Buxoro davlat pedagogika instituti ro‘yхаtga olindi: №2023- yil “ ” “tаsdiqlаymаn”
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
Atmosfera fizikasi majmua 20.10.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxoro – 2023 131 Fan/modul kodi ATF2506 O‘quv yili
- Fan nomi Auditoriya mashg‘ulotlari (soat) Mustaqil ta’lim (soat) Jami yuklama
- Fanni o‘qitishdan maqsad
- II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
128 ILOVA 129 Glosariy Phases or states Faza yoki holat Moddaning uch xil agregat holati solid Qattiq Aniq shakl va hajmga ega modda liquid Suyuq Hajmga ega, lekin shaklga ega bo‘lmagan modda gas Gaz Shaklga ham, hajmga ham ega bo‘lmagan modda plasma Plazma Juda yuqori temperaturalarda atomlar o‘zlarining elektronlarining bir qismini yo‘qotib, ionga aylanganida mavjud bo‘ladigan faza fluids Oquvchan Suyuqlik molekulasi o‘zining muvozanat atrofida tebranma harakat qilib, yangi muvozanat holatiga o‘tishi density Zichlik Birlik hajmdagi massa specific gravity Nisbiy zichlik Modda zichligining suyuqlikning 4 0 C dagi zichligiga nisbati Pressure Bosim Birlik yuzaga ta`sir etuvchi kuch atmosphere Atmosfera ga teng bosim bar Bar ga teng bosim absolute pressure Absolyut bosim Atmosfera bosimi bilan ortiqcha bosim yig‘indisi gauge pressure Ortiqcha bosim O‘lchanayotgan bosim bilan atmosfera bosimi orasidagi farq 130 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI ATMOSFERA FIZIKASI O‘QUV DASTURI Bilim sohasi: 100000 – Ta’lim Ta’lim sohasi: 110000 – Ta’lim Mutaxassislik: 60110700– Fizika va astronomiya Buxoro – 2023 131 Fan/modul kodi ATF2506 O‘quv yili 2023/2024 Semestr 5 ECTS – Kreditlar 6 Fan/modul turi Tanlov Ta’lim tili O‘zbek Haftadagi dars soatlari 6 1 Fan nomi Auditoriya mashg‘ulotlari (soat) Mustaqil ta’lim (soat) Jami yuklama (soat) Atmosfera fizikasi 80 100 180 2. I. Fanning mazmuni Fanning mazmuni Atmosfera fizikasi geofizikaning tarkibiy qismi bo‘lib, atmosferada ro‘y beruvchi turli fizikaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganadi. Ularga atmosferaning kelib chiqishi, uning tarkibi va tuzilishi, nurlanish va issiqlik uzatilishi jarayonlari, suv bug‘ining fazaviy aylanishlari hamda u bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lut, tuman va yog‘in shakllanishi jarayonlari, havo harakati qonuniyatlari, atmosferadagi optik va elektrik hodisalar kiradi. Bu hodisa va jarayonlarning barchasi o‘zaro bog‘liqlikda hamda kosmik muhit, yer va suv qobig‘ida ro‘y beruvchi jarayonlar bilan bog‘likdikda o‘rganiladi. Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda klassik va zamonaviy fizikaning asosiy qonunlari jumladan, atmosfera fizikasi haqidagi tushunchalarni shakllantirish va o‘zlashtirish, atmosfera fizikasi kasbiy faoliyatida qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish, shu bilan birga olingan bilimlarni nostandart masalalar bo‘yicha amaliyotga qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat. Fanning vazifasi – talabalarning atmosfera fizikasi fani bo‘yicha ilmiy va amaliy dunyoqarashini kengaytirish ya’ni fizik hodisalarning mohiyatini to‘g‘ri tushunish, tabiatshunoslik sohasidagi har bir o‘ziga xos muammoning mazmunini fizikaning umumiy qonunlari bilan bog‘lash, asosiy fizik o‘lchash asboblaridan foydalanish, shuningdek, o‘zbek olimlarining fizikaning rivojiga qo‘shgan hissasi bilan faxrlanish hissiyotini shakllantirishdan iborat. II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular mazmuni kiradi: 1-mavzu. Kirish. Atmosfera fizikasining predmeti va vazifalari, fanning amaliy ahamiyati.(2-soat) 2-mavzu. Atmosfera fizikasi haqida umumiy ma'lumot.Atmosferadagi tarkibi va jarayonlari (karbonat angidrid, ozon, gaz aralashmalari). (2-soat) 3–mavzu. Atmosferadagi suv bug'lari havo namligining xususiyatlari, ular orasidagi munosabatlar, havo namligi holati tenglamasi, virtual harorat va virtual tuzilish.(2-soat) 4-mavzu. Atmosferadagi bosimning tarqalishi. Barometrik formula. 132 Geopotentsial tushunchasi (2-soat) 5-mavzu. Atmosfera termodinamikasining asoslari. Adiabatik jarayon, potentsial harorat va entropiya. (2-soat) 6-mavzu. Tabaqalanishning kunlik o'zgarishi. Havo massalarining tabaqalanishi. (2-soat) 7-mavzu. Atmosferaning radiatsiya rejimi. Issiqlik nurlanishining asosiy qonunlari.(2-soat) 8-mavzu. Yer yuzasi va atmosferasining termal holati. Havoda, suvda va tuproqda issiqlik tarqalishi.(2-soat) 9-mavzu. Atmosferaning suv rejimi. Bug'lanish, havo namligi va yog'ingarchilik hosil bo'lish jarayoni. (2-soat) 10-mavzu. Atmosferaning suv rejimi. Bug'lanish, havo namligi va yog'ingarchilik hosil bo'lish jarayoni.(2-soat) Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling