Buxoro davlat universiteti Filologiya va tillarni o`qitish yo`nalishi O`zbek tili fakulteti 9-1uzb s20 guruh talabasi Abdullayeva Durdonaning Folklor fanidan “Mehnat qo`shiqlarining boshqa qo`shiqlardan farqi ” mavzusida yozgan mustaqil


Download 54.28 Kb.
bet8/10
Sana05.01.2022
Hajmi54.28 Kb.
#228176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mehnat qo`shiqlarining boshqa qo`shiqlardan farqi

Tikuvchilik qo’shiqlari

Tikuvchilik qo’shiqlari xalqimizning uzoq asrlar davomida shakllangan tikish-bichishga aloqador an’analarini ifodalaydi. Ular, aksar hollarda, tikiladigan kiyimlarning turlari va ularga daxldor e’tiqodlarga qarab ichki xilma-xillik hosil qilgan. Shu sababli bir kiyimga atalgan namunasi boshqa kiyimni tikayotganda aytilmaydi. Shu zaylda bir-biridan farq qiluvchi kashtachilik, do’ppido’zlik, to’ndo’zlik, zardo’zlik va boshqa turkumlarga mansub qo’shiqlar paydo bo’lgan.



Kashtachilik qo’shiqlari. O’zbek kashtachiligi dunyoda mashhur. Xalqimiz bu hunar bilan juda qadim zamonlardan beri shug’ullanib keladi va uni san’at darajasiga ko’tarishga erishgan. Kashtachilikning bir necha turlari mavjud. Bular bosma, jimalay, sanama, ilma deb yuritiladi. Ularning xar biri kashtachidan alohida mehnat va mahoratni,bilim va qobiliyatni talab etadi.

Kashta tikish bilan ayollar shug’ullanishadi. O’tmishda har bir qizdan kashta tikishni bilish talab etilgan. Chunki u o’z sepini o’zi tikkan kashtalari bilan to’ldirishi lozim sanalgan. Kashtaning turiga qarab, uni tikkan qizning qandayligiga, fe’l-atvoriga, qobiliyatiga baho berishgan va bu hol kashtachilik qo’shiqlarida o’z ifodasini topgan:

Bosma tikkan botir qiz,

Jimaloy tikkan chevar qiz.

Sanama tikkan sardor qiz,

Ilma tikkan ilgir qiz.

Kashtachilik qo’shiqlarining ayrim namunalarida u yoki bu kashta turi tavsiflanadi . Uning qanday tikilishi ta’kidlab o’tiladi:

Ilma tikdim, ilib-ilib,

Tomosha aylang yonimga kelib.

Yoki:


Bosma tikar botirib,

Issiq suvga qotirib.



Jimaloynitepib tikar,

Ko’z nurini selday to’kar.

O’tmishda mahalliy boylar uy bekalarini, qiz-juvonlarni, cho’rilarni kashta tikishga yollab ishlatganlar va ularga og’ir mehnati evaziga arzimas haq to’laganlar. Shu sababli ba’zi kashtachilik qo’shiqlarida kashtado’z ayollarning rahmsiz boylardan shikoyati yangraydi:

Kashta tiktiradi boy,

Kashta guliga gadoy.

Kecha-kunduz tik deydi,

Nega yuribdi o’lmay?

Tikuvchilik ishlari orasida kashta tikish to’n, ko’rpa, ko’ylak kabi narsalarni tikishga qaraganda bir muncha qiyin va mas’uliyatlidir. Bu kashtachilik qo’shiqlarida alohida tilga olib o’tilgan:

Jomovdi jonli tikadi,

To’rmagin egri tikadi.

To’n tikish, ko’rpa tikish-

Uni ko’r ham tikadi.

Hozirgi paytda kashtachilik san’ati milliy qadriyatlarimizdan biri sifatida nihoyatda qadrlanadi. Uni yanada rivojlantirish, kashtado’zlikni rag’batlantirish uchun qator chora-tadbirlar ko’rilmoqda. Har yili kashtachilarning an’anaviy ko’rik-tanlovlari o’tkazilib turilibdi. Eng yaxshi kashtado’zlar uchun maxsus sovrinlar tashkil etilmokda.

Kashtachilik qo’shiqlari barmoq vaznining 7-8 hijoli tizimida yaratilib, ko’pincha a-a-b-a va a-a-a-a shaklida qofiyalangan. Bunday holatni do’ppido’zlik va to’nduzlik qo’shiqlarida ham kuzatish mumkin.


Download 54.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling