Burxanova feruza abdurazaqovna
Har ne istarsen o‘zungdin istagil”156
Download 282.34 Kb.
|
DISSERTATSIYA БУРХАНОВА ФЕРУЗА АБДУРАЗАҚОВНА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nur -dilning nuridir, nuri Xudo
Har ne istarsen o‘zungdin istagil”156 deya oliy haqiqatni bayon etmagan.
Agar inson ezgu maqsadlari sari intilsa, unga butun koinot yordam beradi. “Axir butun borliq: yerda yo‘l, o‘rkach-o‘rkach qum tepaliklar, ko‘kda esa bulut va qushlar... hamma-hammasi menga ko‘makdosh ekan, hech shubha yo‘qki, uhdamdagi vazifani bekamu ko‘st bajargumdir”157. Hikoya davomida vujudiga o‘rmalab kirgan tashnalik cho‘l jaziramasida yo‘l bosib o‘tayotgan insonni adoqsiz azobga soladi. Qahramonning bu holatini muallif o‘xshatish san’atidan mohirona foydalanib izohlaydi. “Biroq chanqoq ham borgan sari zabtiga olar, ichimga anavi o‘rkach-o‘rkach qaynoq qumliklar ko‘chib o‘tayotganga o‘xshardi”158 . Ushbu tashbeh orqali hikoyanavis qahramonning ham jismoniy, ham ruhiy qiynog‘ini ta’sirchan, ishonarli ifodalashga erishgan. Bu o‘rinda adib tabiat qonuniga muvofiq ish ko‘radi. Ya’ni mas’uliyatli vazifani chalg‘imasdan ado etish va uning ziddi tarzda chanqoq tufayli nafs iskanjasiga tushib, vazifani bajara olmaslik xavfining ortib borish azobi. Biroq bu “nafsi ammora” emas, hayotiy zarurat edi. Jazirama issiq, sahroda chanqamaslik imkonsiz. Demak, insonning tirikligi, hayot kechirishi uchun nafs zarurat (ehtiyoj). Mas’uliyatli vazifani bajarishda ular birlashadi, karvonsaroy chashmasidan ingichka zanjir bog‘langan munaqqosh mis piyolada bir bora suv ichib, chanqoq azobiga barham byerib, yo‘l yurishga kuch yig‘adi. Hikoyanavis zanjir bog‘langan munaqqash mis piyola orqali insonga lazzat baxsh etgan suv (nafs)ning to‘lovi misdek og‘ir, zanjir bog‘langan piyoladek butun umri kishanda, behuda o‘tib ketishiga ishora qiladi. “Odim otarkanman, negadir vujudimda lohaslik, charchoq sezardim. Qadamlarim ham negadir bu yerga ilk kirganimdagidek dadil emas, allaqanday og‘ir, kuchsiz va hafsalasiz... Lekin nega? Yo shunchalar uzoq vaqt qolib ketdimmi bu yerda: toliqdimmi, ezildimmi? ... Kirganimda yoshlik shijoati ufurib, tiyiqsiz kuch-quvvatga to‘lgan tanim tirishib, eti ustaxonaga yopishib qolgan, suyaklar teridan bo‘rtib chiqib turar, juda-juda mo‘rt va quvvatsiz tuyulardi”159. Hikoya qahramoni o‘zligida zuhur etgan narsani o‘zgayoqdan qidiradi. Natijada butun hayotini behuda o‘tkazib, suvdek musaffo qalbi darz ketadi. “E voh shu choqqacha boshimga tushgan ajabtovur voqealar bir yonu bunisi bir yon bo‘ldi: ne ko‘z bilan ko‘rayki, aravaning ichida suv to‘la ko‘zalar qator tizilishib turar, ulardan bittasi yiqilib singanu, suvi quyiga - asriy tashna qumliklarga chak-chak tomardi”160. Yuqoridagi qisqa talqinlardan ham ko‘rinib turibdiki, yozuvchi ushbu hikoyada estetik pozisiyasida muhim o‘rin egallagan sharqona falsafiy qarashlarni, tiriklik ma’nosi, hayot mazmun-mohiyati kabi tushunchalarni ramziy-majoziy obrazlarda bera olgan. O‘zi suv olib ketayotgan yo‘lovchining suv izlashi motivi Alisher Navoiyning Bahrda xiromon yuz mingta mohiy / Xirad mohiyatin qilar kamohiy, degan baytlariga monand. Chunki hayotda e’tiqodini topa olmagan odam o‘zi tortib borayotgan yukning nima ekanidan g‘ofil qoladi. Umr so‘nggidagi pushaymonlik unga yordam bera olmaydi. U.Hamdam ilmiy tadqiqotlari, tarjimalari, lirik va nasriy asarlari bugungi adabiy jamoatchilikning e’tiborini tortib kelayotgani sir emas. Uning asarlari ko‘plab bahs-munozaralarga, turfa xil talqinlarga sabab bo‘layotir. Birgina noan’anaviy uslubda yozilgan “Yolg‘izlik” qissasi O.Sharafiddinov, M. Qo‘shjonov, U. Normatov, N. Vladimirovna, B.Karimov, Q.Yo‘ldoshev, R.Rahmatov, M.Qo‘chqorova kabi adabiyotshunos tomonidan turlicha tahlil etilgani fikrimiz dalilidir. Bunga esa uning asarlaridagi yangilik, ko‘p ma’nolilik, inson mohiyatini ochishga bo‘lgan yangicha intilish sabab, deb o‘ylaymiz. Albatta, badiiy asarni tushunish va tahlil qilishda tanqidchining dunyoqarashi, intellektual salohiyati, saviyasi ham muhim sanaladi. Bu haqda B.Karimov “Badiiy asarni har kim o‘zicha, o‘z dunyoqarashiga mos bilimi va hayotiy tajribasi darajasida tushunadi, his etadi. Asarda yo‘q narsa izlanmaydi, bor narsa berkitilmaydi. Lozim o‘rinda butun diqqat-e’tibor aniq bir muammoga qaratiladi”161, deb yozadi. Neofreydistlarning peshqadamlaridan E.Fromm inson hayoti mohiyatiga to‘xtalib, shunday fikrni ilgari suradi: “Insoniyat hayotining mazmun mohiyatini ziddiyat tashkil etib, mana shu ziddiyat muqobil yo‘l topishga odamzotni asrlar mobaynida majbur etib kelayotir”162. U.Hamdamning “Uzoqdagi Dilnura” to‘plamiga kirgan “Qaytish” hikoyasida ham inson hayotining asl mohiyatini anglashdagi ziddiyatli evrilishlar sodir bo‘ladi. Asarda o‘zligiga qaytgan inson ruhiy jarayonlari qalamga olinadi. Asar tuzilishi 4 qismdan iborat bo‘lib 1 qismda muallif asarning yagona qahramoni “U” va uning ishdan ketganligi muammosini” o‘rtaga tashlaydi. Rafiqasi vafotidan so‘ng o‘z turmushlari bilan andarmon farzandlaridan ham ayro yashayotgan hikoya qahramoni uchun hayotdagi yagona ovunchog‘i bo‘lmish kasbi, mehnat faoliyati hayot mazmuniga aylangan. Adib shu o‘rinda farzandlarning o‘z otasiga nisbatan mehr-oqibatsizligi muammosini ham qistirib o‘tadi. Otasining vafotidan so‘ng uning issiq- sovug‘idan oyda bir yoxud telefon qo‘ng‘irog‘i orqali xabar olish bilan kifoyalanadigan, o‘z turmushi, oilasi bilan band bo‘lib farzandlik burchini unutayozgan kimsalarni tanqid ostiga oladi. Parrandayu hayvonot olamiga xos bo‘lgan bu illat insoniyat orasida ham uchrashi ochiq haqiqat. Qirq yil mehnati singgan ish joyidan qo‘qqisdan ishdan ketish va bu bilan bog‘liq tushkun kechinmalar hikoyaning II va III qismlarida oydinlashadi. Muallif “U” ruhiyatidagi tushkun holatni quyidagi tazodiy tasvir vositalari orqali ifodalaydi. “Shunday qilib u ishdan ketdi... Ishxonadan keng va katta ko‘chaga chiqarkan o‘zini g‘arib, aftodahol sezdi”163. Ushbu qarama-qarshi tasvirlar tushkun kayfiyatdagi inson ruhiyatini chuqurroq ochishga xizmat qilgan. Hikoyaning IV qismida butun ruhiyatini, qalbini zulmat qamrab olgan qahramon yorug‘likka intiladi va uydagi barcha chiroqlarni yoqib chiqish bilan ko‘ngil zulmatini yoritmoqchi bo‘ladi. Shu o‘rinda chiroq badiiy detaliga yozuvchi zohiriy mazmun yuklaydi. Ya’ni, xonalarning yorug‘ligi qahramon botiniy olamiga, qalbiga nur olib kira olmaydi. Tong otgach esa hovlisidagi qiyg‘och gullagan o‘rik daraxtini ko‘radi, sayroqi qushlar ovozini eshitadi. Qancha zamonlardan buyon his qilmay qo‘ygan quyosh taftini tuyib, tabiat manzarasidan bahra oladi. Butun kunini hovlisidagi gullaru, daraxtlarni parvarish qilishga bag‘ishlaydi va yolg‘iz emasligini his etadi. Insonning tabiat bilan bir butun ekanligi, tabiat farzandi sifatida unga intilishi ushbu hikoya zamirida mujassam etilgan. Ammo bundagi konsepsiya o‘zini to‘la oqlaydi. Bunda Lotin amerikasi yoki Gʻarb falsafasiga taqlid yo‘q. Talqin sof realistik yo‘lda bo‘lgani bois kishini ishontiradi. Hatto hayotga muhabbat uyg‘otadi. Zotan, ota-bobolarimiz bog‘da daraxtlar, gulllar, o‘t-o‘lanlar bilan tillashgan kishining bahri-dili ochiladi, deb bejiz aytishmagan. Haqiqatdan ham shunday. Asarga “Qaytish” deb nom qo‘yilishida ham xos ma’no bor. Boisi asar yakunida qahramon hayotning asl mohiyatini anglaydi, o‘zligiga qaytadi. Hayot mazmuni deb hisoblagan ishi, aslida, uni hissiz, tuyg‘usiz, befarq kimsaga aylantirib qo‘yganini tushunib yetadi. Kezi kelganda aytish joizki, U.Hamdamning “Qaytish”, “Otash” hikoyalarida, “Yolg‘izlik” qissasida, umuman ko‘plab asarlarida “daraxt” - badiiy obrazi tasvirlanadi. Xo‘sh, daraxt - badiiy detaliga yozuvchi qanday ma’no yuklagan? Bu haqda M.Qo‘chqorova: “Daraxt va daraxtzor, yozuvchiga ilhom beruvchi tabiat manzarasidir”,164 deydi. Bizningcha, daraxt badiiy obrazi - tiriklik, hayot, tabiat ramzidir. Bu haqda muallifning o‘zi X.Toshboyev bilan bo‘lgan suhbatda quyidagi fikrni aytgan edi: “Inson avvalo, tabiat farzandi hisoblanadi. U o‘zining fiziologik asoslariga ko‘ra ona tabiat bilan chambarchas bog‘liqki, ajratib bo‘lmaydi. Ayni damda u jamiyatning parchasi. Demak, insonning biologik xususiyatlari uning bir oyog‘i bo‘lib tabiat bag‘rida tursa, ijtimoiy-ruhiy tarafi ikkinchi oyog‘i bo‘lib jamiyat deb atalgan zaminga qadalgandir”165. Bugungi shiddatli, globallashuv zamonida inson butun faoliyatini ijtimoiy hayot bilan bog‘lab, faqatgina jamiyat kishisiga aylanib bormoqda. Natijada kishi tabiat bilan bir butun ekanligini, hayotning asl mazmunini unutayozdi. Bu haqda qayg‘urayotgan adib esa asarlaridagi daraxt badiiy obrazi orqali inson - tabiat farzandi ekanligini majozlar yordamida talqin etadi. Bu esa yozuvchining badiiy niyati, estetik konsepsiyasi bilan uyg‘unlashib ketganidan dalolatdir. Badiiy adabiyotda ruhiyat tasviri bosh masalalardan biri ekani shak- shubhasiz. Zero, insonni poetik kashf etish adabiyotning asosiy maqsadlaridan biridir. Shu ma’noda, ushbu poetik maqsadni aks ettirish eng avvalo inson qalb kechinmalari, dardu-umidlari, intilishlari, orzu- ideali, bir so‘z bilan aytganda, ruhiyat chizgilari orqali amalga oshiriladi. U. Hamdamning “Ko‘zini ochib yumgan odam” hikoyasida “umr o‘tkinchi, ezgu amal abadiy” konsepsiyasi aks etganini ko‘ramiz. Shu boisdan bo‘lsa kerak, hikoyanavis asarni qarama-qarshi leksema orqali nomlagan, ya’ni, “ko‘zini ochib yumgan odam”. Tug‘ilish va o‘lim oralig‘i nihoyatda qisqa davr, inson umrining o‘tkinchi ekanligi, biroq ezgu amallari bilan boqiy umrga daxldorligi U.Hamdamning “Ko‘zini ochib yumgan odam” hikoyasi sarlavhasida o‘z tajassumini topgan. Yozuvchi hikoya muqaddimasida qarshilantirish san’atidan unumli foydalanib, kutilmagan hodisani oniy taassurotlar yordamida ifodalagan: “Ko‘zlarimni ochganim hamon savqitabiiy yordamida his qildimki, ustozimning ko‘zlari manguga yumilibdi. E voh!..”166 167 Inson ruhiyati murakkab bo‘lib, uni butunlay o‘rganish mushkul. Ustozi vafotidan qattiq iztirobga tushib, so‘nggi yo‘lga kuzatish, vidolashish maqsadida janozaga yo‘l olgan shogird ruhiyatidagi murakkab holat hikoya matnida quyidagicha ifodalangan: “Uydan tashqariga chiqarkanman, ko‘zim negadir huv baland tog‘lar boshida xuddi oq ro‘mol yanglig‘ sollangan chiroyli mahobatli oppoq bulutlarga tushdi. Azador bo‘lishimga qaramay, namuncha sehrli bo‘lmasa ular, degan uy kechdi ^2 dilimdan . Keltirilgan parchadan ma’lum bulayotirki, inson ruhiyatida bir paytning o‘zida ham “iztirob”, ham “zavqlanish” bo‘lishi mumkin ekan. Bu, darhaqiqat umuminsoniy tuyg‘u bo‘lib, F.Dostoyevskiy, J.Joys, U.Folkner, M.Prust kabi romannavislar insoniyatga taqdim etgan obrazlarda faol uchraydi. U.Hamdam uslubining o‘ziga xosligi shundaki, qahramonlar xarakternыy ochishda kontrastning psixologik shaklini qo‘llaydi. Bu haqda M.Qo‘chqorova “Zamonaviy prozada ruhiyat talqini” nomli maqolasida quyidagi xulosaga keladi: “Adib asarlarida qahramon ruhiyatini ochishda asosan qarama-qarshi tuyg‘ular kolliziyasi yetakchilik qiladi. Natijada ruhiy tasvirda har tomonlama ishonarli, yorqin obrazlar va xarakterlar yaratilganini kuzatish mumkin”168 169 170. Ustoz - ideal shaxs obrazi. Qalblarni ma’rifat nuri ila yoritib, kamolot sari yo‘naltiruvchi orif. Shuning uchun yozuvchi Ustozni - “ma’nolar sultoni”deya ta’riflaydi. Shogird yo‘l olgan yo‘l esa kamolot, ma’rifat, haqiqat yo‘lidir. Bu yo‘l mashaqqatli, murakkab bo‘lsa-da, oxir oqibat xayrli yakun topadi. “Ajab, ketib borayapmanu o‘ylayman, nega piyodaman?... yalang oyoqlarimga tikanlar kirib, toshlar tegib achishib borayapti. Shundayam, ulov haqida negadir bosh qotirmayman”2, kabi fikrlar kechadi qahramon ongida. Buning boisi, adib yo‘lni poetik obraz darajasiga ko‘targan. Ya’ni yo‘l - umr, ilm-ma’rifat yo‘li, bu yo‘l esa mashaqqatsiz bo‘lmaydi. Hayot yo‘lini esa hech qanday ulovda bosib o‘tib bo‘lmaydi. Bu yo‘l go‘yo yalang oyoqqa tikan, toshlar qadalib, azob berishdek og‘riqli. “Ko‘p o‘tmay tovonlarim ham yorilib, qonablar ketdi. Botinimga azmoyish-la sarsor solsam, safar zahmatlarining bari negadir meni to‘ppa-to‘g‘ri ustoz tomon yo‘llayotgandek •oZ tuyuldi . Bejiz yozuvchi qahramon zahmatlari ifodasi sifatida qon bilan bog‘liq epizodni tasvirlamagan. Qon - yorug‘lik timsoli. Bu o‘rinda ramziy ma’noda ilm tolibining ustozi, ya’ni ma’nolar xazinasi, ma’rifat sari yo‘nalishi demakdir. Hikoyada makon-zamon tushunchasi reallik bilan bog‘lanmagan, biroq falsafiy mohiyat real. Olam undagi narsa va hodisalar mohiyatini anglash, inson o‘zligini topishi. Asarda yo‘lovchi chorrahada turib to‘rtta tomonga uloqqan yo‘llarni bosib o‘tadi. Yozuvchi yo‘l-poetik obraziga umr yo‘lini, yo‘lovchi - ilm tolibi, solikning to‘rt yo‘li- Sharq, Gʻarb, Shimol, Janub kabi ramzlar bilan ifodalagan. Yozuvchi insonning o‘z-o‘zini taftish etishi, ikkilanish holatlarini qahramon ong ostida kechayotgan quyidagi tasvir orqali ifodalaydi: “Bu yo‘llarning qaysi biri meni ustozim yashagan mamlakatga eltar ekan, a?.. Shu o‘yda turar ekanman, birdan ko‘ksimdan nimadir mumdek erib tushdi. Qarasam, u haligi haybatli tog‘ qadar savol ekan. Hali zamon u tashqarida edi, endi bo‘lsa ichimda erib yotibdi...”171 Kyeltirilgan parchada, adib insonni qiynayotgan jumboq yechimini badiiy tasvir vositalaridan foydalanib ifodalagan. Chunonchi, jumboqni muzga, uning yechimini esa muzning erishiga qiyos qiladi. Bu esa ijodkorning badiiy kontrastlashtirish mahoratidan darak beradi. Ushbu moʻjazgina asarda yozuvchi olam va uning falsafiy asosi, inson, uning yashashdan maqsadi kabi savollarga javob izlaydi. Qahramon to‘rt iqlimni kezib chiqadi. Turfa falsafiy yo‘llarni o‘rganib mohiyat yagona ekanini anglaydi. Anglash yo‘li ham o‘z-o‘zidan kechmaydi. Adib bunda qaroqchi va ilm tolibi (Imom Gʻazzoliy) haqidagi ko‘hna rivoyatni keltiradi. Rivoyatdan chiqarilgan xulosa: inson kitob to‘plab haqiqiy kamolotga erisha olmasligi, balki ilmni qalbiyu ongiga singdirishi lozimligi. Bunday qarash adibning badiiy-estetik konsepsiyasiga xos ilm-ma’rifatning ilohiyligi haqidagi qarashlarni, Rumiy falsafasini ifoda etadi. So‘nggi davr o‘zbek nasrida yangi bir qonuniyat kuzatilyapti. Sho‘ro davri adabiyotida “insonshunoslik”, ya’ni insonni poetik kashf qilish va shu asosda badiiy asarlarda hayot haqiqatini tasvir etish talab etilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib uning mazmun-mundarijasi ancha kengayib, markazda insonning o‘zinigina emas, balki tushunchaning mohiyati, muallifning odam va olam haqidagi falsafiy qarashlarini ifodalashga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda. Asarlardagi falsafiy mazmunning chuqurlashuvi o‘z-o‘zidan ifodaning yangilanishiga, yangicha shakl va poetik izlanishlarga, teranlashuv va majoziylashuviga asos yaratmoqda. Bugungi kunda yaratilayotgan aksariyat nasriy asarlarda majoziy tasvir yetakchilik qilmoqda. Ular turli xil shakl va ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda. Chunonchi, asar qahramonlarining nomlariga, biron-bir detal yoki voqea- hodisaga urg‘u berish asosida muayyan falsafiylashgan majoziy ma’noni ifodalashga e’tibor kuchaydi. U.Hamdamning “Na’matak” nomli mini romanida ham shunday xususiyatni ko‘ramiz. “Mini roman” janri o‘zbek adabiyoti uchun yangi hodisa. Shu paytgacha bu tipdagi asar yaratilmagan. Aslida, bunday roman shakli jahon adabiyotida mavjud. Jahon adabiyotidagi mini romanlar, asosan, sarguzasht yoki ishqiy syujetlar asosida yozilgan. Romanga muxtasar so‘zboshi yozgan Sh.Turdimov asarning majoziy xususiyati haqida fikr yuritar ekan, uning mazmunini ochuvchi kalit so‘zga e’tibor qaratadi. Bunda na’matak shunchaki buta emas, balki ism ekani, ismning ma’nosini kashf qila olgan kitobxon uning sir-sinoatidan voqif bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi. Ayni paytda asardagi hikmatga e’tibor qaratib, uning har bir avlod tasviri tadrijiy ravishda o‘zgarib borishiga e’tiborni jalb qiladi. Darhaqiqat shunday: “Qanday ko‘z-la boqsa odam olamga, Shunday javob aylar olam odamga, - degan ekan donishlar...”172 Mini romandagi takrorlanib keluvchi mazkur hikmat romanning qoliplovchi komponenti bo‘lib, har bir avlod talqinida shu avlod qismatiga mos ravishda muayyan tahrirga uchrab, o‘zgarib boradi. Birinchi avlod haqidagi bob hikmatning “..degan ekan donishlar” shaklida tugovchi gumonli ma’lumot mazmuniga mos ajdodlar qismatini aks ettirsa, keyingi bobda tasvirlangan avlodlar qismatida esa “degan ekan” shaklidagi ma’lum darajada reallashgan hukm-xulosa ifoda etiladi. Mini romanning oxirgi, uchinchi avlod tasviriga bag‘ishlangan bobida esa hikmat haqiqatga aylangan reallik sifatida talqin etiladi. Islom dinining muqaddas kitobi “Qur’on Karim”ning 99-surasi 7-8 oyatlarida “Yaxshilikning javobi yaxshilik, yomonlikning jazosi yomonlik”ligi haqidagi haqiqat yozilgan. J.Rumiy har kim qilmishiga munosib javob olishini e’tirof etib, “... bir odamning ko‘ngli farahlansa (quvonsa - tarj.), demak, u kimningdir sevintirgan va undagi quvonch ana shu ishning mukofotidir. Xuddi shunday, insonning xafagarchiligi - uning boshqa birovning ko‘nglini og‘ritganiga munosib javob. Bular bu dunyoning armug‘onlari, jazo kunining o‘rnaklaridir”1deydi. A.Navoiy yohud Z.Bobur ijodida ham bunday hayotiy hikmatning nazmiy ifodalari uchraydi. Islom falsafasi, umuman umuminsoniy mohiyat kasb etuvchi yovuzlikning qora, ezgulikning nurli javobining badiiy ifodasini U.Hamdam ham mazkur asarida o‘ziga xos mahorat bilan ifodalagan. Demak, mazkur hikmat asrlar davomida hayot sinovidan o‘tib, insonlar qismatini aks ettirishda o‘zining tasdig‘ini topdi. Buni biz asardagi avlodlar qismati haqidagi voqealar tasviri orqali bilib olamiz. Asar syujeti uch avlod vakillarining na’matak poetik obraziga bo‘lgan munosabati asnosida kechadi. Na’matak birinchi avlod hayotida sirli tarzda paydo bo‘lib, ularning taqdir yo‘llari tutashuvida muhim omil sanaladi. Ya’ni: “Na’matak ikkala dalahovlining qoq o‘rtasidagi ajriqzorga aylangan qattiq yerdan o‘sib chiqqandi”173 174. Na’matakning bu tarzda yo‘qdan bor bo‘lishida alohida hikmat mujassam. Zero, olamda hech bir narsa va hodisa yo‘qdan bor bo‘lmaganidek, bordan yo‘q ham bo‘lmaydi. Falsafiy qonuniyatlar asosida mushohada yuritadigan bo‘lsak, asarda na’matak obrazining berilishi, uning unib-o‘sib, ildiz otishi muayyan g‘oyaviy-estetik asosga ega. Bu xoh biologik jarayon sifatida bo‘lsin, xoh tasodifiy tarzda bo‘lsin, ammo baribir, asarning tub zamirida ilohiy in’om mavjudligiga ishora mavjud. Boisi, aynan shu buta tufayli farzandlarning qalbida paydo bo‘lgan pokiza muhabbat tuyg‘usi ikkala dala hovli egalarining quda-andachilik munosabatlari bilan yaqinlashishiga sabab bo‘ladi. Xo‘sh, unda birinchi avlodning na’matakka bo‘lgan munosabati qanday edi? Ular butaga ijobiy munosabatda bo‘lib, uning shifobaxsh mevalarini o‘zlarinikigina qilib olmay, bir-birlariga ilinishar, uni avaylab parvarishlashar va shu asnoda o‘zlari ham palak yoyib farovon turmush kechirishar edi. Yozuvchi naqoratda keltirgan hikmatning tasdig‘i aynan birinchi avlodning na’matakka bo‘lgan munosabati orqali o‘z isbotini topadi. Demak, na’matak roman syujeti va uning kompozision g‘oyasini ifodalovchi poetik obraz bo‘libgina qolmay, yozuvchining asarda ilgari surgan fasafiy konsepsiyasini poetik asoslashga xizmat qiladi. Shu o‘rinda tabiiy savol tug‘iladi, nima sababdan adib aynan na’matakni romanning bosh obrazi etib tanladi? Bunga sabab na’matakning go‘zal va nafis gullari, xushbuy ifori, shifobaxsh mevalarimi yoxud muallifning Oybek ijodi misolida “sof lirika” muammosini jiddiy o‘rganib, she’r tahlilida yangicha adabiy-estetik qarashlarni ilgari surgani, “Na’matak” she’ridan ilhomlanishimi? Kezi kelganda shuni aytish kerakki, Oybek va U.Hamdam ijodiy faoliyatida o‘zaro uyg‘unlik, o‘xshash jihatlar mavjud. Zero, U. Hamdam ham xuddi Oybek singari ham nasrda, ham nazmda birdek ijod qilishi barobarida adabiyot ilmi bilan ham shug‘ullanib, so‘nggi davr adabiyotshunosligi ravnaqiga, adabiy-estetik tafakkuri yuksalishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yosh, iste’dodli olimlarimizdan biridir. Bizningcha, romanda na’matakning asosiy poetik timsol sifatida olinishi tasodif emas. Unda Oybek siymosi, majoziy, tasavvufiy talqin 138 bilan sintezlashib ketadi. Mumtoz Sharq falsafasi zamonaviy inson ko‘ngli bilan uyg‘un holatda umuminsoniy mazmun tashiydi. Bunga romanda quyidagicha ishora beriladi: “Ammo shabodaning tilini tushungan qayda?.. Yaproqlar shiviridan tuproqlar sirini uqadigan hali ham tug‘ilyaptimikan o‘zi dunyoda?!. Tuproqlar bag‘riga yashirilgan Yaratganning imlosinichi!?”175 Romanning keyingi bobida ikkinchi avlodning hayoti va ularning ruhiyatidagi birinchi avlodga qarama-qarshi qalb egalari qismati badiiy talqin etiladi. Bu bobda avlodlar almashuvi jarayonidagi ijtimoiy- psixologik o‘zgarishlar, ma’naviy omildan ko‘ra dunyo boyliklariga hirs qo‘yish, bir so‘z bilan aytganda, nafs bandasiga aylanish psixologiyasi, voqea-hodisalar rivoji, asar konfliktini yuzaga keltiruvchi badiiy omillar na’matak atrofida ro‘y beradi. Biroq endi na’matakka egalikni da’vo qilish hissi bu ikkala dalahovli sohiblari munosabatlari orasiga nifoq soladi. Bora-bora bu adovat hissi qo‘shnilarni yuzko‘rmas yovga aylantirib, nafaqat na’matak butasini chopib tashlash darajasiga, balki so‘ngsiz hasad va g‘azab o‘tida yongan qo‘shnilarning bir-birini ham chavaqlash darajasidagi vahshiyona xatti-harakatlarga olib keladi. “Ko‘z ko‘zga tushib, jismlar bir-biriga qarshilik ko‘rsatib surtilganda necha zamondir tomirlarda adovat bilan oqqan qon qizib yuraklarda vulqondek jo‘sh urdi. Natijada endigina daraxtlarning qattiq tanasiga urilib turgan keskir boltaning bitta zarbi aylanib kelib insonning yumshoq bo‘yniga tushdi... Bir necha yil o‘tgach esa qamoqdagi qo‘shni ham o‘pka sili bilan og‘ir xastalanib hayotdan ko‘z yumdi...”176 Badiiy asardagi ijodkorning yana bir niyati insonni, umuman, insoniyatni xudbinlik, ochko‘zlik, hasad va g‘azab, nafs kabi illatlaridan ogoh etish, millatimizga xos bo‘lgan bag‘rikenglik (bir mayizni qirq bo‘lib iste’mol qilish, hamjihatlik - B.F. ), uyat-andisha kabi fazilatlarning tobora noyoblashib borayotganini badiiy muhokama etish hamdir. Mini romanning yana bir e’tiborli jihati, dastlabki bobda go‘zallikka oshuftalik hissi muhabbat motiviga uyg‘un tarzda keladi. Muhabbat hissi shunchalik qudratli kuchga egaki, u avvalo kishi qalbini g‘uborlardan poklab, atrof olamga o‘zgacha, nafosat qonuniyatiga qarashga undaydi. Alisher Navoiy “Hayrat ul-abror” dostonining ishq ta’rifidagi to‘qqizinchi maqolatida ta’kidlaganidek: “Oshiq ani bilki, erur dardnok, Ham tili, ham ko‘zi-yu ham ko‘ngli pok.”177 U.Hamdam romanning ikkinchi qismidagi avlod timsolida muhabbat tuyg‘usidan mosuvo, nafs balosiga mubtalo bo‘lgan, ma’naviy tubanlikka yuz tutgan kishilar qiyofasini yaratadi. Kitobxonni mushohada yuritishga, xulosa chiqarishga undaydi. Yo‘l, yillar, asrlar, davrlar bosib o‘tilib, avlodlar yangilanadi va uchinchi avlod ham yangidan nish urib o‘sgan na’matak atrofida parvona bo‘lishadi. Biroq bu avlod na’matak tufayli ajdodlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan munosabatlardan voqif bo‘lishsa-da, butaning nomini bilishmaydi. Muallifning bunday yo‘l tutishida ham ramziy ma’no mujassam. Boisi, bu yosh avlod hayotida na’matak nechog‘li ahamiyatga ega bo‘lishi noma’lum. Mehru muhabbat ila munosabatda bo‘lgan ajdodlarining farovon hayotimi yohud badnafslik qurboniga aylangan ikkinchi avlodning ayanchli qismati? Qay bir yo‘lni tanlash ixtiyorining yosh avlodga topshirilishi orqali asar insoniyatni nafs illatlarining fojiaviy oqibatlaridan ogoh etadi. Yozuvchi yaratgan asarlar ijtimoiy-falsafiy va badiiy-estetik mohiyatiga ko‘ra o‘zida xilma-xil tasvir usullarini mujassamlashtirgani, realistik ifoda bilan xayoliy, majoziy tasvirlarning uyg‘unlashib kelishi, qahramonning botiniy ruhiy olamiga turli xil vositalar orqali yo‘l ochishi, obrazlilikni ta’minlashda ramz va boshqa poetik topilmalarning mohirona qo‘llanishi bilan ajralib turadi. Adibning “Yaxshi odamlar” nomli hikoyasida insonlar orasida tobora noyoblashib borayotgan yaxshilik, mehr-oqibat, diyonat kabi ezgu fazilatlar insoniyat uchun naqadar bebaholigini, ularsiz hayot zulmatga aylanishi mumkinligini Ibrohim qismati asosida yoritib berilgan. Ibrohim o‘zi uchun qismat deb bilgan ijod zavqi tufayli firmadagi daromadli ishini do‘sti Sotimboyga topshirib ketadi. Biroq boshiga mushkul ish tushib, og‘ir kasallikka yo‘liqqan farzandini davolatish uchun pulga muhtojlik sezganda, ayni shu o‘zi yaxshilik qilgan Sotimboy unga pand beradi. Hikoyanavis Sotimboy obrazi timsolida oqibatsiz, xudbin kimsalar qiyofasini chizadi. Bejiz, unga Sotimboy deb ism qo‘yilmagan. U xoin, sotqin. Yozuvchi hikoya qahramoni Ibrohimning tushkun ruhiy holatini yoritishda tabiat tasviridan unumli foydalangan . “Ertalabdanoq ko‘k yuzida to‘da-to‘da qora bulutlar paydo bo‘ldi. Tushga yaqin esa qor uchqunladi. Allabir vaqtdan beri deraza qarshisida xomush o‘tirgan Ibrohimning ichiga sovuqlik yugurdi, eti junjikib, chor-nochor qo‘zg‘aldi...”178 Yozuvchining mahorati shundaki, ushbu metaforik timsollarni qo‘llash orqali qahramon ruhiyatidagi tushkun holat o‘quvchi qalbiga ham ko‘chishiga erishgan. Bu esa badiiy asarning ta’siryu kuchini yanada orttirgan. “Afsus, do‘stining uyda ekanligidan ko‘ngliga tushgan nash’a tund bulutlar orasida birrov yuz ochib, so‘ng g‘oyib bo‘lgan quyosh sevinchidek omonat keldi...”179 Ushbu tashbehlar va qarshilantirish san’atning o‘rinli qo‘llanishi qahramon ruhiyatidagi g‘alayonni aniqroq yoritishga xizmat qilgan. Hikoyada Ibrohim obrazi misolida atrofidagilar - ta’magir vrach, mehrsiz aka, oqibatsiz do‘st kabi obrazlar orqali yozuvchi jamiyatda ildiz otib borayotgan xudbinlik, nafs illatlarini tanqid ostiga oladi. Bu munosabat qahramon qalbida insonlarga, yaxshilikka bo‘lgan ishonch, umidning so‘nishiga olib keladi. Biroq, qahratonda mashinasi qulflanib, o‘g‘li bilan ko‘chada qiynalib qolganida, notanish yo‘lovchilarning unga ko‘rsatgan xolis yordam ezgulik g‘oyalarini ifoda etadi. Shu tariqa hikoyada musbat va manfiylik aro muvozanat yuzaga keladi. Hikoya so‘ngida esa yozuvchi tabiatning yana bir tasviri orqali yaxshilik deb atalmish buyuk ne’mat odamlarni butunlay tark etmaganiga ishora qiladi: “Xiyol o‘tmay ular mashinaga o‘tirib shaharning kunchiqishiga qarab yo‘lga tushisharkan, qarshi tomonda uzoq-uzoqlarda ufqdagi g‘uj bulutlarning ko‘ksi yorildiyu bir dona yulduz porlab ko‘zga tashlandi. Xudo xohlasa , ertaga quyosh chiqadi”180. Inson dunyoga kelganda uning ruhi shaffof suvdek tiniq, bulutsiz osmondek musaffo bo‘lib, ulg‘aygani sari turli xil omillar sabab bu musaffolikka g‘ubor oralay boshlaydi. Natijada, ilohiy nur akslanuvchi qalb xira tortadi, ruh kirlanadi. Ezgulik va yovuzlikning azaliy kurashida hamisha ham ijobiy yakunga erishilaverilmaydi. Adib ma’naviy inqirozning badiiy talqiniga bag‘ishlangan “Uzoqdagi Dilnura” hikoyasidaham jamiyatda, insoniyat orasida urchib borayotgan xudbinlik, befarqlik, mehr-oqibatsizlik, xiyonat kabi chirkin illatlarni qoralaydi. Hikoya an’nanaviy usulda yozilgan bo‘lib, dialog vositasida bayon etilgan Yunus amaki vafoti haqidagi xabar bilan boshlanadi. Asar bosh qahramoni Kozim shahardagi yirik firma rahbari bo‘lishiga qaramay, bolaligida o‘zi sabab “qora son” kasali bilan og‘rib dunyodan o‘tgan Yunus amakisiga na moddiy, na ma’naviy tirgak bo‘la olmaganidan afsusda. Xo‘sh, bunga nima sabab? Kozimning ishga shu darajada sho‘ng‘ib ketganligimi yoxud kayfu safodan ortmaganimi? Dafn marosimi davomida uning qalbini tirnayotgan afsus-nadomat, o‘kinch, ichki tug‘yon nimadan darak beradi? Yozuvchi ushbu moʻjazgina hikoya orqali qanday estetik idealni, ijodiy konsepsiyani ilgari surayapti? Adibning asar davomida Yunus amaki bilan bog‘liq Kozimjon xotiralariga bot-bot murojaat qilishining boisi nima? Bizningcha, hikoyada tasvir etilgan assosiativ motivlar - bolalikdagi beg‘ubor onlar, hikoya qahramoni Kozimning kirlangan, xiralashgan qalbini taftish etishga, bir so‘z bilan aytganda poklikka, halollik, mehr-oqibat kabi chin insoniy fazilatlarga undaydi. Zero, pokiza qalb ilohiy nur mavjlanuvchi bebaho javhardir. U xira tortsa inson ma’naviyatidan, iymonidan yiroqlashadi. Bejiz Mavlono Rumiy: “Nur -dilning nuridir, nuri Xudo, Download 282.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling