Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Download 0.93 Mb.
bet47/59
Sana19.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1613174
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   59
Bog'liq
latinskiy dissertatsiya222

43-misol.

Ingliz tilida

Ozbek tilida

Cheers... Thing is, you’ve got to grab attention
With just one phrase as punters rush on by.
I’ve made mistakes too numerous to mention,
So now we print the buggers’ inches high.
TOP MP PANTIE ROMP INCREASES TENSION.
RENT BOY: ROCK STAR PAID ME WELL TO LIE.214

Topmadim, ey dilim, ey dil, ey dilim,
Ey ko‘nglim, ey ko‘nglim, devona ko‘nglim!
Sen – qayda?.. Men – qayda?.. Makoning – qayda?..215

...Mening yuragimni ezadi...


...Dilim sahrosida bir oh...
...Dilim sahrosida bir...
...Dilim sahrosida...
...Dilim...216

Kerol Enn Daffining yuqoridagi she’rida muallif murojaati og‘zaki muloqot shaklidagi erkin vaznli she’rdir. She’rning 7-qatorida Thing is deb boshlanuvchi jumlada the aniq artikli tushirib qoldirilgan va ellipsis hosil qilingan. Diskurs markerlar “Thing is”, “Of course” va “And, yes” nutq belgilari sifatida suhbatni boshlash, biror mavzudan boshqasiga o‘tish, so‘zlovchi, tinglovchi va yetkazilayotgan xabar orasidagi interaktiv munosabatni ko‘rsatish uchun ishlatilgan. Ushbu hodisalar norasmiy nutqqa xos bo‘lib, suhbat davomida so‘zlovchining vazifalarini kamaytirish uchun xizmat qiladi. Xuddi shu misraning boshidagi “Cheers..”. so‘zidan keyin sukutning berilishi o‘quvchiga e’tiborni jamlash uchun yordam beradi. Bu so‘z Britaniya pivoxonalarida ichimlik ichishni boshlashdan oldin hamrohlarga aytiladigan so‘zdir. Asqar Mahkamning yuqoridagi satrlari hayotiy mazmun kasb etgan. Bobur g‘azallari ruhini, aniqrog‘i, “Jonimdan o‘zga yori vafodor topmadim, Ko‘nglimdin o‘zga mahrami asror topmadim” satrlarini yodga soladi. Birinchi va ikkinchi misralarda ritorik murojaat bor: ko‘ngilga murojaat qilingan. Oxirgi satrda esa ellipsis va sukut qo‘llangan: sen, men, makoning – ega; “qayda” har uchalasi uchun ot-kesim vazifasini bajarib keladi. Ayni choqda, “qayda?” so‘rog‘ida ritorik so‘roq va sukut bor. Bu shoirning poetik sintaksisning ellipsis, ritorik murojaat, ritorik so‘roq, sukut kabi unsurlarini uyg‘un qo‘llash orqali badiiy ta’sirchanlikka erishilgan.
Yuqoridagi satrlarda pasaytiruvchi figura sifatida qati’ qo‘llangan. Prof. A.Fitrat ta’kidlaganidek, insonda shunday his-tuyg‘ular, fikr-mulohazalar xam bo‘ladiki, ularni ifodalashda ortiqcha so‘zlash “foydasiz bo‘lganini sezgan shoir birdan so‘zini kesadir, o‘zining so‘ylashdan ojiz qolg‘anini anglatmoq yo‘li bilan tuyg‘ularining kuchini ko‘rsatmoq istaydir. Bunga adabiyot tilida “kesish” (“qat’”) deyiladi”217. Ya’ni har bir misra boshi va oxirida ko‘p nuqtalar kelgan. Chunki satrlar osha so‘zlar kamayib borgan. Shu bilan birga, anafora yuzaga kelgan. Shoir qalbini vayron etgan iztirobli kechinmalar qati’ va anafora orqali ifoda etilgan.
42-misol.

Ingliz tilida

Ozbek tilida

I like to think that I’m a sort of poet
For our times. My shout. Know what I mean?
I’ve got a special talent and I show it
In punchy haikus featuring the Queen.
DIPLOMAT IN BED WITH SERBO-CROAT.
EASTENDERS’ BONKING SHOCK IS WELL-OBSCENE.218



Temuriy esam-da, Mirzo esam-da,
men – banda, men – banda, men – banda...
Yo Rabbiy, ilkimda paymona – to‘ldir,
ko‘ngildek labolab bo‘lsin-da, sinsin,
Yo Rabbiy, to‘rt yuzu qirq to‘rt so‘ngagim
harbalarda singuncha senga sig‘insin!219



Yuqoridagi ingliz tilidagi misralarda inversiya, anafora va ellipsisni kuzatish mumkin. “I” kishilik olmoshining takrori anafora bo‘lsa, Know what I mean? jumlasida “You (know)” yoki “do” so‘roq yuklamasining (what do I mean?) tushirib qoldirilishi ellipsisga misol bo‘ladi. In punchy haikus featuring the Queen jumlasida esa inversiyani kuzatish mumkin. Ingliz tilining sintaktik qoidalariga asosan SVO (ega+kesim+to‘ldiruvchi) strukturasi o‘zgargan, bu holatda The Queen featuring haikus in punchy tarzida almashtirish mumkin. “Tavajjuh” dostonidan olingan o‘zbek tilidagi misralarni Bobur monologlari deyish mumkin. Bunda ellipsis, sukut, ritorik murojaat, anafora birga kelgan. Ellipsis o‘ziga xos: “men – banda, men – banda, men – banda...” satrida uyushgan holda kelgan. “Men” – ega, “banda” – ot-kesim. Bunda ellipsisning uyushgan holda kelishi poetik fikrni ta’kidlashga, insonning banda ekanligini yana bir karra uqtirishga xizmat qilgan. Bu – shoir uslubining individualligini ham bildirib turadi. “Yo Rabbiy” bir paytning o‘zida ham ritorik murojaat, ham anafora bo‘lib kelgan.
Topmadim, a’moli dunlardan dunroq,
toleyi tundan-da tunroq, yupunroq...
Ko‘rdimki, borlarning pesi ham xoldir,
o‘zimdek bir haqir topmadim biroq...
Topmadim, ey dilim, ey dil, ey dilim,
Ey ko‘nglim, ey ko‘nglim, devona ko‘nglim!
Sen – qayda?.. Men – qayda?.. Makoning – qayda?220.
Yuqoridagi satrlarda anafora, sukut, inversiya, ritorik murojaat birga kelgan. She’r mohiyatan Alisher Navoiyning “Mehr ko‘p ko‘rguzdim ammo mehribone topmadim” g‘azali mazmuniga yaqin. Lirik qahramon dunyoda o‘zidek haqir, tolei tundan tun, yupun kishini topmaganligidan yozg‘iradi. Ayni choqda sukut orqali bu fikrning davomli ekanini aytadi. “Ey dilim”, “ey dil”, “ey dilim”; “ey ko‘nglim”, “ey ko‘nglim” kabilar ritorik murojaat va takrorning o‘ziga xos ko‘rinishi hamdir. Alisher Navoiy ko‘ngilni Ka’baga tenglashtiradi. Shoirning lirik qahramoni ko‘ngilga murojaat qilar ekan, uning makonini izlaydi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling