Burchaklar metodi


Download 0.66 Mb.
bet62/63
Sana08.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#249333
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
DARS METODLARI(1)

VI-BOSQICH.

Trener har ikki tomonning bir-birlariga savollari, aytadigan fikrlari, ma`qullaydigan so`zlari

Tugagach, har ikki guruh tomonidan aytilgan fikrlarni umumlashtiradi va o`zining bu masala haqidagi fikr va mulohazasini bayon etadi va guruh tinglovchilari tomonidan tushgan savollarga kerakli javobni berishga harakat qiladi.

Mashg`ulot oxirida trener har ikkala guruhning mashg`ulot jarayonidagi faoliyatlarini tahlil etib, ularga minnatdorchilik bildiradi va mashg`ulotni yakunlaydi.

- “ Blits – O`yin” texnologiyasi.

Maqsad: Ushbu texnologiya o`quvchilarga tarqatilgan qog`ozlarda ko`rsatilgan harakatlar ketma-ketligini avval yakka holda mustaqil ravishda belgilab, so`ngra o`z fikrini boshqalarga o`tkaza olish yoki o`z fikrida qolish, boshqalar bilan hamfikr bo`la olishga yordam beradi.

O`tkazilish texnologiyasi.

Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o`tkaziladi:

I-BOSQICH.

- O`qituvchi ushbu mashg`ulot bir necha bosqichda o`tkazilishi haqida o`quvchilaga tushuncha beradi. Har bosqichdagi vazifani bajarishga aniq vaqt berilishi, tinglovchilar esa shu vaqtdan unumli foydalanishlari kerakli haqida ularni ogohlantiradi:

- O`qituvchi hamma o`quvchilarga alohida-alohida tarqatma material beradui va tinglovchilardan ushbu materialni sinchiklab o`rganishlarini so`raydi:

- O`qituvchi tarqatma material mazmuni va bajariladigan vazifani tushuntiradi, ya`ni tarqatma materialda berilgan harakatlarni ketma-ketligni to`g`ri belgilash kerakligi, belgini esa qog`ozdagi alohida ajratilgan bo`limga raqamlar bilan belgilash kerakligini tushuntiradi:

- Qo`yilgan vazifa avval yaka tartibda bajarilishini aytadi.

II-BOSQICH.

-O`qituvchi birinchi berilgan vazifani har bir o`quvchi tomonidan yakka tartibda bajarilishini kuzatiladi , qiynalganlarga yordam beradi, yoki qaytadan tushuntiradi:

- Har bir o`quvchi tarqatma materialdagi “ONE`S MARK” bo`limiga shu yerda berilgan harakatlardan o`zining shaxsiy fikri asosida mantiqiy ketma-ketligini raqamlar bilan belgilab chiqadi, ya`ni berilgan harakatni, uning fikricha qaysi biri, birinchi bo`lishi, qaysi biri ikkinchi bo`lishini va hokazo. Bu vazifani bajarish uchun o`qituvchi o`quvchilarga 10 daqiqa beradi.

III-BOSQICH.


  • Oqituvchi o`quvchilardan 3-5 kishidan iborat kichik guruhlar tashkil etishini so`raydi.3-5 kishilik guruhlar o`quvchilarning xoxishlariga qarab yoki raqamlar bo`yicha tashkil etilishi mumkin:

  • Kichik guruhlardagi o`quvchilarning har biri o`z qog`ozidagi one`s mark bo`limida belgilangan harakatlar kerma-ketligi bilan bir-birlarini tanishtiradilar, keyin 3-5 kishida 3-5 xil bo`lgan ketma-ketligini birgalashib, bir-birlari bilan tortishib bahislashib bir-birlariga ta`sir o`tkazib, o`z fikrlariga ishontirib kelishgan holda bir muqimga kelib ularga tarqatilgan qog`ozdagi”GROUP`S MARK” bo`limiga raqamlar bilan belgilab chiqadilar.

  • O`qituvchi kichik guruhdagi tortishuvlarga ishtirok etmaydi,faqat Faqat ularning faoliyatlarini kuzatadi. Bu vazifani bajarish 20 daqiqa beriladi.

IV-BOSQICH.

  • Barcha kichik gurunlar o`z ishlarini tugatgach, o`qituvchi harakatlar bo`yicha to`g`ri javobni beradi, o`quvchilardan tarqatilgan qog`ozdan “RIGHT ANSWER” bo`limini topishni va unga o`qituvchi tomonidan aytilgan harakatlar ketma-ketligining raqamlarini yozishni so`raydi.

V-BOSQICH.

O`qituvchi “RIGHT ANSWER” bo`limida berilgan raqamlarni (yoki aksincha), kattadan-kichikni ayirgan holda “ONE`S MISTAKE” bo`limiga chiqqan farqni yozishni so`raydi. “ONE`S MARK” bo`limidagi sonlarni yuqoridan pastga qarab qo`shib chiqib umumiysini hisoblashlari kerakligini uqtiradi.

VI-BOSQICH.

-Xuddi shu tartibda “RIGHT ANSWER” va “GROUP`S MARK” o`rtasidagi farq kattadan-kichikni ayirish orqali bajariladi, chiqarilgan farqlar soni “GROUP`S MISTAKE” bo`limiga yozilib, yuqoridan pastga qarab qo`shiladi va umumiy son keltirilb chiqariladi.

VII-BOSICH.


  • O`qituvchi one`s va group`s mistake ning umumiy soni bo`yicha tushuncha beradi, ularni alohida-alohida sharhlab beradi.

  • Izoh: Berilgan vazifa quyidagicha belgilanadi: Agar javoblar o`qituvchi tomonidan berilgan to`g`ri javobning yarmidan ko`piga to`g`ri kelgan bo`lsa, demak “qoniqarli”, 75% to`g`ri kelgan bo`lsa “yaxshi”, 100% bo`lsa “a`lo” deb baholanadi.

VIII-BOSQICH.


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling