Бухоролик уч нафар ҳазрати инсон тимсоли-уч китоб талқинида
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 2.34 Mb.
|
Mundarija-МАТН
Foydalanilgan adabiyotlar:
Dalolat. Yo.Xo‘jamberdiyevning “Sovetskaya Rossiya” gazetasidan tarjimasi// O‘zbekiston adabiyoti va san’ati, 1989 yil 9 iyun. Soliyev S. Umr savdosi:Voqeiy qissa.-T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Nashriyot-matbaa birlashmasi, 1992.-B.152 Jinoyat ishi yopiladi//“Qishloq haqiqati”, 1988 yil 20 oktyabr O‘zMA, P.fond- 1710, 13-ro‘yxat, 1603-ish, 106-varaq O‘zMA, P.fond- 1710, 13-ro‘yxat, 1603-ish, 107-varaq 6.Navoiy viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarining idoraviy arxivi. 23578-raqamli jinoyat ishi 3 tom. 101 -varaq. 7.Navoiy viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarining idoraviy arxivi. 23578-raqamli jinoyat ishi 3 tom. 466 -varaq. 8. O‘zMA, P.1710-fond, 13-ro‘yxat, 1523-ish, 21-22-varaqlar 9.Navoiy viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarining idoraviy arxivi. 60-raqamli jinoyat ishi. 19 tom. 58-varaq. 10. Navoiy viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarining idoraviy arxivi. 60-raqamli jinoyat ishi. 19 tom. 55-varaq. 11.Navoiy viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarining idoraviy arxivi. 60-raqamli jinoyat ishi. 19 tom. 425-426 -varaqlar. 12. Navoiy viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarining idoraviy arxivi. 60-raqamli jinoyat ishi. 19 tom. 470 -varaq. Namangan viloyatiDA Davlat, uy muzeylarining vujudga kelishi va turizm rivojidagi o‘rni Nazarov Zafarjon -Namangan shahar “Ziyokor Academy” o‘quv markazi tarix fani o‘qituvchisi Annotatsiya Maqolada Namangan viloyati hududida davlat va uy muzeylarining turizm rivojidagi o‘rni xaqida so‘z yuritilgan. Shuningdek, viloyatdagi sayyohlikning ommalashib borayotgan tarmoqlari borasida, Axsikent ochiq osmon muzeyi, Sulton Uvays Qaroniy, Hazrati Bob ziyoratgohi va ularninig qoshidagi muzeylar xaqida fikr bildirilgan. Tayanch so‘zlar: muzey, turizm, Axsikent, Sulton Uvays Qaroniy, Hazrati Bob madaniy meros, iqtisodiyot, O‘zbekmuzey. Появление государственных музеев и домов-музеев Наманганской области и их место в развитии туризма. Назаров Зафаржон -Учител истории учебного центра "Зиёкор Аcадемй" города Намангана Аннотatsiя В стате рассматривается вопрос о месте государственных и домов- музеев в развитии туризма. Также развивается мысл о распространении сфер туризма, о музее под открытым небом Ахсикент, мест для паломничества Султана Увайсий Кароний, Хазрата Боб и музеев при них. Опорные слова: музей, туризм, Ахсикент, Султан Увайс Кароний, културное наследие Хазрати Боб, экономика, Узбекмузей. The role of state, house museums in the development of tourism in Namangan region. Nazarov Zafarjon History teacher at "Ziyokor Academy" educational center in Namangan city. Abstract The article talks about the role of state and home museums in the development of tourism in Namangan region. Also, regarding the growing popularity of tourism in the region, an opinion was expressed about the Ahsikent open-air museum, Sultan Uvais Qarani, Hazrat Bab shrines and their museums. Key words: museum, tourism, Ahsikent, Sultan Uvais Qarani, Hazrat Bob cultural heritage, economy, Uzbek museum. Kirish. Qachonlardir gullab-yashnagan, insoniyat yutug‘laridan darak beradigan arxeologik maskanlar dunyoning turli mintaqalarida uchraydi. Bunday hududlardagi yodgorliklarni o‘rganish, asrash, ulardan foydalanish, ommalashtirish va turizm maskanlariga aylantirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. “Turizm — iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, ushbu tarmoqni yanada takomillashtirish zarur, buni davrning o‘zi taqozo etmoqda”[10], - degan edi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev. Jahonda har 10-ishchi o‘rin turizm bilan bog‘liq va u asosiy daromad olib keluvchi sohalar ichida 3-o‘rinda turadi. Jahon turizm tashkilotining hisobotiga ko‘ra, dunyo turizmi pandemiya tufayli 1 trln. AQSh dollari atrofida zarar ko‘rdi. Bu sohada 100 milliondan ortiq aholi band edi va ular ishsiz bo‘lib qolgan(2019-2021 yillar mobaynida)[1]. Turizm o‘z o‘rniga qaytib kelishi uchun ma’lum muddat talab etiladi. Hozirga kelib turizm sanoati yanada jadal rivojlanib bormoqda. Millatimizning o‘zligini anglashda hamda milliy, tarixiy qadriyatlarimizni tiklashda muzeylar alohida o‘rin tutadi. Muzeylar yuz yillar mobaynida ta’lim-tarbiya va ilmiy vazifalarga ega bo‘lgan. Bugungi zamonaviy dunyoda muzeylar tizimi taraqqiyotiga ob’ektiv ehtiyojlar ortib bormoqda. Rivojlangan davlatlardan AQSh, Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Gresiya, Misr va boshqa bir qator mamlakatlar eng taraqqiy etgan muzeylar tizimiga ega. Mavzuga oid adabiyotlaning tahlili. Prezident Shavkat Mirziyoev 2022-yil 26 aprel kuni turizm xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilishida: Dunyoda pandemiya paytida o‘rnatilgan cheklovlar birin-ketin kamayayotgani tufayli turizm industriyasi tiklana boshlayapti. 2022 yil birinchi chorakda yurtimizga xorijdan 610 ming nafar yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 baravardan ziyod turistlar kelganini ta’kidladi. ... shuningdek Muzeylar faoliyatini samarali tashkil etish ham turizmni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois, respublika bo‘yicha barcha muzeylar eksponatlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ularning elektron bazasini yaratish, muzeylar rahbar va xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek aholining uzoqdagi muzeylarga borish imkoniyati yo‘qligi uchun, “San’atni xalqqa yaqinlashtirish” dasturi doirasida bir qator ishlar tashkil qilish kerakligini ta’kidladi[12]. Tarixiy xotirani shakllantirish, uni rivojlantirish, shu bilan birga hozirgi avlod ruhida milliy g‘urur tuyg‘ularini paydo qilish ishida barcha madaniy-ma’rifiy muassasalar qatorida muzeylar ham o‘ziga yarasha hissasini qo‘shmoqda[5]. Muzeylarning xalqaro miqiyosda rivojlanib borishi bilan ularning ta’sir doirasi kengayib, turistlar tashrifini ortib borishiga yordam bermoqda. Shuningdek, milliy madaniyatlarning o‘zaro boyishi va xalqlar o‘rtasida hamfikrlikni rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqda. Muzeylar orqali o‘tmishni, tarixni ko‘rish, eslash, sezish, o‘rganish mumkin. Shu boisdan ham, mustaqillik yillarida mavjud muzeylarni ta’mirlash, ularni yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar barpo etishga alohida e’tibor berildi. Bugungi kunda mamlakatimizda turli yo‘nalishda 1200 dan ortiq davlat va nodavlat muzey faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu madaniyat maskanlari ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lgan boylikni kelajak avlodga yetkazib beradigan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy xazina bo‘lib, u yillar davomida boyitilib, tarixdan meros bo‘lgan ashyolar, insoniyat ijodi mahsuli sifatida yaratilgan san’at asarlari saralanib, muzeylardan joy olib, umuminsoniy boylikka aylantirilmoqda[5]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 12 yanvarda qabul qilingan «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni muzeylar maqomini yuksaltirishga qaratilgani bilan qimmatlidir. Unda, O‘zbekiston hududida qadimdan shakllangan muzeylar tizimini yana takomillashtirish, ularni xalqning ma’naviy-axloqiy kamolotida tutgan o‘rnini yuksaltirish, muzey fondlarida saqlanib kelinayotgan xalqimizning boy tarixini, mustaqilligimiz odimlarini aks ettiruvchi noyob, nodir eksponatlarni avaylab-asrash lozimligi ta’kidlandi[2]. Muzeylar faoliyatini muvofqlashtirish, ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish, moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1998 yilda “O‘zbekmuzey” Respublika jamg‘armasi tuzildi. Aholining muzeyshunoslik madaniyatini oshirishga ko‘maklashuvchi “Moziydan sado” jurnali ta’sis etildi va u 1999 yildan boshlab o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etila boshlandi. Yoshlar ma’naviyatida muzeylarning ahamiyati hisobga olinib, 2021 yil Vazirlar Mahkamasining qarori bilan haftaning seshanba va juma kunlari bolalar va ularning ota-onalariga bepul xizmat ko‘rsatish, har yili 2–8 sentabr kunlari “Muzeylar haftaligi”ni tashkil etish belgilandi. Tadqiqot metodologiyasi. Madaniyat va sport sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, mazkur sohada O‘zbekiston xalqining boy va o‘ziga xos madaniyati, san’ati va ijodiyotini yanada rivojlantirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini tubdan yuksaltirish, aholi keng qatlamlari orasida ma’naviy-axloqiy kamolot va sog‘lom turmush tarziga intilishni kuchaytirish maqsadida faoliyatni o‘rganib chiqish natijalarini hisobga olib, “O‘zbekmuzey” jamg‘armasi tugatilib, mazkur tashkilotning funksiyalari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga topshirildi. Vazirlikka davlatlararo va xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash, mamlakatimizning madaniy merosini, mamlakatimiz ijodiy jamoalari va mualliflari asarlarini, jumladan, konferensiyalar va ko‘rgazmalar, madaniy tadbirlar va anjumanlar o‘tkazish yo‘li bilan chet ellarda keng targ‘ib qilish, madaniyat sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlar jalb etish, shuningdek, madaniyat sohasiga oid ommaviy adabiyotlarni chop etish, video va kino materiallar tayyorlash vazifalari etib belgilandi. Muzeylar katta ilmiy tadqiqiy va tarbiyaviy ishlarni olib boradi: to‘plamlarni butlaydi va tadqiq etadi; ilmiy hujjatlarni tayyorlaydi, muzey ashyolarini saqlash va ta’mirlash tartibini yaratadi, monografiya, katalog, yo‘l-ko‘rsatkichlar nashr etadi; zamonaviy muzeyshunoslik ishlab chiqqan ilmiy usul va metodologiya asosida ekspozitsiyalarda ilmiy tashviqotlar olib boradi. Tomoshabinlar bilan ishlashning eng muhim shakli ekskursiyadir. Siyosiy, ilmiy, madaniy, iqtisodiy ehtiyojlarni qondirishda muzeylarning ahamiyati beqiyosdir. Muzeylarning o‘tmishdoshlari tabiat va ijtimoiy hayotdan olingan asl buyumlarni xo‘jalik maqsadlarida va moddiy boylik sifatida emas, balki memorial guvohnoma va estetik qimmatli asl narsalar sifatida saqlana boshlagan davrda yuzaga kelgan. Bugungi kunda kishilar ongida tarixiy tafakkurning shakllantirishda muzeylarning o‘rni katta. Shularni inobatga olgan holda, mamlakatimizning barcha viloyatlari qatori Namangan viloyatida ham samarali ishlar amalga oshirildi. Xususan viloyatdagi yetakchi “Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi” 1986 yilda qurilish ishlari boshlangan, 1987 yil qurib bitkazilgan. 1988 yil 22 aprelda Namangan shahrining Nodim Namongoniy ko‘chasida qad rostlagan yangi binoning ochilish marosimi o‘tkazildi[6]. Istiqlol yillarida “Namangan viloyati o‘lkashunoslik muzeyi” xodimlarining jonbozliklari va samarali mehnatlari natijasida muzey 1998 yilda birinchi toifali muzeylar qatoriga kirdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 dekabrdagi “2017-2027 yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 975-sonli qaroriga asosan “Namangan viloyati o‘lkashunoslik muzeyi” “Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi” nomiga o‘zgartirildi[4]. Bugungi kunda Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyida tarix, san’at, adabiyot, g‘azna, tabiat, madaniyat, ma’naviyat, xotira va qadirlash bo‘limlari mavjud. Shuningdek, 2-3 qavat ko‘rgazma zallari bo‘lib, unda Namangan viloyati tarixi, tabiati, adabiyoti, san’atini aks ettiruvchi eksponatlar asosida ekspozitsiyalar tashkil etilgan. Muzey bo‘ylab aholi, yoshlar, respublika miqiyosidagi ommaviy tabirlarda esa (Masalan; “Namangan xalqaro gullar festivali”, “Navro‘z”, “Silk Granat”(ipak matolar ko‘rgazmasi) va b.) horijiy mehmonlar uchun ekskursiyalar tashkil etilmoqda. “Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi”dan tashqari viloyatdagi boshqa muzeylarning rivojlantirishga ham e’tibor qaratilmoqda, jumladan, 1993 yil 28 avgustda Pop tumanida arxeologiya muzeyi barpo qilindi. O‘zbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vazirligi hay’atining 1996 yil 3 maydagi qaroriga asosan Mingbuloq, Uychi, Chortoq tumanlaridagi va Kosonsoy shahridagi muzeylarga «Xalq muzeyi» unvoni berildi[8:1]. Shuningdek, Mingbuloq tumani Qolgandaryo MFYda joylashgan 1907 yilda Muslim ona homiyligida barpo etilgan xalq amaliy san’atining noyob namunasi Sirli masjid 2021 yilda Madaniyat vazirligi ko‘rsatmasiga muvofiq restavratsiya rekonstruksiya ishlari olib borilib muzeyga aylantirildi[11]. Chortoq tumanidagi Abu Ali ibn Sino jamoat salomatligi texnikumida “Milliy qadriyatlar muzeyi” chorak asrdirki, foliyati davomida tashkil etilgan “Tarixiy qo‘lyozmalar”, “Numizmatika”, “Milliy liboslar”, “Milliy hunarmandchilik” bo‘limlarida 1700 dan ortiq ekponatlar saqlanmoqda. Bundan tashqari xalqimizning tarixiy, ilmiy-madaniy va ma’naviy qadriyatlarini to‘plovchi, saqlovchi va namoyish etuvchi tumandagi shunday maskanlardan yana biri Koroskon qishlog‘ida tadbirkor Jamoliddin Nizomov tomonidan “Koroskon orom savdo invest” mas’uliyati cheklangan jamiyat qoshida tashkil etilgan muzeyda milliy an’ana va qadriyatlar, matbuot va bo‘limlari mavjud. Bosma nashrlar bo‘limida 2000 ga yaqin turli kitoblar, jahon va o‘zbek adabiyoti durdonalaridan tortib, ko‘plab sohalarga oid ma’lumotlarni o‘zida jamlagan ensiklopediyalargacha saqlanmoqda”[7]. Bu yerdagi noyob ekponatlar, osori-atiqalar ko‘pchilik tashrif buyuruvchilarda qiziqish uyg‘otmoqda. Chust tumanidagi “Mavlono Lutfulloh” nomidagi istirohat bog‘idagi muzey tashkil etildi. Ushbu tadbirlar ham ma’naviy-milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi salmoqli ishlardan hisoblanadi. 2020-yil respublika turizm mashrutiga kiritish maqsadida, Namangan viloyatida 25 ta madaniy meros obektini, xususan, Chortoq tumanidagi “Sulton Uvays Qaroniy” ziyoratgohi (uning qoshidagi muzeyi), To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Axsikent ochiq osmon muzeyi”, Chust tumanidagi “Bibiona” ziyoratgohi, Pop tumanidagi “Hazrati Bob” ziyoratgohida qurilish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, bu maqsad uchun budjet mablag‘lari hisobidan 26,8 mlrd.so‘m sarflandi[9]. Muzey uylari xayoliy va tarixiy qahramonlar muzeylari turi yoki ularning prototiplari bilan chambarchas bog‘liq. Butun dunyoda bo‘lgani kabi mashhur insonlarning, davlat arbobi, san’atkor va ijodkorlarning uy-muzeylari mamlakatimizda ham faoliyat yuritadi. Uy-muzey ochish mashhurlarning oila a’zolari uchun imijgina emas, ulardan qolgan buyum va ashyolarni asrab-avaylash, kelgusi avlod uchun tarixiy darsxona. Shu bilan birga o‘zining o‘zbek adabiyoti va madaniyatiga qo‘shgan bemisl hissasi bilan ulug‘ kishilar safida e’zozlanishga, o‘rganilishga mushtoq ijodkoru san’atkorlarimizni nomini abadiylashtirishda munday muzeylar muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun mamlakat ravnaqiga xissa qo‘shgan tarixiy siymolarning uy-muzeylari ochilsa, har biri asrlar uchun mangu saboq bo‘ladi. Yoki viloyatda yashab hassos ijod qilgan ijodkorlarimizdan qolgan qo‘lyozmalari, kitoblari, buyumlari faqat oila a’zolari uchungina qadrli mulk sifatida bir burchakda qolib ketmasligi kerak. Bir odamning yoki oilaning mulki sifatida qaralgan boylik bir kun izsiz yo‘qolishi tayin. Zotan ularning har bir ashyosi millatning mulki, millatning boyligidir. Ular davlat tomonidan muhofaza qilinishi shart[12]. Bu borada viloyatimizda ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Namanganlik atoqli shoir, o‘z davrining iste’dodli mudarrisi, mutafakkiri bo‘lgan Sulaymon Ulug‘xo‘ja o‘g‘li Nodim Namangoniyning 1992 yilda Namangan tumanidagi «Zarbdor» jamoa xo‘jaligi hududida uy-muzeyi tashkil qilindi[8:1]. 1995 yilda To‘raqo‘rg‘on shahrida Ibrat uy-muzeyi qurildi. Namangan shahri markazidagi “Sardoba” dahasidagi Namanganga bundan yuz ellik yil avval texnologiyani, ilk fotoapparat va boshqa ashyolarni olib kelgan buyuk ma’rifatparvar, elparvar Qodirxo‘ja Eshon hovlisi hozirda «Oltin meros» fondi joylashgan maskan uy-muzeyiga aylantirilib tarixiy va madaniy yodgorliklar ro‘yxatidan o‘rin oldi. Davlatimiz rahbarining 2022 yil 10 fevralida qabul qilingan «Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi qarori munosabati bilan Namangan shahridagi “Amir Temur” MFYda shoirning uy-muzeyi va mahalla kutubxonasi bunyod etilda. Bu majmua serqirra iste’dod sohibi Usmon Nosir, navqiron yoshida mustabid tuzum qurboniga aylangan isyonkor qalbning ikkinchi umrini boshlab berdi, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Yana bunday uy-muzeylaridan viloyat miqiyosida ko‘plab misollar keltirishimiz mumkin. Bu maskanlarga tashrif buyuruvchi maktab o‘quvchilari, oliy o‘quv yurti talabalari, mamlakatimiz hamda xorijdagi san’at ixlosmandlarida kundan-kunga qiziqish ortib bormoqda. Tahlil va natijalar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xisobotiga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvar holatiga mamlakatimizdagi muzeylarga tashriflar 6500,9 ming kishini tashkil etib, ulardan o‘quvchi va talabalar – 51,9 % tashkil etgan. Yillar kesimida tashrif buyuruvchilar soni: 2020- yilda – 1515,8 ming kishi 2021- yilda – 5100,0 ming kishi 2022- yilda – 6500,9 ming kishi[14]. Hozirgi kunda muzeylar faoliyatini yanada rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar qilinishi ko‘zda tutilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 31 maydagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-3022-son qarori qabul qilingan[3] bo‘lib, unga ko‘ra, 2017-2027 yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Ushbu dastur doirasida Namangan viloyati bir qator davlat muzeylarining faoliyati tugatilib, yangidan tashkil etildi. Bundan ko‘zlangan maqsad ishlab chiqiladigan yangi konsepsiyalar, muzey ashyolarini ishonchli saqlash, tashrif buyuruvchilar, hususan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, turistlarga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish, arxitektura-rejalashtirish, interer, dizayn va landshaft yechimlariga e’tibor qaratgan holda, har bir muzey binosining eskiz loyihasini muzeyning yo‘nalishi va mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda monitoring nazorat ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xisobotiga ko‘ra, Respublikaga 2022 yil yanvar-centabr oylarida jami 3587,1 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan[15]. Yaqin yillargacha sayyohlar uchun taklif etiladigan yo‘nalishlar asosan Namangan viloyatidagi tarixiy arxeologik obektlar va muzeylar bilan cheklanar edi. Bugungi kunga kelib, viloyatda turizmning madaniy meros turizmi (siz sayohat qilgan joyning madaniy merosiga yo‘naltirilgan. Bu qadimiy madaniy qiziqishlarga ega bo‘lgan tarixiy joylarni ziyorat qilishni o‘z ichiga oladi. Maqsad - o‘tmishni yaxshi baholay olish), ziyorat turizm (bu insonning e’tiqodi uchun muhim bo‘lgan muqaddas joyga yoki ziyoratgohga uzoq safar, shuningdek, bunda diniy ahamiyatga ega bo‘lgan hududlar, inshootlar va binolarga sayohat qilinadi. Barcha dinlarning ko‘plab e’tiqodchilari diniy turizmda qatnashadilar. Chunki, bu ularning iymon va e’tiqodlarini mustahkamlashga yordam beradi). Tibbiy turizm (odamlar tibbiy muolajalar uchun sayohat qilishganda, ko‘pgina mamlakatlarda operatsiyalar va protseduralar qimmatga tushadi yoki uzoq kutish ro‘yxatiga qo‘shilishni talab qiladi. Shuning uchun ushbu mamlakatlar aholisi ushbu protseduralarni o‘zi yashab turgan hududdan boshqa viloyatda yoki chet elda amalga oshirish uchun sayohat qilishadi), sog‘lomlashtirish turizm (ushbu turdagi turizm tana davolash, vazn yo‘qotish dasturlari, go‘zallik muolajalari va boshqalarni o‘z ichiga oladi), agroturizm (odatda fermer xo‘jaliklarida amalga oshiriladigan ta’til uslubi. Bu tashrif davomida fermer xo‘jaligi vazifalarini bajarishda yordam berish imkoniyatini o‘z ichiga olishi mumkin) kabi sayyohlikning yangi tarmoqlari keng rivoj topmoqda. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak bugungi kundagi dunyodagi globallashuv jarayonida turizimni o‘rni beqiyos. Dunyo iqtisodiyotida ro‘y berayotgan beqaror jarayonlar xar-bir mamlakatni qo‘shimcha manbaalar topishga undamoqda. Shu bilan birga tarixiy-madaniy yodgorliklarning tarkibi va ahamiyati orqali belgilanuvchi omillarni kapital deb xisoblash mumkin. Ochiq osmon ostidagi qadimgi me’moriy inshootlar, muzeylar, uy-muzeylari, O‘zbekistonda turizm rivojlanishi uchun qo‘lay maskanlar hisoblanadi. Aynan shunday maskanlarda tarixiy turizmni rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Undan tashqari mutaxassislarni e’tiborlarini jalb qilishi mumkin bo‘lgan boshqa maskanlar ham mavjud, maaslan, Namangan viloyatidagi arxeologik maskanlar, shuningdek, dam olish, davolash va sport maskanlari juda ko‘p. Binobarin, sport turizmining tog‘ turizmi, alpinizm, tog‘-changi sportining barcha ko‘rinishlari, deltaplanerizm, tog‘ daryolarn bo‘ylab qayiklarda suzish kabi aynan keng tarqalmagan turlarnni rivojlantirish imkoniyatlari mavjud. Shularni inobatga olib keyingi yillarda viloyatda istiqbolli rejalar amalga oshirilmoqda. Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxati: Butunjahon turizm tashkiloti – YuNVTO ning rasmiy sayti ma’lumotlari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirsh to‘g‘risida»gi qarori//Xalq so‘zi, 1998 yil 12 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 3022-son qarori//Xalq so‘zi, 2017 yil 31 may. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 dekabrdagi “2017-2027 yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 975-sonli Qarori (https://lex/docs/3451889). Baxriddinov O. Muzeylar-tariximiz guvohi // Namangan haqiqati. 2004 yil 10 mart. Mirzaaliev E. Namangan viloyat o‘lkani o‘rganish muzeyi: kecha va bugun. – Farg‘ona: Farg‘ona.2010.B. 22. Moziydan so‘zlovchi bebaho xazina//Xalq so‘zi, 2023 yil 18 may. Namangan viloyat hokimligi madaniyat va sport ishlari boshqarmasining 1991-2007 yillar uchun ma’lumotlar to‘plamidan.– B.1-2. Namanganning yuksalayotgan turizm salohiyati iqtisod rivojida ham muhim o‘rinni egallaydi //Yangi O‘zbekiston, 2021 yil 12 fevral. https://uza.uz/uz/posts/turizmni yanada rivojlantirish masalalari 03-10-2017. https://t.me/namtourism Mingbuloqdagi noyob me’moriy obida qayta tiklanmoqda 28-10-2021. www.president.uz. https://(uzhurriyat.uz)Tarixning oqarmagan sochlari yoki uy-muzey ochishning muzday tashvishlari – 23-06-2021. https://stat.uz/uz. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. https://stat.uz/uz. O‘zbekistondagi muzeylarga tashrif buyuruvchilar ortib bormoqda. YOSHLARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISHGA OID QONUNCHILIK ASOSLARI Xadjamuratova Matlyuba Xashimovna, Andijon davlat tibbiyot instituti, tarix fanlari nomzodi, dotsent. Annotatsiya O‘zbekistonni adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish tomon yo‘l tutishining o‘zi xalqni, jumladan yoshlarni ijtimoiy himoya qilishga keng imkoniyatlar, huquqiy makon yaratilganini belgisidir. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqarolarni, ayniqsa yoshlarni ijtimoiy himoya qilish masalasida davlatning innovatsion siyosatining fundamental huquqiy asosi sifatida tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: yoshlar, davlat, qonun, modda, ijtimoiy himoya. ПРАВОВАЯ ОСНОВА СОЦИАЛЬНОЙ ЗАЩИТЫ МОЛОДЕЖИ Аннoтatsiя Тот факт, что Узбекистан движется к построению справедливого гражданского общества, является признаком того, что созданы широкие возможности и правовое пространство для социальной защиты народа, в том числе молодежи. В статье анализируется Конституция Республики Узбекистан как фундаментальная правовая основа инновatsiонной политики государства в вопросе социальной защиты граждан, особенно молодежи. Ключевые слова: молодежь, государство, право, содержание, социальная защита. LEGAL BASIS FOR YOUTH SOCIAL PROTECTION Abstract The fact that Uzbekistan is moving towards the establishment of a just civil society is a sign that ample opportunities and legal space have been created for the social protection of the people, including the youth. The article analyzes the Constitution of the Republic of Uzbekistan as the fundamental legal basis of the innovative policy of the state in the issue of social protection of citizens, especially young people. Keywords: youth, state, law, content, social protection. 1. Dolzarbligi: Yoshlarga oid siyosatni yuqori bosqichga ko‘tarish, muammolarni oldini olish, yechimini topish, fuqarolik jamiyati institutlarini yoshlar masalasidagi vakolatlarini amaliyot bilan bog‘lashni kuchaytirish, qonunchilik bilan qonuniylikni sifat va samaradorligini, nazoratini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; yoshlarni sog‘lom, ma’nan yetuk, barkamol o‘sishiga qaratilgan muhit va ta’lim-tarbiyani kuchaytirish, ularni ilm-fanga ijobiy yondoshishiga ko‘maklashish, yoshlarni ona-Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalab, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, iqtisodiy tarmoqlar va ijtimoiy sohani turli yo‘nalishlarini boshqarish va rivojlantirishda ishtirok etishga da’vat qilish; xalqaro hamkorlik va institutsional yondoshuvda yoshlar masalasini yanada kengaytirish kabi masalalarni ro‘yobga chiqarish yoshlarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyatini ochib beradi. 2. Metodlari: Mazkur maqolada zamonaviy tarix fanida tadqiqotlar olib borishning muammoli-xronologik, ob’ektivlik, tuzilmaviy-tizimli tahlil metodlaridan foydalanildi. 3. Tadqiqot natijalari: Yoshlarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan qonun hujjatlari dinamikasi o‘rganilganda ularni uch guruhga bo‘lish maqsadga muvofiqligi aniqlandi: Birinchi guruhga 1991-2000 yillar oralig‘ida qabul qilingan qonunlarni kiritish mumkin. 1991 yil 15 fevralda “O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to‘g‘risida”gi, 1991 yil 14 iyunda “OITS bilan kasallanishning oldini olish to‘g‘risida”gi, 1991 yil 18 noyabrda “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi, 1991 yil 20 noyabrda “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi, 1992 yil 14 yanvarda “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi, 1992 yil 13 yanvarda (so‘ng yangi tahrir – 1998 yilda) “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi qonun, 1992 yil 2 iyulda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun (yangi tahrirda -1997 yil 29 avgust)lar qabul qilindi. 1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 1992 yil 9 dekabrda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va “Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash to‘g‘risida”gi, 1995 yil 21 yanvarda Mehnat Kodeksi, 1996 yil “Fuqarolarni sog‘ligini saqlash to‘g‘risida”gi, 1997 yil 29 avgustda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, 1998 yil Oila Kodeksi, Fuqarolik Kodeksi va boshqa qator kodekslar, 1999 yil “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi, “Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish to‘g‘risida”gi, 2000 yil 31 avgustda “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi qonunlarda yoshlarni ijtimoiy himoya qilish masalasi turli yo‘nalishlarda huquqiy asoslandi. Shuningdek, 1991 yilda “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” va 1992 yilda “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi xalqaro konvensiya ratifikatsiya qilindi. Ikkinchi guruhga 2001 yildan 2016 yilgacha qabul qilingan qonun hujjatlarini kiritish mumkin. Ushbu bosqichda 2001 yil 11 mayda “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida”, 2002 yil 5 aprelda “Chiqindilar to‘g‘risida”, 2002 yil 4 aprelda O‘zbekiston Respublikasining shaharsozlik kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”, 2003 yil 11 dekabrda “Xususiy korxona to‘g‘risida”, 2004 yil 3 dekabrda “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”, 2006 yil 6 mayda “Iste’mol krediti to‘g‘risida”, 2007 yil 2 oktyabrda “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”, 2007 yil 3 mayda “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”, 2008 yil 10 sentyabrda “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”, 2008 yil 17 aprelda “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”, 2008 yil 7 yanvarda “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida, 2009 yil 30 sentyabrda “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”, 2009 yil 1 oktyabrda “Elektr energiyasi to‘g‘risida”, 2010 yil 7 iyunda “Aholi o‘rtasida mikronutrient yetishmasligi profilaktikasi to‘g‘risida”, 2011 yil 5 oktyabrda “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqalishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”, 2013 yil 27 dekabrda “Ekologik nazorat to‘g‘risida”, 2013 yil 23 sentyabrda “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”, 2014 yil 3 dekabrda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”, 2015 26 avgustda “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi. Shuningdek, 2011 yil 14 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ular prekursorlarining qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga qarshi kurashish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazini tashkil etish to‘g‘risida Ozarbayjon Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi bitimni (Ostona, 2006 yil 24 iyul) ratifikatsiya qilish haqida” gi qonuni qabul qilindi. Uchinchi guruhga 2016 yildan 2021 yilda qabul qilingan qonun hujjatlarini kiritish maqsadda muvofiq. 2016 yil 26 dekabrda “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi, 2016 yil 14 sentyabrda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi, 2017 yil 8 sentyabrda “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi, 2017 yil 25 avgustda “O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi, 2017 yil 3 yanvarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, 2019 yil 16 dekabrda “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi, 2019 yil 2 dekabrda “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi, 2019 yil 29 oktyabr Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida, 2019 yil 23 oktyabrda “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi, 2019 yil 16 oktyabrda “Masenatlik to‘g‘risida”gi, 2019 yil 11 martda “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi, 2020 yil 27 oktyabrda “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida”gi, 2020 yil 20 oktyabrda “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi, 2020 yil 15 oktyabrda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi, 2020 yil 23 sentyabrda “Ta’lim to‘g‘risida”gi, 2020 yil 24 iyulda “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi qonunlar, 2021 yil 15 dekabrda “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun, 2021 yil 13 sentyabrda “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi, 2021 yil 12 mayda “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi, 2021 yil 29 aprelda “Aholini ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga doir choralar to‘g‘risida”gi, 2021 yil 1 aprelda “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, 2021 yil 20 yanvarda “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi. Shuningdek, 2019 yil 25 iyunda Xalqaro Mehnat Tashkilotining 1930 yildagi “Majburiy mehnat to‘g‘risida”gi 29-sonli konvensiyasiga bayonnomani (Jeneva, 2014 yil 11 iyun) ratifikatsiya kilish haqida, 2019 yil 4 martda Xalqaro Mehnat Tashkilotining xalqaro mehnat normalari qo‘llanilishiga ko‘maklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar to‘g‘risida”gi 144-sonli konvensiyasini (Jeneva, 1976 yil 21 iyun) ratifikatsiya qilish haqida. 2021 yil 7 iyunda “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyani (Nyu-York, 2006 yil 13 dekabr) ratifikatsiya qilish haqida, 2021 yil 4 iyunda Xalqaro Mehnat Tashkilotining mehnat xavfsizligi va gigienasiga ko‘maklashish asoslari to‘g‘risida”gi 187-sonli konvensiyasini (Jeneva, 2006 yil 15 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunlar qabul qilindi. Ushbu qonunlar respublika xalqini, shu jumladan yoshlarni ijtimoiy himoya qilishga xizmat qilgani bilan ahamiyatlidir. O‘zbekistonda yoshlarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan huquqiy normalar qo‘yidagilarga bo‘linadi: Xalqaro huquq normalari; O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; Konstitutsiyaviy qonunlar; Parlament tomonidan qabul qilingan qonunlar; Prezidentning farmon, farmoyish va qarorlari; Vazirlar Mahkamasining qarorlari; Davlat dasturlari; Mahalliy davlat hokimiyatlarining qarorlari; Fuqarolarning o‘zi o‘zi boshqarish organlari hujjatlari; Davlat organlari, korxona, muassasa, tashkilotlari va nodavlat tashkilotlarining yuqori organlarning huquqiy hujjatlarini bajarilishi bo‘yicha qabul qilgan hujjatlari. Yoshlarni ijtimoiy himoya qilishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yetakchi huquqiy poydevor vazifasini bajarmoqda. Konstitutsiya – davlatning asosiy qonuni, birlamchi, asos soluvchi, yuridik kuchi bo‘yicha eng yuqori xususiyatiga ega. O‘zbekiston Konstitutsiyasida davlat siyosatining milliy negizini inson huquq va erkinliklariga sodiqlik, inson oliy qadriyat sifatida qadrlanishi, atrof ekologik muhitni saqlash, fuqarolarning munosib hayot kechirishini ta’minlash kabi ijtimoiy himoya yo‘nalishlari ham tashkil etadi. Konstitutsiyaning 1 moddasida “O‘zbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat”[1] sifatida e’lon qilingan. Konstitutsiyada belgilanganidek, birinchidan, xalq aholini takror barpo bo‘lishida ishtirok etadi hamda jamiyatda tarbiyalangan kadrlar tomonidan davlat hokimiyati boshqariladi; Ikkinchidan, fuqarolar demokratik saylovlarda ishtirok etib, munosib nomzodlarni davlat hokimiyatiga lavozimga qo‘yadi; Uchinchidan, davlat hokimiyati xalqning irodasini ifoda etgan holda, unga xizmat qilishi shart. Davlat hokimiyatini xalq manfaatlari yo‘lida vakolat olgan idoralar amalga oshiradi. Respublikada umuminsoniy prinsiplar asos qilib olingan, ya’ni inson eng oliy qadriyat sifatida himoyalanadi. Shuningdek, yoshlar daxlsizligi ta’minlangan, ular qullik va boshqa tazyiqlardan, qadr-qimmatini poymol etilishidan himoyalanadi. Davlat ichki va tashqi siyosatida inson va jamiyat farovonligini ko‘zlagan holda faoliyat yuritadi. Jamiyat rivojlanishi, farovon hayot garovi bo‘lgan ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplariga asoslanadi. Asosiy Qonunimizning II bo‘limi aynan “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari”[2] deb nomlangan. Ushbu bo‘limda fuqarolarning barcha huquqlari tenglik, ijtimoiy adolat prinsipiga asoslanib, daxlsizligi ta’minlanadi, ulardan mahrum etishga, daxl qilishga hech kimning haqqi yo‘q. Yoshlarni ijtimoiy himoya qilinishida, imtiyozlardan foydalananish ularni hayotiy maqsadlarga yetishishiga, jumladan, o‘qishga kirishiga, ishga joylashishiga, sog‘lig‘ini tiklashiga, uy-joy bilan ta’minlanishiga va boshqa imkoniyatlardan foydalanishga yo‘l ochib beradi. Yoshlar mehnat qilishi, xohlagan kasb egasi bo‘lishi konstitutsiyaviy asoslangan. Mehnat qilish jarayonida adolatli, xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak. Har kim ishsizlikdan himoyalanishi uchun davlat tomonidan chora-tadbirlar qo‘llaniladi. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini ta’minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi. Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi”[3]. Yoshlar mehnatidan majburan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ayniqsa, “bolalar mehnatining bolaning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga, ahloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning ta’lim olishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanadi[4]. Shuningdek, “har kim dam olish huquqiga ega. Yollanib ishlovchilarga dam olish huquqiga ish vaqtining davomiyligini, dam olish va ishlamaydigan bayram kunlarini, haq to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tilini belgilash orqali ta’minlanadi”[5], Yoshlarni mehnat jarayonlarini ish vaqtini cheklash, dam olish huquqini ta’minlab berish, majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishidan himoya qilish masalalari konstitutsiyaviy asoslangan. Ish vaqti va dam olish vaqti, mehnat ta’tili qonunchilikda qat’iy belgilangan. Shuningdek, yoshlarda tug‘ma nogironligi bo‘lganda, mehnat jarayonlarida, orttirilgan kasalliklar tufayli mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, ota-onasi (vasiysi) yoki boquvchisini yo‘qotganda va qonunda ko‘rsatilgan hollarda ijtimoiy ta’minot oladi. “Qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari rasman belgilangan eng kam iste’mol harajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emas”[6]. Qonunchilik va qonuniylik prinsipi xalqni, shuningdek yoshlarni har tomonlama ijtimoiy himoya qilinishiga huquqiy va amaliy jihatdan sharoit yaratib berishini anglagan holda III bob “Konstitutsiya va qonunning ustunligi”[7] ga bag‘ishlangan. Ushbu bo‘limda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati konstitutsiyaviy asoslangan. Fuqarolik jamiyati institutlari yoshlarni ijtimoiy himoya qilishda katta kuch sifatida qudratga ega. Yoshlar hayotida oila qurish muhim hisoblanadi. “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir. Nikoh O‘zbekiston xalqining an’anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi. Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi”[8]. Konstitutsiyada ota-onaga katta mas’uliyat yuklatilganki, yoshlarni ijtimoiy himoya qilishda ularning xizmatlari beqiyos. Ota-ona bo‘lish oliy baxt bo‘lishi bilan birga, har ikki tomonga juda katta mas’uliyat yuklaydi. Bu mas’uliyatni vijdonan bajarish har bir ota-onani konstitutsiyaviy fuqarolik burchidir. Ota-ona (vasiy) bolani: - voyaga yetguncha boqish; -tarbiyasi bilan uzluksiz shug‘ullanish;- ta’lim olishi uchun keng sharoitlar yaratish; - sog‘lom bo‘lishi uchun vaqtida imkoniyatlardan foydalanish; - to‘laqonli, barkamol yoshlar qatoriga qo‘shilishi uchun g‘amxo‘rlik qilishga va b. majbur. Yetim bolalar va ota-ona vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarga yuqorida keltirilgan tarzda g‘amxo‘rlik qilish davlat va jamiyat zimmasiga yuklatilgan, “shu maqsadda xayriya faoliyati”[9] rag‘batlantiriladi. Konstitutsiya asosida barcha farzandlarning tengligi ta’minlangan. Bolalarni ota-onalarining ijtimoiy holatini, nasl-nasabini yoki fuqarolik holatini ro`kach qilib kamsitilishi qat’iyat man etiladi. “Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi”[10]. Prezident qasamyodiga to‘xtaladigan bo‘lsak, ushbu qasamyod siyosiy ahamiyatga egadir. Prezident xalqimizni, shuningdek yoshlarni huquq va erkinliklariga kafolat berishga, zimmasiga yuklatilgan vakolatlarni vijdonan bajarishga qasamyod qiladi. Prezident zimmasidagi barcha vakolatlar xalqimizni, shuningdek yoshlarni har tomonlama himoya qilish, ular uchun farovon hayotni ta’minlash maqsadidagi davlat va jamiyatni rivojlantirishga qaratilgan. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshirish jarayonlaridagi aholini ijtimoiy himoya qilinishiga yo‘naltirilgan vakolatlari konstitutsiyaviy asoslangan. 100-moddada Mahalliy hokimiyat organlari vakolatlari keltirilgan bo‘lib, “hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy va ekologik jihatdan rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish”[11] va boshqa vakolatlari fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltirilgan. Konstitutsiyada yoshlarni ijtimoiy himoya qilish masalalari har bir moddasida o‘z ifodasini topgan. Shuningdek, yoshlarga qo‘yilgan majburiyatlar belgilangan: Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish; boshqa shaxslarni huquqlarini hurmat qilish; xalqimizning tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab-avaylash; atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish; soliqlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida to‘lash; o‘z hayotiga mas’uliyat bilan yondoshish; berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish; o‘z vatanini asrash, uni rivojlantirish va b. 4. Xulosalar: Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni sifatida fuqarolarni, ayniqsa yoshlarni ijtimoiy himoya qilish masalasida davlatni innovatsion siyosatining fundamental huquqiy asosi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “barcha”, “har kim”, “hech kim”, “hamma”, “shaxs” kabi so‘zlar bilan boshlangan moddalari tenglik prinsipi bilan sug‘orilgan xalqparvar, insonparvar qomus ekanligini namoyon etadi. Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish O‘zbekiston qonunchiligida takomillashtirilib, uning asosida amalga oshirilgan islohotlar mustaqillik shabodasini har bir yosh hayotida his qilishiga, ularni keng qamrovli ijtimoiy himoya qilinishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati 1. O‘zbekiston Respublkasi Konstitutsiyasi. Yangi tahrirda. –Toshkent: O‘zbekiston, 2023. 1-modda. –B. 1. 2. O‘sha joyda. II bo‘lim. –B. 5-15. 3. O‘sha joyda. 42-modda. –B. 11 4. O‘sha joyda. 44-modda. –B. 11 5. O‘sha joyda. 45-modda. –B. 11. 6. O‘sha joyda. 46-modda. –B. 11. 7. O‘sha joyda, III bob . –B. 4. 8. O‘sha joyda. 77-modda. –B. 18. 9. O‘sha joyda. 77-modda. –B. 18. 10. O‘sha joyda. 78-modda. –B. 18. 11. O‘sha joyda. 123-modda. –B. 53. 10.00.00 – FILOLOGIYA FANLARI Download 2.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling