Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Ellipsis va sukutning xususiyatlari


Download 0.93 Mb.
bet43/59
Sana19.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1613174
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   59
Bog'liq
latinskiy dissertatsiya222

3.2. Ellipsis va sukutning xususiyatlari
Tasvir obyektini yoxud ehtiroslar oqimini va intonatsiyani pasaytirish (susaytirish)ni ifodalovchi tasvir usullari pasaytiruvchi figuralar deb yuritiladi. Figuralarning bu guruhiga ellipsis, sukut (jim qolish), so‘zlarni bo‘lib-bo‘lib aytish kabilar mansub. Poetik sintaksisning pasaytiruvchi figuralaridan biri ellipsisdir. She’riyatda bu unsur alohida o‘ringa ega. Ellipsis (yun. Ellipsis –tushirish, tushib qolish) – stilistik figuralardan biri, nutqda jumla tarkibidagi so‘z (bo‘lak) ni atayin tushirib qoldirish. Ya’ni elipsis muayyan badiiy-estetik maqsadni ko‘zlagan holda amalga oshadi, ikkinchidan, so‘z (bo‘lak) tushirib qoldirilsa-da, uning borligi nazarda tutiladi va anglashilib turadi. O‘zbek she’riyatida ko‘proq bosh bo‘laklaridan birining tushirib qoldirilishi hisobiga voqe bo‘luvchi ellipsislar kuzatiladi. Darhaqiqat, ellipsis she’riyatda so‘zlarni tejab ishlatish usulidir. Adabiyotshunos T.Boboyevning fikricha: “U yoxud bu fikrni ifodalash uchun eng zarur so‘zlarnigina ishlatish, ikkinchi darajali so‘zlarni ongli ravishda tushirib qoldirish yo‘li bilan shoirlar lokanizmga erishadi”187. Ya’ni bu usul orqali fikrni qisqa va aniq ifodalashga erishiladi. Qolaversa, “ellipsislarsiz she’riy nutq sintaksisini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu usul mumtoz adabiyotimizda “iyjoz” deb yuritilgan”188.
Shu jihatdan zamonaviy o‘zbek she’riyati sahifalari nazardan o‘tkazilsa, Asqar Mahkam, Ikrom Otamurod, Sirojiddin Sayyid singari shoirlar ijodida ellipsisning betakror namunalari borligi kuzatiladi.
Ikrom Otamurod she’rlarida ham ellipsisning yaxshi namunalari uchraydi.
36-misol.

Ingliz tilida

Ozbek tilida

There once was a country… I left it as a child
But my memory of it is sunlight-clear
For it seems I never saw it in that November
Which, I am told, comes to the mildest city.189



Sen – mohsan, sen – mohsan,
gul –mohisan, gul – mohi.
Kanglum qidirgan ohsan,
kanglumda qolgan ohi...
Sen – gulsan, sen – gulsan.
Sen – elatsan, sen – xalqsan,
sen – millatsan, sen – Vatan.
Ruhida hurlik balqqan
sohibnazarsan, zotan.
Sen – g‘urursan, sen – qadr,
sen – nomussan, sen – orsan.
Botining nurga adr,
zohiring nurga yorsan190.

Zamonaviy ingliz shoirasi Kerol Rumensning “The Emigree” she’ri erkin she’r shaklida yozilgan jami 25 qatordan iborat, qat’iy qofiya va metrik qatorga ega bo‘lmagan she’rdir. She’rning birinchi qatorida ishlatilgan uch nuqta gapning davomi tushirib qolganligini bildiradi va bu shoirning ishlatgan ellipsisidir. Ellipsisda gapning ma’lum bo‘lagi, qismi tushirilib qoldiriladi va bu o‘quvchidan tushirilgan qismni o‘z holicha tushunishini talab qiladi. Ma’lumki, ellipsisda ko‘pincha ega va ot-kesim juftligi kelishi muhim xususiyat sanaladi. Yuqoridagi Ikrom Otamurodning “Sen” she’ridagi satrlarda uning shu ko‘rinishi ko‘p qo‘llangan. “Sen” so‘zining takrori esa ta’kid ma’nosini kuchaytirib keladi. “Sen” – shoirning lirik qahramoni, sevgili go‘zalni ifodalab keladi. Ta’kidlash kerakki, ellipsis she’rda falsafiy fikrni kuchaytirishga ham xizmat qilgan. Ya’ni lirik qahramon “sen” shoirning nazdida nafaqat sevgili go‘zal, balki u elat, xalq, millat, Vatanga teng. U g‘urur, qadr, nomus, or, bugun, ertadir. Ayni choqda sen armon, umid, o‘zlikdir. Demak, shoir yaratgan ega va ot-kesimdan iborat ellipsislarning she’rdagi yuki va mazmuni shu bilan belgilanadi.
37-misol.


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling