Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasi ilmiy tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi


Download 0.93 Mb.
bet4/59
Sana19.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1613174
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
latinskiy dissertatsiya222

Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasi ilmiy tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya Buxoro davlat universiteti ilmiy tadqiqot rejasining 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan “Chet tili o‘qitishning dolzarb masalalari” mavzusi doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi poetik sintaksis masalasini zamonaviy ingliz va o‘zbek shoirlari ijodi misolida yoritishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
dunyo adabiyotshunosligida she’riy nutqning poetik sintaksisi o‘rganilgan tadqiqotlarning nazariy asoslarini ochib berish;
zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyati poetik sintaksisining she’r nutq tashkillanishidagi badiiy vazifalarini ochib berish;
she’r poetik sintaksisi figuralarini tasnif qilish;
zamonaviy ingliz shoirlari Kerol Enn Daffi, Sheymas Xini, Kerol Rumens, Jeki Key, Saymon Armitij, Ros Barber, Varsan Shir, Jeffri Xill, Brayan Patten, Pol Maldun, Sofi Xanna, Ren Sturjis, Siaran O’Driskoll ijodida yetakchi bo‘lgan poetik sintaksis unsurlarini aniqlash;
zamonaviy o‘zbek she’riyati vakillari Asqar Mahkam, Ikrom Otamurod, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Iqbol Mirzo, Sirojiddin Sayyid, Azim Suyun, Usmon Azim, Habib Sa’dulla, Eshqobil Shukur ijodida alohida xususiyat kasb etgan figuralarni aniqlashdan iborat.
Tadqiqotning obyekti sifatida zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyatining vakillari Kerol Enn Daffi, Sheymas Xini, Kerol Rumens, Jeki Key, Saymon Armitij, Ros Barber, Varsan Shir, Jeffri Xill, Brayan Patten, Pol Maldun, Sofi Xanna, Ren Sturjis, Siaran O’Driskoll, Asqar Mahkam, Ikrom Otamurod, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Iqbol Mirzo, Sirojiddin Sayyid, Azim Suyun, Usmon Azim, Habib Sa’dulla, Eshqobil Shukur asarlari tanlangan.
Tadqiqotning predmetini zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyati poetik sintaksisini ochib berish tashkil etadi.
Tadqiqotning usullari. Dissertatsiyada qiyosiy-tipologik, kontekstual, germenevtik, analitik, tasniflash, lingvistik va komponent tahlil kabi usullardan foydalanilgan.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling