P2.2+R21=1 bo’ladi
Xuddi shu usulda M2 monomer bo’g’ini uchun zanjirning xoxlagan qismidagi ketma-ketlik ehtimolligi hisoblab topiladi. Shunday qilib, sopolimer tarkibi r1 va r2 kattaliklarining monomerlar va o’zayotgan makroradikallarning xususiyatlariga bog’liq ekanligini ko’ramiz.
2. Payvand va blok sopolimerlar olish Tabiiy, sintetik va suniy yuqori molekulyar birikmalarning sanoat talabiga javob bera oladigan qator xossalarini takomillashtirish maqsadida payvand va blok (qo’shma) sopolimerlar olish usullaridan keng foydalaniladi.
Blok va payvand sopolimerlar makromolekula zanjiri chiziqli tizilishiga ega bo’lib, ikki yoki undan ortiq turdagi monomerlar bo’g’inidan tashkil topgan molekulyar zanjir qismlaridan iborat bo’ladi. Bu molekulyar zanjirning uzunligi bir necha o’nlab parametrga teng bo’ladi. Blok sopolimerlar makromolekulalari o’zaro kimyoviy bog’lar bilan birikkan ikki xil yaxlit-yaxlit polimer zanjirlaridan tuzilgan bo’ladi. ~ AAAAA - BBBBB - AAAAA~
Payvand sopolimer makromolekulasining tuzilishi tarmoqlangan bo’ladi. Ularning asosiy zanjirini tashkil etgan A monomer bo’g’inlaridan iborat makromolekulaga yon tarmoq hosil qilib, boshqa B monomer bo’ginlaridan iborat molekulyar qism birikkan bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |