Buxgalteriya hisobi va menejment


Download 181 Kb.
bet1/7
Sana17.06.2023
Hajmi181 Kb.
#1534434
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mustaqil ishi-sugurta




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
Buxgalteriya hisobi va menejment” fakulteti
Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi
kunduzgi bo‘lim 3-bosqich 420-guruhi
"Sugurta ishi" fanidan

MUSTAQIL ISH

Mavzu: "O‘zagrosug‘urta" kompaniyasini faoliyati va kursatgichlari
Bajardi: ­­­___________________
Tekshirdi: _________________



Reja:


1. Sugurta faoliyatini tashkil etish.
3. Marketing va strategik rivojlanish faoliyati.
4. Jamiyatga axborot komunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish.
Adabiyotlar.


  1. Sugurta faoliyatini tashkil etishi


"O‘zagrosug‘urta" aksiyadorlik jamiyati 1997 yil 25 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1713-sonli farmoniga asosan tashkil etilgan. Aslida kompaniyaning tarixi bir asrlik davrni o'z ichiga oladi. 

Ma'lumki, 1921 yil 6 oktabrda sug'urta sohasida yagona davlat monopoliyasi o'rnatilgan. Davlat sug'urtasi Bosh boshqarmasi — (Gosstrax) sobiq Ittifoq hududida sug‘urta xizmatini ko'rsatuvchi yagona organ edi. Istiqlol yillarida "O‘zagrosug‘urta" AJ mazkur yirik  tashkilotining vorisiga aylanadi va hozirgi paytda O‘zbekiston sug‘urta bozorining professsional ishtirokchilari ichida yetakchi hisoblanadi. 


Prezidentimizning “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida kompaniyada transformatsiya jarayoni amalga oshirilmoqda.
Transformatsiya doirasida Jamiyatda rebrending oʻtkazilib, 2021 yil 22 iyundan buyon kompaniya “Uzinsurance” tovar va xizmat koʻrsatish belgisi ostida faoliyat olib bormoqda. 
Kompaniya faoliyatini isloh etishda asosiy urgʻu "Har bir mijoz muhim, uning manfaatlari ustuvor" tamoyiliga qaratilganligini alohida taʼkidlash joiz. Isteʼmolchilar manfaatini himoya qilishda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash xizmat koʻrsatishning bosh mezoni qilib belgilangan.
Bugungi kunda kompaniya tomonidan nafaqat yirik shaharlarda, balki mamlakatning eng chekka hududlariga qadar sifatli sug‘urta qilish xizmatlari ko'rsatilmoqda. Respublika bo‘ylab jami 191 ta sug'urta markazi va 179 ta agentlik shahobchalari mijozlarga qulay va tezkor xizmat ko'rsatmoqda. Shuningdek, kompaniyaning yuridik va jismoniy agentlari soni 1000 nafardan oshadi. Jamiyatning ustav jamg'armasi qariyb 109 mlrd so'mni tashkil etadi.
Hozirgi kunda kompaniya respublikaning barcha hududlarida faoliyat olib boruvchi sug‘urta infratuzilmasiga ega bo`lib, O‘zbekiston sug‘urta bozoridagi. Xususan, rasmiylashtirilgan shartnomalar soni, ta'minlangan sug‘urta mukofotlari va qoblab berilgan sug‘urta tovonlari bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallaydi.

Kompaniya doimiy ravishda mijozlar talablarini o‘rganib, taklif etilayotgan sug‘urta turlari sodda va qulay bo‘lishiga katta e’tibor qaratadi. Mijozlar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarib borishi natijasida jamiyatga bo‘lgan ishonch mustahkamlanib, uning mijozlari soni yildan-yilga ortib bormoqda.

Jamiyat mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun doimiy ravishda o‘z xodimlarini malakasini oshirib borishga katta e’tibor beradi.
Mijozlar bilan uzoq muddatli va o‘zaro foydali hamkorlik aloqalarini saqlab qolishda sug‘urta bitimlari samaradorligi, ishonchliligini ta’minlash, ish yuritish etikasiga rioya qilishga alohida e'tibor qaratiladi. 
Shuningdek, kompleks va sifatli xizmat ko‘rsatishda yangi axborot texnologiyalari yutuqlaridan keng foydalanish, mijozlarga mos va jozibador sug‘urta mahsulotlarini yanada ko‘paytirishga keng e'tibor qaratiladi.
O‘zbekistonning qishloq hududlarida, ayniqsa agrosanoat sohasida sifatli sug‘urta xizmatlarini rivojlanishiga ko‘maklashish, Davlat va xususiy sektor mulkiy manfaatlarini himoya qilish bilan bir qatorda aholida yuqori saviyali sug‘urta madaniyatini shakllantirish hamda shu yo'l orqali har bir mijozning moliyaviy xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash ustuvor vazifalarimizdandir.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi - 94,56 %
“O'zpaxtasanoat” AJ - 3,24 %
“Agrobank” ATB - 1,55 %
Boshqa aksiyadorlar - 0,65 %
“Oʻzagrosugʻurta” AJ “SAIPRO” axborot-reyting agentligi tomonidan taqdim etiladigan “Oltin soyabon” jamoatchilik mukofotining “Eng yaxshi sugʻurta kompaniyasi” nominatsiyasiga sazovor bo‘lgan.
Shuningdek, “Ahbor-Reyting” reyting agentligi bir necha marta milliy shkala boʻyicha “barqaror” prognozi bilan “UzA++” darajasida kompaniyaning toʻlovga qobiliyatlilik reytingini tasdiqladi. Bu o'z navbatida "Uzinsurance" kompaniyasining toʻlovga qobiliyatlilik darajasi yuqori va barqaror ekanidan ko'rsatadi.

Ta'kidlash joiz, “Uzinsurance” savdo va xizmat koʻrsatish brendi ostidagi sug'urta kompaniyasi uchun “Standart and Sensetive Ratings” agentligi 2021 yilda milliy shkala boʻyicha “barqaror” prognozi bilan toʻlovga qobiliyatlilik darajasining eng maksimal, ya'ni “AAA” reytingini tasdiqladi.


Бугунги кунда жамият тизимида 100 дан ортиқ суғурта турлари мавжуд бўлиб, улардан 20 тага яқини талаб юқори бўлган оммабоб суғурта турлари бўлиб ҳисобланади.
2021 йил давомида килинган ишлар:

    1. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил 26 июндаги 477-сонли “Ўзагросуғурта” акциядорлик жамиятининг молиявий аҳволини яхшилаш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Қарори билан берилган Тошкент шаҳар Мирзо-Улуғбек тумани Я.Ғуломов кўчаси 1-уй манзилда жойлашган маъмурий бинони қайта ихтисослаштириш (реконструкция) ишлари бошланган.

    2. Вазирлар Маҳкамасининг “Ўзагросуғурта” акциядорлик жамияти активларидан самарали фойдаланишга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида” 2018 йил 24 сентябрдаги 757-сон қарорининг 1-иловасига асосан “E-AUKSION” элекрон онлайн савдолари орқали 2 млрд сўмлик 64 та маъмурий бинолар сотилди.

    3. Вазирлар Маҳкамасининг “Давлат иштирокидаги корхоналарнинг активларидан самарали фойдаланишга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида” 2021 йил 4 майдаги 266-сон қарорига мувофиқ 19 та самарасиз бўлган маъмурий бинолар (жами қйимати 680,2 сўм) Давлат активларини бошқариш агентлигига давлат мулки сифатида баланс қийматида балансдан балансга ўтказиб берилди.

    4. Ўзбекистон Республикаси Бош вазири А.Н.Арипов раҳбарлигида 2018 йил 31 июль куни Тошкент вилояти ҳокимлигида бўлиб ўтган йиғилиш баёни ижроси юзасидан Тошкент вилояти, Нурафшон шаҳри, К.Султонов кўчаси, 21-уй манзилда жойлашган Жамият балансидаги эски маъмурий бинони ўрнига янги замонавий 3-қаватли бино қуриш юзасидан топшириқ белгиланган. Жамият тизимида замон талабларига мос, сифатли, қулай ва самарали хизматларни таклиф қила оладиган намунали филиал барпо этиш мақсадида юқоридаги Ҳукумат топшириғидан келиб чиқиб 2020 йил 6 июлда “Ўзагросуғурта” АЖ Тошкент вилояти филиалини намунали ҳудудий филиалга айлантириш юзасидан “Йўл харитаси” тасдиқланган бўлиб, унга кўра Филиалнинг суғурта хизматларини кўрсатиш соҳасини, кадрлар сиёсати, ахборот технологиялари, молия, бухгалтерия соҳаси, инфратузилмасини, моддий техника базасини мустаҳкамалаш ҳамда суғурта даъволарини кўриб чиқиш тизимини такомиллаштириш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди.

2022 йил давомида килинадиган ишлар:

    1. Тошкент шаҳар Мирзо-Улуғбек тумани Я.Ғуломов кўчаси 1-уй манзилда жойлашган маъмурий бинони қайта ихтисослаштириш

(реконструкция) ишларини якунига етказиш.

    1. Жамият тизимида мавжуд бўлган барча мол мулкларни (маъмурий бинолар, автотранспорт воситалар, товар моддий бийликлар) Бошқарув балансига ўтказиш.

    2. Жамият бошқаруви балансига ўтказилган маъмурий биноларга кадастр хужжатларни янгилаб чиқиш.

    3. Жамият бошқаруви балансигага ўтказилган автотранспорт воситаларини ЙТХХ дан руйхатидан ўтказиш.

    4. Вазирлар Маҳкамасининг “Ўзагросуғурта” акциядорлик жамияти активларидан самарали фойдаланишга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида” 2018 йил 24 сентябрдаги 757-сон қарорининг 1-иловасида белгиланган ҳамда сотилмай қолган маъмурий биноларни “E-AUKSION” элекрон онлайн савдолари орқали сотиш ишларини якунига етказиш.

    5. Жамият тизимида мавжуд бўлган маъмурий биноларнинг бўш турган хоналарни ижарага чиқариш чораларни кўриш.


Download 181 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling