Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Biografiya (tarjimai hol) metodi. Inson psixikasini tadqiq etish 
uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to‘g‘risidagi og‘zaki va yozma 
ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tarjimai 
holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari, o‘zgalar ijodiga bergan baholari, 
tanbehlari, taqrizlari alohida o‘rin egallaydi. Shu bilan birga o‘zgalar 
tomonidan to‘plangan tarjimai hol haqidagi materiallar: esdaliklari, 
uzgalar ijodiga bergan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o‘rin 
egallaydi. Shu bilan birga o‘zgalar tomonidan to‘plangan tarjimai hol 
haqidagi materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, baholar, 
magnitafon 
ovozlari, 
fotolavhalar, 
hujjatli 
filmlar, 
taqrizlar, 
o‘rganilayotgan shaxsni to‘laroq tasavvur etishga xizmat qiladi. 
Tarjimai hol ma’lumotlari inson psixikasidagi o‘zgarishlarni 
kuzatishda, uning suhbat va tajriba metodlari bilan o‘rganib 
bo‘lmaydigan jihatlarni ochishga yordam beradi. Masalan, mazkur 
ma’lumotlar orqali ijodiy xayol bilan bog‘liq jarayonlar: sheriyat, 
musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik turlari va 
kashfiyotdagi tafakkurning o‘ziga xosligini, shaxsning ma’naviyat, 
qadriyat, qobiliyati, iqtidor, iste’dod singari fazilatlarni o‘rganish 


20 
mumkin. Inson ongining hissasi, namoyon bo‘lishi, rivojlanishi, 
o‘ziga xos va ijtimoiy xususiyatlari atoqli odamlar bildirgan 
mulohazalarda 
o‘z ifodasini topadi. Allomalar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta’rifu 
tavsiflari orqali avloddan avlodga o‘tadi.
Biografik ma’lumotlar odamlarning o‘zini-o‘zi tarbiyalashi
nazorat qilishi, iroda etishi, o‘zining uslubini yaratishi, kamolot 
cho‘qqisiga erishishi jarayonida na’muna vazifasini o‘taydi.
Anketa metodi. Umumiy psixologiya fanida eng ko‘p 
qo‘llaniladigan metodlardan biridir. Uning yordamida turli yoshdagi 
va kasbdagi odamlarning psixologik xususiyatlarini, narsa va 
hodisalarga munosabati o‘rganiladi. 
Anketa, odatda, uch xil tuziladi. Ularning birinchi xili 
anglashilgan 
mottivlarni 
aniqlashga 
mo‘ljallangan 
savollarni 
aniqlashga mo‘ljallangan savollardan tuziladi. Ikkinchi xilida har bir 
savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchi xil 
anketada sinaluvchiga yozilgan to‘g‘ri javoblarni ballar bilan baholash 
tavsiya etiladi va shakalali anketa deb ataladi. Anketadan turli 
yoshdagi va kasbdagi odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga 
qiziqishlari va qobiliyatlarini, o‘ziga, tengdoshlariga, hamkasblariga
katta va kichiklarga munosabatlarini aniqlash maqsadida keng 
ko‘lamda foydalaniladi. Tarqatilgan anketalar yig‘ishtiriladi va 
elektron hisoblash mashinalarida hisoblab chiqiladi, atroflicha 
miqdoriy tahlil qilinadi, so‘ngra tadqiqotga yakun yasalib, ilmiy va 
amaliy yo‘sinda xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson 
psixologiyasini o‘rganish uchun boy material to‘plash imkonini 
beradi. Lekin unda olinadigan ma’lumotlar doimo xolisona 
xususiyatiga ega bo‘lavermaydi.

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling