Buxoro davlar universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo kafedrasi
Download 0.76 Mb.
|
b3455a252c8bda64dd5290d73a5e5fae YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSI
- Bu sahifa navigatsiya:
- diagrammasida ikkita maksimum qiymatlaridan iborat egri chiziqlar hosil bo’lib, bimodel xarakterga ega bo’lgan kauchuklar hosil bo’ladi.
- Polimerlar tuzilishidagi bunday xilma-xilliklar ularning xossalariga katta tasir korsatadi.
- kristallanish xususiyatiga ega boladi. Quyida har xil tuzilishga ega bolgan polibutadienning suyuqlanish va shishalanish harorati berigan.
- Izotaktik—1,2 polibutadien— 12° (-)10 Sindotaktik polibutadien 1,2 — 154
CH2- R
R-C|H2 "r -ch CH2 -HM eXn HC = CH-CH2-R R-C=CH2-R CH2 CH CH CH2-R Monomerning polimerga aylanish darajasi ortib borgan sari bunday reaksiyalarning sodir bo’lish ehtimolligi ham ortadi. O’z navbatida tarmoqlangan zanjirning kattaligi ham ortadi Shu bilan bir qatorda hosil bo’lgan kauchukning molekulyar massasining taqsimlanish darajasi kengayadi. Ba’zi hollarda molekulyar massaning taqsimlanish diagrammasida ikkita maksimum qiymatlaridan iborat egri chiziqlar hosil bo’lib, bimodel xarakterga ega bo’lgan kauchuklar hosil bo’ladi.
H H H H H H 8.1.- rasm. 1,2-polibutadien molekulyar zanjirining tuzilishi I - izotaktik, II - sindiotaktik Agar molekulada monomer bo'ginlari a va l shaqilda ketma-ket birikib, uning o'rinbosarlari polimer zanzirining har tomonida joylashgan bo'lsa, bunday polimerlar s i n d i o t a k t i k t u z i l i s h l i p o l i m e r l a r deyiladi. (8.1- rasm) Agar polimer zanjirida monomer bo'gin o'rinbosarlari tartibsiz joylashgan bo'lsa, bunday polimer a t a k t i k p o l i m e r l a r deyiladi .(izos—bir hil , taktik—tartib) Bundan tashqari molekulada monomer halqalari a va l shaklda polimer zanjirining alohida qismlarida ketma-ket takroriy ravishda(ya'ni blok shaklida joylashgan polimerlar bo'lishi mumkin. Bunday polimerlar m u n t a z a m b l o k p o l i m e r l a r i deyiladi va quydagicha tuzilishga ega bo'ladi: ... - a a a lll a a a lll - ... va h.k. Polimerlar tuzilishidagi bunday xilma-xilliklar ularning xossalariga katta ta'sir ko'rsatadi. Ataktik polimerlar boshqa tuzilishga ega polimerlarga qaraganda molekulalari zich joylashgan bo'lib ular kristall fazalarga ega bo'lmaganligi sababli, cho'zilganda mo'rt bo'lganligi uchun tezda uziladi. Ular izotaktik polimerlarga qaraganda yaxshi eruvchan bo'ladi. Izotaktik va sindiotaktik polimerlar ataktik polimerlarga qaraganda nisbatan molekulalari zichroq joylashgan hamda cho'zilish mustahkamligi kuchliroq va tez kristallanish xususiyatiga ega bo'ladi. Quyida har xil tuzilishga ega bo'lgan polibutadienning suyuqlanish va shishalanish harorati berigan. Stereoizomer Suyuqlanish Shishalanish harorati;T oC harorati:T oC Izotaktik—1,2 polibutadien— 12° (-)10 Sindotaktik polibutadien 1,2 — 154 — Trans—1,4—polibutadien — 135 (-)—83 Tsis—1,4—polibutadien —1° dan +1 gacha (—)11 ° Keyingi paytlarda polimerlanish jarayonini faollashtirish uchun bir qator katalitik sistemalar topilgan bo'lib , ularning polimerlanishiga ta'sir mexanizmi ham Sigler - Natta katalizatori mexanizmi kabi bo'ladi. Bular nikel, kobal't, vannadiy, molibden oksidlarining alyuminiy oksidiga qo'shib tayyorlangan katalizatorlardir. Katalizatorlar tarkibiga ularni faollash uchun har xil promotorlar (metal alqillari) ham qo'shladi. Katalizatorlar tarkibidagi faol birikmalar Sigler - Natta katalizatorlariga o'xshash faol markazlar, komplekslar hosil qiladi. Katalizatorlar ishtirokida polimerlanish jarayonlari 10°—200oC harorat va ma'lum bosim ostida (3- 3,5Mpa)eritmalarda olib boriladi. Tarkibi oksidli birikmalardan iborat katalizatorlar ta'sirida trans—1,4 tuzilishga ega bo'lgan stereoregulyar dien polimerlar olish mumkin. Ko'pchilik hollarda katalizator sifatida xrom oksidlari ishlatiladi. Masalan, olefinlarning bunday katalizatorlar ishtirokida polimerlanishdan stereoregulyar tuzilishga ega bo'lgan polimerlar - poliolefinlar olinadi. Katalizatorlarning katalitik ta'sirining samaradorligi xrom atomining valentlik holatini o'zgarishiga bog'liqdir. Shunday qilib, polimerizasiya jarayoning dastlabki bosqichi xrom ( VI) valentli birikmasi ta'sirida borsa , makromolekulaning o'sish jarayoni esa xrom(II) va xrom (III) birikmalari ta'sirida boradi.Masalan, xromli katalizatorlar ta'sirida etilenni polimerlanish jarayoni tezligi, katalizator tarkibidagi xrom atomining qaytarilish tezligiga bog'liq ekanligi amaliy tajribalar natijasida aniqlandi. Polimerlanish jarayoning dastlabki bosqichida monomer bilan katalizator (xrom (VI) birikmasi) o'zaro birikib oraliq birikmani hosil qiladi va monomerning molekulasi ta'sirida oksidlanish—qaytarilish reaksiyasi sodir bo'lib, xromning quyi valentli birikmasi hosil bo'ladi. Sodir bo'lgan o'zaro ta'sir natijasida xrom monomer kompleksi asosida o'suvchi markaz hosil bo'lib, polimerlanish jarayoni sodir bo'ladi. Tayanch so’zlar Ionli polimerlanish, kation polimerlanish, anion polimerlanish, ion-koordinatsion polimerlanish, sokatalizatorlar, stereotartibli polimerlar, regulyatorlar, anion - koordinatsionli polimerlanish
Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling