Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
Download 0.93 Mb.
|
latinskiy dissertatsiya222
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi bob yuzasidan xulosalar Birinchidan
- Ikkinchidan
- To‘rtinchidan
- Beshinchidan
- Oltinchidan
Jeffri Xill yuqoridagi she’rida [r] va [s] tovushlari konsonans effektini yaratish uchun ishlatgan. O‘quvchilarni she’r mazmuniga ko‘proq e’tibor qaratish uchun [s] tovushi ko‘proq seziladi, chunki [s] tovushini o‘qish davomida bir necha marta pauza qiladi. Zamonaviy o‘zbek shoiri Usmon Azimning yuqoridagi “Mamamrayim baxshining bir davrada aytgani” she’riy parchasida ishlatilgan “Baxshi”, “bilmaysiz”, “Bu”, “berolmaysiz”, “baho”, “bo‘lib” so‘zlarida b tovushi konsonansni hosil qilgan. Usmon Azim mazkur she’rida Mamamrayim baxshining etikdo‘z bolalarning kishilarning boy va kambag‘alligiga qarab, ularga bo‘lgan muomalasi tilga olinishida shoir mohirona ravishda konsonansni qo‘llaydi. Tovush takrorining ishlatilishi she’r ritmini kuchaytirib bergan. Ikkinchi bob yuzasidan xulosalar Birinchidan, zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyatida anafora turli badiiy vazifalarni bajarib kelgan. Jumladan, bu orqali fikr emotsionalligiga erishilgan, inversiya uchun ham asos bo‘lgan. Anaforalar leksik va sintaktik ko‘rinish kasb etgan. Eng asosiysi, anafora tasvir obyektini ta’kidlash, iliq tuyg‘ularni ta’sirchan ifodalash, kuchli iztirob, g‘am-qayg‘u tuyg‘ularini aks ettirish kabi badiiy vazifalarni bajarib keladi. Ikkinchidan, zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyatida takror satrlarni mazmunan yaxlitlashtirish, birlashtirishga xizmat qilgan. Uchinchidan, ritorik murojaat, ritorik so‘roqlar lirik qahramon ruhiyatini ifodalab kelgan. Shu bilan birga bitta so‘zning o‘zi bir paytning o‘zida ham ritorik murojaat, ham anafora bo‘lib kelishi zamonaviy she’riyat poetik sintaksisiga xos yangilanish sifatida ko‘zga tashlanadi. Shunday qilib, zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyatida poetik sintaksis unsurlarining uyg‘un kelishi poetik fikr takomiliga xizmat qilgan. To‘rtinchidan, ritorik murojaatlar ta’sirdorlikni oshiribgina qolmay har kishini diliga bir nazar tashlashga majbur qiladi va shunda adabiyotning tarbiyaviylik funksiyasi ham ro‘yobga chiqadi. Zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyatida anaforaning leksik va sintaktik ko‘rinishlari mavjudligi kuzatiladi. Leksik anaforalar ma’noni kuchaytirishga, poetik mazmunni ta’kidlashga xizmat qilgan, xronotop vazifasini ham bajarganligi kuzatiladi. Sintaktik anaforalar esa lirik qahramonning qalbida kechadigan kontrast jarayonlar: ruhiy xotirjamlik va g‘alayonlarni aks ettirganligi ko‘zga tashlanadi. Beshinchidan, epifora radifdan farqli ravishda zamonaviy she’riyatning tuzilishidagi muhim unsurdir. U she’rning har bir bandida alohida takrorlanib keladi va poetik mazmunni ta’sirchan ifodalashga xizmat qiladi. Takrorning bu turi tajohuli orif uchun ham asos bo‘lgan; falsafiy-ramziy ma’no bildirgan; poetik fikrni tasdiqlash vazifasini bajargan; lirik qahramonning iztirobli kechinmalarini va ko‘tarinki kayfiyatini ifodalab kelgan. Oltinchidan, zamonaviy ingliz she’riyatida alliteratsiyaning ham turg‘un, ham kesishgan shakli uchraydi. Zamonaviy o‘zbek she’riyatida ko‘proq qo‘shimchalar takroriga asoslangan alliteratsiyaning ishlatilishidan keng foydalanilgan. Assonans esa she’rda ritmning kuchaytirilishiga asos bo‘lganligi kuzatildi. Qolaversa, alliteratsiya va konsonansning farqli va o‘xshash tomonlari tahlil qilindi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling