Buxoro davlar universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo kafedrasi


Monomer molekulasining va o’sayotgan M, radikalning o’rinbosarlar ta’sirida qutblanishini ko’rsatuvchi kattaliklar e, va e


Download 0.76 Mb.
bet69/88
Sana24.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1057910
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   88
Bog'liq
b3455a252c8bda64dd5290d73a5e5fae YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSI

Monomer molekulasining va o’sayotgan M, radikalning o’rinbosarlar ta’sirida qutblanishini ko’rsatuvchi kattaliklar e, va e2 bilan ishoralanadi. Ularning qiymati musbat va manfiy bo’lishi mumkin. k,,, va k12 nisbiy qiymatlarini r, kattalik orqali ifodalab, (6.30) tenglamani quyidagi ko’rinishga keltiramiz:
ri = jkPr? eX|[[—£i]] = — e2)] (6.31)
k12 P1Q2 exp[—eie 2 ] Q2
shuningdek,


2 1




Г2 = “~eXp[-e2(e2 - ei)] (6.32)
Q1
Bu ikkala tenglamaning o’zaro ko’paytmasidan rir2
=exp[-(ei-e2) ] hosil bo’ladi (6.33). Yuqorida keltirilgan empirik tenglamalar asosida monomerlarning (Q-e sxemasi yordamida) reaksiyaga kirishish qobiliyatlarini tajriba yo’li bilan aniqlash mumkin.
Prays va boshqa tadqiqotchilar stirolning nisbiy reaksion faolligini etalon sifatida Q=1 va qutblanishini e = - 0,8 ga teng deb qabul qilib, qator monomerlar uchun yuqoridagi emperik tenglama yordamoda Q va e ning qiymatlarini hisoblab chiqdilar. Bu sxemaning hazariy asoslarini qoniqarli deb bo’lmaydi, chunki (Q-e) sxemasi asosan emperik va taxminiy xarakterga ega bo’lgani uchun nazariy asosga ega emas. Shunga qaramay, amaliy tajribalar asosida bu sxemadan foydalanib sopolimerlanish kattaliklarining qiymatlarini izohlab berish mumkin. Keyingi vaqtlarda Q va e ning qiymatlarini monomerlarning fizikaviy xossalarini o’rganish yordamida aniqlashga urinishlar bo’ldi. Natijada bu usul yordamida monomerlar tarkibidagi qo’shbog’ning UF- nur yutishini o’rganish bilan monomernini nur yutish maksimumi Xn-1 bilan lgQ orasidagi chiziqli korrelyativ bog’lanish aniqlandi. Bundan tashqari YaMR usuli yordamida ham qo’shbog’ning qutblanishi e bilan 63C atomining kimyoviy siljishi o’rtasidagi bog’lanish aniqlandi. Shunday qilib, Q va e ning qiymatlarini aniqlash bilan hali o’rganilmagam monomerlar sistemasi uchun r1 va r2 qiymatlarini hisoblab chiqib, ularning nisbiy reaksiyaga faolligi haqida mulohaza yuritish mumkin bo’ldi.
Sopolimerlanish jarayoniga haroratning ta’siri yaqqol ko’zga tashlanadi. Bunday holatda sopolimerlanish reaksiyasining mexanizmi ham o’zgaradi. Radikal sopolimerlanish jarayonining xarakterli asoslaridan biri r1 va r2 qiymatlariga erituvchi tabiatining amalda ta’sir qilmasligidir. Sopolimerlanish davrida polimer fazasining ajralishi getrofazali sopolimerlanishga olib keladi. Natijada hosil bo’layotgan sopolimerning tarkibi bir jinsli fazada hosil bo’lgan sopolimer tarkibida farq qiladi. Bu cheklanishlar sopolimerlanish jarayonini biror muhitda, cho’ktiruvchi moddalar ishtirokida yoki inert erituvchilarda olib borilganda deyarli kuzatilmaydi. Sopolimer qutbsiz muhitda qo’shimcha ravishda qutblangan monomer molekulasi bilan, qutbli muhitda esa kam qutblangan monomer bilan boyiydi. Getrofazali sopolimerlanishda har xil fazada bir vaqtda turli xil reaksiyalarning borishi natijasida sopolimer har xil kompozissiyalardan tarkib topgan bo’ladi. Sopolimerlanish jarayonini suspenziyada yoki emulsiyada olib borilganda, monomerlarning suv fazasidagi eruvchanligi va mitsellada monomer molekulasining har xil tezliklarida diffuziyalanishida hosil bo’layotgan polimer zarrachalarni tanlab yutishi natijasida sopolimerlarning tarkibi har xil bo’ladi. Ayniqsa radikal sopolimerlanish jarayoniga reaksion muhitning tabiati ham katta ta’sir ko’rsatadi bu ta’sir monomerlarning funksional faol guruhlari bilan faol markazlar o’rtasida donor akseptor bog’lanishlar hosil bo’lishi natijasida ro’y beradi. Bu bog’lanishlar asosida reaksiyaga kirishayotgan monomerlarning funksional guruhi bilan faol markazlar kuchlangan bog’liq ichki molekulyar komplekslar hosil qiladi. Bu komplekslarning monomer molekulalari bilan



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling