Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi


Download 0.93 Mb.
bet7/59
Sana19.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1613174
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59
Bog'liq
latinskiy dissertatsiya222

Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Tadqiqot natijalari ilmiy ma’ruza ko‘rinishida 5 ta xalqaro va 2 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan o‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha jami 18 ta ilmiy ish, jumladan, Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 10 ta maqola, ulardan 5 tasi respublika va 5 tasi xorijiy jurnallarda nashr etilgan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uch bob, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan bo‘lib, umumiy hajmi 140 sahifani tashkil qiladi.
I BOB. JAHON ADABIYOTSHUNOSLIGIDA SHE’R POETIK SINTAKSISI O‘RGANILISHINING NAZARIY ASOSLARI


1.1. Dunyo adabiyotshunosligida she’r poetik sintaksis tadqiqi

She’r hissiy to‘yintirilgan badiiy nutqdir. Binobarin, “She’r ohang jihatdan ma’lum bir tartibga solingan his-tuyg‘u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli, ritmik nutqdir”8. Ayni choqda she’r “musiqiyligi, yoqimliligi, mo‘ljalga uradigan jozibasi, dilkashu dardkash insoniyligi bilan ajralib turadigan mo‘jizadir”9. Shu jihatdan uning musiqiyligi, ohangdorligi, emotsionalligini ta’min etuvchi ritmik bo‘lak va vositalar mavjud. Bo‘g‘in, turoq, ritmik pauza, turkum, vaznlar qatorida poetik sintaksis ham badiiy nutqning nafisligi, jozibasini ta’minlaydi, undagi kechinmalar to‘lqinini ifoda etadi. Poetik sintaksis adabiyotshunoslik, ayniqsa, she’rshunoslikning dolzarb masalalaridan biridir. Sintaksis tildagi gap qurilishini anglatsa, poetik sintaksis she’r tuzilishini bildiradi. Ya’ni she’r matnini tashkil etgan unsurlarni anglatadi. Binobarin, N.Patroyevaning yozishicha: “She’riy sintaksis – badiiy asardagi lingvistik vositalarni tartibga solish tizimi bo‘lib, bu gapning emotsionalligini oshirishga yordam beradi. So‘zlarning o‘ziga xos guruhlanishi, ularning o‘ziga xosligi, me’yoriy sintaksisdan farqli bo‘lishi, iboradagi joylashuvi matnning hissiy ta’sirini kuchaytirishga, uning yanada ifodali, tushunarli bo‘lishiga yordam beradi”10. Shu jihatdan she’riy sintaksis badiiy asardagi lingvistik vositalarni tartibga solish tizimi bo‘lib, fikr emotsionalligini, bo‘yoqdorligini oshirishga yordam beradi. Poetik sintaksisning vazifasi badiiy asardan rang-barang nutqiy qurilishlar va obrazli til vositalari, jumla tuzish usullarini tadqiq etishdan iboratdir. So‘zlarning o‘ziga xos guruhlanishi, ularning o‘ziga xosligi, me’yoriy sintaksisdan farqli bo‘lishi, iboradagi joylashuvi matnning hissiy ta’sirini kuchaytirishga, uning yanada ifodali, tushunarli bo‘lishiga yordam beradi.


Jahon adabiyotshunosligida poetik sintaksis masalasi ancha keng o‘rganilgan. Jumladan, maxsus tadqiqotlarda va adabiyot nazariyasi muammolari tadqiqiga bag‘ishlangan ishlarda ham poetik sintaksisga xos xususiyatlar yoritilgan. Ularda poetik sintaksisning she’rdagi unsurlari, ularning badiiy vazifalari haqida fikr yuritilgan. Shularni inobatga olib, bunday tadqiqotlarni ikkiga bo‘lib tasnif qilish mumkin:

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling