Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Tadqiqotning ilmiy yangiligi


Download 0.93 Mb.
bet5/59
Sana19.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1613174
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
latinskiy dissertatsiya222

Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“poetik sintaksis” tushunchasi, uning adabiyotshunoslikda qo‘llanilishi va uning she’riy nutq tashkillanishidagi ekspressiv, kompozitsion va ritm hosil qiluvchi kabi badiiy vazifalari ochib berilgan;
zamonaviy ingliz va o‘zbek shoirlari ijodi misolida poetik sintaksisning kuchaytiruvchi (ritorik so‘roq, ritorik murojaat, ritorik xitob, anafora, epifora, alliteratsiya, assonans, konsonans) ning poetik mazmunni ochib berishga xizmat qilishi asoslangan;
zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyatida alliteratsiyaning poetik matn emotsionalligini ifodalashi, uning turg‘un va kesishgan alliteratsiya singari shakllarda namoyon bo‘lishi, ellipsisning ta’kid ma’nosini va falsafiy fikrni kuchaytirishi, fikr ixchamligi va mazmundorligini ta’minlashi dalillangan;
zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyatida anaforaning tasvir obyektini ta’kidlash, iliq tuyg‘ularni ta’sirchan ifodalash, ma’noni kuchaytirish, kuchli iztirob, g‘am-qayg‘u tuyg‘ularini aks ettirish kabi badiiy vazifalarni bajarib kelganligi, xronotop bo‘lib kelishi, satrlarni mazmunan yaxlitlashtirish, birlashtirishga xizmat qilishi singari xususiyatlari asoslangan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
zamonaviy ingliz va o‘zbek shoirlarning pasaytiruvchi (ellipsis, sukut), o‘zgartiruv (inversiya) figuralaridan foydalanish mahorati ochib berilgan;
poetik sintaksis unsurlarining uyg‘un kelishi poetik matn emotsionalligini ta’minlashi va badiiy mazmunni yorqin ifodalashi dalillangan.
ritorik so‘roqlarning she’riyatda tajohuli orif yaratishga, ritorik murojaatning mubolag‘a badiiy san’ati bilan yonma-yon kelishi, inversiyaning ohang, poetik matn emotsionalligi va badiiy mazmunni ifodalashda birlamchi vosita bo‘lib xizmat qilishi ochib berilgan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi muammoning aniq qo‘yilganligi, olimlarning nazariy fikrlariga tayanilganligi, tadqiqotda zamonaviy tarjimashunoslik yutuqlaridan kelib chiqqan holda chiqarilgan xulosalarning qiyosiy-tipologik, kontekstual, germenevtik, analitik, tasniflash va komponent tahlil kabi usullar orqali dalillanganligi bilan belgilanadi; nazariy fikr va natijalarning amaliyotda joriy etilganligi, olingan xulosalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling