalgilaridan tubdan farq qiladi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling