Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
Poetik sintaksis unsurlari va ularning tasnifi
Download 0.93 Mb.
|
latinskiy dissertatsiya222
1.2. Poetik sintaksis unsurlari va ularning tasnifi
Poetik sintaksis adabiyotshunoslik va tilshunoslik kesimidagi o‘ziga xos sohadir. U tarkibiy jihatidan bir necha unsurlardan iborat. Binobarin, U. Lextsalu, G. Liyv, O.Mutt51 singari ingliz olimlarining ishlarida sintaktik-stilistik vositalar quyidagicha tasnif etilgan: E’tibor berilsa, ingliz adabiyotshunosligi va tilshunosligida ritorik so‘roq, inversiya, ellipsis, klimaks, antiklimaks, asindeton, polisindeton, anafora, epifora singarilar sintaktik-stilistik vositalarga kiritilgan. Aslida ayni shular poetik sintaksisning pasaytiruvchi, kuchaytiruvchi, o‘zgartiruvchi figuralari tarkibida bor. She’riyatni tahlil qilganda, sintaksis so‘z tartibi va grammatik qoidalarni, ba’zi holatlarda qiyinchilik tug‘dirsa-da, nazarda tutadi. Zamonaviy ingliz she’riyatida so‘z tartibining o‘zgarishi, gapni bir qancha qismlarga bo‘lingan holda berish, so‘zlar bir-biriga bog‘liq murakkablikni tashkil qiladi. Ingliz shoirlarining ko‘pchiligi gap deb ataladigan grammatik birlikni asosiy ma’no birligi, she’riy chiziq (misra) birligi, bayt (stanza) birligi sifatida ishlatadilar. Ingliz tili sintaksisining ega+kesim+to‘ldiruvchi (SVO)dan tarkib topishini hisobga olgan holda, sodda gaplardan tarkib topgan oq yoki erkin she’r vaznida yaratilgan she’rlar zamonaviy she’riyatda ko‘p uchraydi. J.Draydenning “Mac Flecknoe”52 asarining 1-qatorida “All human beings are subject to decay” bayti, T.S.Eliotning “The Love Song of J.Alfred Prufrock”53 she’ridagi “I am not Prince Hamlet, nor was meant to be” misrasi, A.R.Ammonsning “Pet Panther”54 she’rining dastlabki qatoridagi “My attention is a wild/animal” misollarida ot (ega) fe’lning to be shakli bilan ergashib kelib, (predicate complement) egani to‘ldiradi. Amerikalik shoir Kennet Kochning “Permanently”55she’rida uch asosiy turdagi gap turlari qatnashgan: One day the Nouns were clustered in the street. An Adjective walked by, with her dark beauty. The Nouns were struck, moved, changed. The next day a Verb drove up, and created the Sentence. Bu gap turlari – oddiy, murakkab va qo‘shma bo‘lib, har bir gapdan keyin o‘quvchi pauza (sukut) qiladi, bu pauza fikrlar orasida to‘xtalish, vaqt ketma-ketligini ko‘rsatish uchundir. Bu parchada bosh gap va ergash gap sukut va bog‘lovchi orqali ajratilgan. Shekspirning 106-sonnetida56 bosh va ergash gaplar quyidagicha joylashgan: When in the chronicle of wasted time I see descriptions of the fairest wights, And beauty making beautiful old rhyme In praise of ladies dead and lovely knights, Then, in the blazon of sweet beauty’s best, Of hand, of foot, of lip, of eye, of brow, I see their antique pen would have expressed Even such a beauty as you master now. Agar sintaksisni she’rning tanasi deb hisoblasak, ergash gaplarni topish uning oyoq-qo‘lini topishdekdir. Sonnetning 7-qatoridagi I see bosh gap bo‘lib, that bog‘lovchisi tushirib qoldirilgan their antique pen would have expressed ergash gapi bilan bog‘langan. Garchi, “when…. then” strukturasi g‘oyalarning to‘g‘ri muvozanatini belgilab beradi. Edward Teylorning “Upon Wedlock, and Death of Children”57 she’rining dastlabki misrasi “A curious knot God made in paradise” da shoir to‘ldiruvchini ega va kesimdan oldin qo‘llaydi, she’riyatda inversiyaning qo‘llanishi misralarda qofiya va ritmning moslashuviga, ekspressivlikni oshishiga olib keladi. Ingliz shoiri Edmund Spenser so‘z tartibi inversiyasini jiddiy metafizik ta’sirga ega bo‘lgan aqlli effektlarni yaratish uchun foydalanadi. Uning “The Faerie Queene” 58 epik she’rida u yosh, tajribasiz qahramonni quyidagicha ta’riflaydi: Full jolly knight he seemd, and faire did sitt, As one for knighty giusts and fierce encounters fit. Birinchi gap to‘ldiruvchi kesimli gap bo‘lib, Spenser bunda inversiya yaratgan (aslida to‘g‘ri tartib he seemed a very jolly/ gallant knight) “ko‘rinmas” haqiqatga ishonish fikrini dramatizatsiya qiladi. P.B.Shellining “Adonais”59 she’rida Jon Milton tasvirida inversiyani qo‘llaydi: Blind, old, and lonely, when his country’s pride, The priest, the slave, and the liberticide, Trampled and mocked with many a loathed rite….. O‘timli fe’ldan oldin kelgan ot when bilan boshlangan ergash gapning egasi hisoblanadi. Ingliz metrik she’riyatida eng ko‘p ishlatiladigan poetik inversiyaning ikki qolipi – Subject/object/verb ёки object/subject/verb so‘z tartibini belgilaydi. Shoir bu ikki so‘z tartibidan ham yuqoridagi she’rda foydalangan. Bu tartibni quyidagicha shaklda o‘zgartirish mumkin: The priest, the slave, and the liberticide trampled and mocked Milton when he was his country’s pride, and they did so with many a loathed rite. Shellining poetik sintaksisi o‘zgarishlarga boy va ko‘pchilik tanqidchilarning fikricha, shoir ishlatgan “lug‘at va sintaksis” to‘g‘ri tartibga mos kelmaydi. Jon Kitsning “Ode on a Grecian Urn”60 qasidasida keltirilgan “Thou still unvarnished bride of quietness….” birinchi misradagi still so‘zi noaniq so‘z turkumi holatida kelgan, aslida uning sifat yoki ravish (yet ma’nosida) kelganligini aniqlash orqali qasidaning boshqa so‘zi ravished bilan ikki turli ma’noda (hayajonlangan; zo‘rlangan) bog‘langan61. Adabiyotshunos T.Boboyev bu figuralarning mazmun-mohiyatini she’riy matndagi vazifalaridan kelib chiqib, tasnif etgan va tizimga solgan. Olim poetik sintaksisning poetik figuralarini yaxlit holda tasnif etgan62. She’rning emotsionalligi esa vazn, ritm, qofiya, poetik figuralar, badiiy san’atlar bilan birga poetik fonetikaga ham bog‘liq bo‘ladi. She’r san’atida, ko‘pincha, quyidagi fonetik usullar ishlatiladi: Alliteratsiya (lot. al -ga, da; a littera – harf) – she’rda, jumladan, bandda va qisman nasriy asarlarda ham bir xil undosh tovushlarning takrorlanishi. Alliteratsiya fonetik-stilistik usul sifatida badiiy nutqning intonatsion ifodaviyligini va ohangdorligini kuchaytiradi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling