Buxoro davlat pedagogika instituti ro‘yхаtga olindi: №2023- yil “ ” “tаsdiqlаymаn”


Atmosfera bosimi va ortiqcha bosim


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/77
Sana03.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1743266
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77
Bog'liq
Atmosfera fizikasi majmua 20.10.2023

Atmosfera bosimi va ortiqcha bosim 
Atmosfera bosimi balandlik oshishi bilan o‘zgarar ekan. Biroq bir xil balandlikda 
ham bosim ob-havoga qarab ham o‘zgaradi.O‘rta xisobda dengiz sathidagi atmosfera 
bosimi 1,013* 10
5
N/m
2
atrofida bo‘lib, bu kattalik ko‘pincha atmosfera bosimi birligi 
(atm) bo‘lib qo‘llaniladi: 
1 atm= 1,013 10
5
N/m
2
= 1,013 10
5
Pa. 


20 
Meterologiyada bosimning yana boshqa birligi-bar qo‘llanilib, 1 bar = 1,00*10
5
N/m

ga teng. SHunday qilib, standart atmosfera bosimi 1 bar dan ozgina katta. yer 
atmosferasi og‘irligiga asoslangan bosimni deyarli barcha narsalar, jumladan biz ham 
sezamiz. Inson organizmi shunday katta tashqi bosimga qanday chidaydi? Javob oddiy: 
tashqi bosim tirik to‘qimalarda bo‘lgan ichki bosim bilan muvozanatlashadi. Xuddi 
shunday havo shari ichidagi bosim atmosferaning tashqi bosimini muvozanatlaydi. 
Avtomobil shinalaridagi bosim uning qattiqligi evaziga tashqi bosimdan yuqoriroq 
bo‘lishi mumkin. SHinadagi yoki gaz balonlaridagi bosimni aniqlashda shuni nazarda 
tutish kerakki, avtomobildagi va boshqa ko‘p bosim o‘lchagichlar (manometrlar) 
haqiqatda o‘lchanayotgan bosim bilan atmosfera bosimi orasidagi farqni 
aniqlaydi.SHunday qilib, bosimning absolyut qiymati R ni olish uchun o‘lchangan 
bosim Rn ga atmosfera bosimi P
a
ni qo‘shish kerak: 
Agar, masalan, avtomobil manometri 220 kPa ni ko‘rsatayotgan bo‘lsa, shinadagi 
haqiqiy bosimning qiymati 220 kPa + 100 kPa = 320 kPa ga yoki taxminan 3,2 atm ga 
teng bo‘ladi (2,2 atm –ortiqcha bosimdir). 
BOSIMNI O‘LCHASH 
Amalda fizik hodisalarni o‘rganuvchi bosim diapazoni juda keng. Bunda katta 
bo‘lmagan bosimlar ~10
7
 atm (~10
12
 Pa), kichiklari 10
-16
 mm. sim. ust. (1,3 
.
10
-14
 Pa) 
qiymatga yetadi. Ham yuqori, ham past bosimlarni bir xil aniq o‘lchay oladigan asbob 
mavjid emas. Ta’sir prinsipi bo‘yicha, ham konstruktiv xususiyatlari bo‘yicha bosim 
o‘lchagichlarning juda katta turlari mavjud (manometrlar, barometrlar, maxsus bosim 
datchiklari). Odatda bosim o‘lchagichlar vakuummetrlar 760 mm.sim.ust. bosimidan 
past bosimlarni o‘lchashga mo‘ljallangan asboblar, yuqori bosimlarni (100 atm. gacha) 
o‘lchashga mo‘ljallangan manometrlar, o‘ta yuqori bosimlarni (1000 atm. dan yuqori) 
o‘lchashga mo‘ljallangan manometrlar va atmosfera bosimiga yaqin bosimlarni 
o‘lchashga mo‘ljallangan manometrlar (barometrlar) ga ajratiladi.


21 
Ham kichik, ham katta atmosfera bosimlarini o‘lchashga mo‘ljallangan eng soda 
manometrlar ochiq simobli manometrlar bo‘lib, ularning bukilgan shisha trubkalari 
yarmigacha simob bilan to‘ldirilgan bo‘ladi (1-rasm). Trubkaning bitta tirsagi 
o‘lchanishi kerak bo‘lgan hajm bilan ulangan. Agar manometrda simob sathlari farqi Δh 
ga teng bo‘lsa, idishdagi bosim p=p
0
+Δhρg munosabat bilan aniqlanadi, bu yerda p —
atmosfera bosimi (barometr bilan o‘lchanadi), ρ — simob zichligi, — erkin tushish 
tezlanishi. Agar Δh >0 (1,b-rasmda tasvirlangandek) bo‘lsa, u holda asbobdagi bosim 
atmosfera bosimidan katta bo‘ladi va aksincha. 
Agar U-simon manometr simob bilan emas, yengil suyuqlik bilan to‘ldirilgan 
bo‘lsa, u holda uning yordamida juda kichik bo‘lgan (0,1 mm.sim.ust. gacha) bosimlar 
farqini o‘lchash mumkin. 10
9
N/m
2
gacha bosimni o‘lchash uchun oldindan 
graduirlangan qattiq elementli mexaniq manometrlar qo‘llaniladi. Bunday 
manometerlardan birining asosiy qismi uning o‘ram shakliga ega bo‘lgan trubkasidir 
(2-rasm). Trubkaning bir uchi asbobning korpusiga va bosimi o‘lchanishi kerak bo‘lgan 
idish bilan ulangan. Boshqa uchi esa yopiq bo‘lib, strelkaga ulangan. 
Bosim oshishi bilan o‘ram buralib, strelkani asbob shkalasi bo‘yicha siljitadi. 
Kichik 0,1 dan 10
-6
mm.sim.ust. gacha bosimlarni o‘lchash uchun ko‘pincha Mak-Leod 
(3- rasm) manometrlari qo‘llaniladi. Uning ishlash prinsipi Boyl-Mariott qonuniga 
asoslangan. 
2- rasm 3-rasm 
Yuqorida keltirilgan kichik bosimlarni U-
simon ochiq manometrlar bilan o‘lchab 
bo‘lmaydi. 
Mak-Leod 
manometrida 
o‘lchash oldidan tekshirilayotgan gazning 
bir qismi yetarlicha bosim hosil qilingunga 
qadar siqiladi, so‘ngra esa oddiy usul bilan 
o‘lchanadi. Mak-Leod manometrining
trubkasi (3-rasm) kichik bosimni o‘lchash
kerak bo‘lgan rezervuar bilan ulangandir.
Natijada rezervuar M ni ko‘tarish bilan 
simob rezina trubka R orqali shisha trubka 
G ga o‘tib, ballon gacha ko‘tariladi. 
Simobni ko‘tarishni davom ettirsak uning bir qismi trubka L orqali o‘tadi, bir qismi 
esa tepasiga kavsharlangan kapillyar K bilan tugovchi ballon C ga kiradi. Natijada 
ballon C dagi gaz tekshirilayotgan rezervuardan ajraydi va u trubka L ga kavsharlangan 


22 
kapillyarda N sathga yetguncha simob bilan kuchli siqiladi. Agar simob asbobning chap 
qismidagi qandaydir N sathgacha yetsa, o‘ng kapillyar K da esa H sathda to‘xtasa, u 
holda ballonni to‘ldiruvchi gaz H va N kapillyarlar orasidagi hajm ballon hajmidan 
qancha kichik bo‘lsa shuncha marta siqiladi. Bunda bosim simoblar farqi h=N—H 
bo‘yicha o‘lchanadi. Ballon hajmi V bo‘lsin. U holda, tekshirilayotgan p

bosim, h 
singari millimetrlarda (sim.ust.) o‘lchansa, u holda p
0
V =πr
2
h
 
bo‘ladi.
Shunday qilib,
p
0
 = πr
2
h
2
/V, 
(1) 
bu yerda r —kapillyar radiusi (mm). πr
2
G`V qC kattalik asbob doimiysi bo‘lib, uni 
ballon hajmi va kapillyar radiusini oldindan o‘lchash bilan topish mumkin. 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling