Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati
Download 0.93 Mb.
|
latinskiy dissertatsiya222
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati
- Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyatida poetik sintaksis masalasi ochib berilgan xulosalar jahon she’rshunosligi yo‘nalishidagi tadqiqotlarda mazkur ish muayyan darajada ilmiy manba bo‘lib xizmat qilishi bilan belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati oliy ta’lim muassasalarining ingliz filologiyasi, xorijiy til va adabiyoti fakultetlarida “Angliya adabiyoti”, “Jahon adabiyoti tarixi”, “Tarjima nazariyasi”, “Adabiyotshunoslik nazariyasi” fanlaridan darslik, o‘quv qo‘llanmalar yaratishda, adabiyotshunoslik lug‘atlarini takomillashtirishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyatida poetik sintaksis masalasi bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida: Kerol Enn Daffi, Sofi Xanna, Brayen Patten, Jeki Key, Abdulla Oripov, Sirojiddin Sayyid, Azim Suyun, Iqbol Mirzo, Asqar Mahkam, Ikrom Otamurod, singari shoirlar ijodida poetik sintaksisning ritorik so‘roq, ritorik murojaat, ritorik xitob, alliteratsiya, anafora, epifora, ellipsis, sukut, inversiyaning poetik mazmunini ochib berishdagi o‘rni yoritilgan; poetik sintaksis unsurlarining badiiy matn emotsionalligiga xizmat qilishiga oid tahlil va xulosalardan olingan natijalardan Yevropa Ittifoqining tomonidan Erasmus + dasturining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” (2016-2018 y.y) nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 2-dekabrdagi 3459/30.02.01-sonli ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy ingliz va o‘zbek shoirlari she’rlari poetik sintaksisi bilan bog‘liq tahlillar talabalarning she’r tuzilishi haqidagi nazariy tushunchalarini boyitishga xizmat qilgan; zamonaviy ingliz she’riyatida anaforaning satrlarni mazmunan yaxlitlashtirish, birlashtirishga, tasvir obyektini ta’kidlash, kechinmani ta’sirchan ifodalashga xizmat qilganligi; hozirgi o‘zbek she’riyatida ellipsis ta’kid ma’nosini va falsafiy fikrni kuchaytirish, lirik qahramon ruhiy holatini ochib berish, fikr ixchamligi va mazmundorligini ta’minlashga xizmat qilganligi; zamonaviy o‘zbek shoirlari ijodida inversiya ohang, poetik matn emotsionalligi va badiiy mazmunni ifodalashdagi birlamchi vosita ekanligi, epiforaning tajohuli orif uchun asos bo‘lishi, poetik fikrni tasdiqlash vazifasini bajarganligi, xronotop bo‘lib kelganligi haqidagi nazariy xulosalaridan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2020 y.y.) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan. (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 16-dekabrdagi №17.01/216-son ma’lumotnomasi) Natijada fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar va monografiyalarning poetik sintaksis bo‘yicha ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan; dissertatsiyaning Kerol Enn Daffi, Sofi Xanna, Brayen Patten, Jeki Key, Abdulla Oripov, Sirojiddin Sayyid, Azim Suyun, Iqbol Mirzo, Asqar Mahkam, Ikrom Otamurod singari shoirlar ijodi misolida she’riy qurilish va tuzilishini ochib berishdagi o‘rni yoritilgan va poetik matn emotsionalligi va badiiy mazmunni ifodalashdagi o‘rni dalillangan tahlillardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom Buxoro”, “Najot bilimda” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 13-dekabrdagi 1/330-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotdagi yangi fikr-qarashlar teletomoshabinlarning zamonaviy ingliz va o‘zbek shoirlari ijodi bilan yaqindan tanishishlariga imkon yaratgan, adabiy ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligini ta’minlashga xizmat qilgan. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling