Buxoro davlat universiteti Filologiya va tillarni o`qitish yo`nalishi O`zbek tili fakulteti 9-1uzb s20 guruh talabasi Abdullayeva Durdonaning Folklor fanidan “Mehnat qo`shiqlarining boshqa qo`shiqlardan farqi ” mavzusida yozgan mustaqil


Download 54.28 Kb.
bet10/10
Sana05.01.2022
Hajmi54.28 Kb.
#228176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mehnat qo`shiqlarining boshqa qo`shiqlardan farqi

Sarboz qo’shiqlarida esa o’tmishdagi amirlik navkarlarining nojo’ya hatti-harakatlaridan norozilik kayfiyati etakchidir:

Karmana yurtidan chiqdim dalaga,

Bir to’da sarbozdan qoldim baloga.

Bir to’da sarbozga gel berib qochdim,

Buxor darvozasin nayzalab ochdim.

O’zbek xalq mehnat qo’shiqlari juda boy va janr e’tibori bilan rang-barang bo’lib, ular orasida qandolatchilik va pazandachilikni ifoda etuvchi namunalar ham bor. Chunonchi, taomlarimiz sultoni sanaluvchi palov ta’rifidagi mana bu qo’shiq hamon el og’zidan tushmay kelayotir:

Domla palovni, dam esin,

Tortgin olovni, dam esin,.

Bepul odamlar g’am esin,

Tekin desa-shalg’am esin.

Nimcha guruchdan osh bo’lur,

Qozonga solsam-chosh bo’lur.

Mehmonni ko’ngli xush bo’lur,

Vaqosiz ko’rsa- tush bo’lur.

Suvni soling shildiratib,

Kapgir uring shaqirlatib.

Chindan-da palov vaqosiz kishi uchun tushga aylanadi. Qo’shiqda palov ijtimoiy tengsizlik mohiyatini ochuvchi poetik obraz darajasiga ko’tarilgan. Shuningdek, moshova, chuchvara, atala, sumalak, ugro, sho’rva, piyoba, chalpak va boshqa qator milliy taomlarimiz bilan bog’liq kechinmalarni ifodalagan qo’shiqlar hali – hanuz uchrab turadi. Lekin ular juda kam miqdorda bizgacha etib kelgan. Keyingi vaqtlarda mehnat jarayonining mexanizastiya va avtomatizastiyalashtirilishi natijasida mehnat turlarining tabiatida turli o’zgarishlar yuz bermoqda yoki muayyan mehnat turi batamom yo’qolib bormoqda. Natijada o’tmishda ular bilan bog’liq tarzda yaratilgan ayrim mehnat qo’shiqlari ham unutilib, yo’qolib bormoqda. Binobarin, mehnat qo’shiqlarini to’plash va ularga xos xususiyatlarni ilmiy jihatdan tadqiq etish katta ilmiy-amaliy ahamiyatga molik masaladir.

Mehnat qo’shiqlarini to’plab, nashr etishda M.Alaviya, O. Sobirov va K.Ochilovlarning xizmatlarini e’tirof etib o’tish joiz. Mehnat qo’shiqlarining tabiatini, tasnifini va ayrim g’oyaviy-badiiy xususiyatlarini K.Ochilov maxsus tadqiq etgan bo’lsa-da, lekin bu borada hali o’z echimini kutayotgan masalalar bir talay. Hozirgacha o’zbek folklorshunosligida mehnat qo’shiqlarining janriy belgilari, turlari, g’oyaviy- badiiy xususiyatlari to’g’risida M.Alaviya, K.Ochilov, O.Sobirov, B.Sarimsoqovlar ayrim fikr-mulohazalarni bildirib o’tishgan, xolos. Ammo bu bilan o’zbek mehnat qo’shiqlari to’laligicha o’rganib bo’lingan degan xulosaga kelib bo’lmaydi.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, yurtboshimiz milliy g‘oya, milliy mafkura masalasiga to‘xtalar ekan, birinchi navbatda yana o‘tmish haqida gapiradi: ≪Milliy mafkura, avvalambor, o‘zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg‘ularini, xalqimizning ko‘p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo‘yilgan oliy maqsad va vazifalarni qamrab olishi shart≫, — deyiladi savol-javobning ≪Mafkura o‘tmish va kelajak o‘rtasidagi ko‘prikdir≫ qismida. E’tibor bersak, bu o‘rinda ham ma’lum darajada xalqimiz og‘zaki ijodi yuzasidan fikr bildirilmoqda. Chunki xalq o‘z avlodiga insoniyat ta rixidagi eng ibratli fazilatlar meros bo‘lishini orzu qilgan. ≪Alpomish≫, Go‘ro‘g‘li turkumi dostonlarida shaxs g‘ururi, vatanga muhabbat, elga xizmat qilish istagi yetakchi g‘oya darajasida ilgari suriladi. Bu asarlarda vatanga xiyonat qilgandan ko‘ra o‘limni afzal ko‘rgan Ravshan, butun harakatini parchalangan yurtni birlashtirishga bag‘ishlagan Alpomish, o‘z yurtini ichki va tashqi dushmandan himoya qilgan Go‘ro‘g‘li kabi el botirlari madh etiladi.



Hech ikkilanmay aytish mumkinki, o‘zbekning butun fazilati, falsafasi, dunyoqarashi, turli hayotiy vaziyatlarga munosabati uning maqollarida aks etgandir. Shuning uchun ham xalqimizning ilm-hunarga, oilaga, mehnatga, ahillikka nomardlikka, bo‘lgan muno sabatini bilish uchun uning maqollari bilan tanishish kifoyadir. Ulardan o‘quvchi o‘zbek uchun vatan, xalq, ona, ilm, g‘urur naqadar muqaddas tushunchalar ekanli gini anglab yetadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham xalq maqollarining ta’sir kuchidan, hajm jihatdan kichik mazmunan serko‘lam fazilatidan har bir chiqishlarida, savollarga javob berishda, maqola va kitoblarida unumli foydalanadi.


22 Қаранг: Саримсоқов Б. Меҳнат қўшиқлари – Китобда: Ўзбек фольклори очерклари, 3-том, Т.: «Фан», 223-224-б.

Download 54.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling