H-
Oxirgi reaksiya natijasida hosil bo‘lgan allil anioni anion polimerlanishni initsirlashga qodir emas.
Akrilatlar va metakrilatlar kabi qutbli monomerlarning “jonli” polimerlanishini qiyinlashtiruvchi sabablar juda ham aniq emas, ularni monomerlar funksional guruhlarining dastlabki metallorganik initsiator bilan ham, karbanion bilan ham reaksiyaga kirishadi deb taxmin qilinadi. Qutbli monomerlarning “jonli” polimerlanishida yuqoridagi reaksiyalar sodir bo‘lmasligi uchun juda past haroratlar qo‘llaniladi.
*
“Jonli” anion polimerlanish birinchi marta 1930 yillarda Abkin va Medvedev tomonidan kuzatilgan va XX asrning 50-yillaridan bu jarayon SHvars tomonidan sistematik ravishda o‘rganila boshlagan. Hozirda anion polimerlanish juda keng tarqalgan.
“Jonli” zanjirli polimerlanishning barcha asosiy belgilari - konversiya bilan molekulyar massaning chiziqli o‘sishi, tor molekulyar-massaviy taqsimot, blok- sopolimerlar olish imkoniyati “jonli” anion polimerlanish uchun yaqqol ifodalanadi. Xususan, ana shu usul bilan amaliyotda gel-xromatografiyada standart sifatida foydalaniladigan monodispers polimer (odatda polistirol) olinadi. “Jonli” ion polimerlanishdan sanoatda blok-sopolimerlar olishda foydalaniladi. Bunda umumiy usul shundan iboratki, bitta monomerning polimerlanishi tugagach
*Abkin Abram Davbidovich (1903-1983 y.) - rus fizik-kimyogari.
uning “jonli” zanjirlariga boshqa monomer qo‘shiladi. Masalan, polistirolning “jonli” zanjiri metilmetakrilatning polimerlanishini initsirlashi mumkin. Umumiy holda turli xil monomerlarni ketma-ket “jonli” anion polimerlash usuli bilan turli xil bloklar tutgan multiblok sopolimerlar olish mumkin. Bulardan bitta bloki elastomerlarga, ikkinchisi - plastiklarga tegishli termoelastoplastlar deb nomlanuvchi blok- sopolimerlar ma’lum.
Termoelastoplastlar kauchuklar va plastiklar orasidagi noodatiy kompleks xossalarga ega. Termoplastiklar orasida stirolning butadien va izopren bilan blok- sopolimerlari eng ko‘p tarqalgan.
CH2-CH + — CH - CH —CH=CH ► -CH9-CH9 +-CH2-C - CH=CH
Bundan tashqari ishqoriy metallarning naftalin bilan hosil qilingan komplekslari ham anion polimerlanishning katalizatorlari sifatida ishlatiladi.
+ Na
Na
Hosil bo’lgan ion-radikal monomer molekulasi bilan birikib faol markaz hosil qiladi va naftalin molekulasi qayta regeneratsiyalanib ajralib chiqadi.
Na + CH2 CH CH2 CH Na +
X X
Do'stlaringiz bilan baham: |