Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Download 0.93 Mb.
bet51/59
Sana19.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1613174
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   59
Bog'liq
latinskiy dissertatsiya222

Birinchidan, sukut – ko‘p nuqtalar fikr davomiyligini, his-kechinmalar cheksizligini, she’rga sig‘magan fikrlarni, insoniy dardlarning nihoyasizligini, orzulari ro‘yobini istayotgan lirik qahramon holatini ifodalashga xizmat qilgan.
Ikkinchidan, ellipsis falsafiy mazmunni kuchaytirishga xizmat qilgan. Zamonaviy she’riyatda uning o‘ziga xos yangi ko‘rinishi qo‘llangan. Misradan misraga o‘tgani sari so‘zlar miqdori kamayib borishi va geometrik shaklni hosil qilishi, uyushgan holda kelishi, poetik fikrni ta’kidlab kelishi singarilar muhim xususiyat sifatida ko‘zga tashlanadi. Ellipsis strukturasi ega+ot-kesimdan iborat. Ot-kesim bo‘lib keluvchi so‘z ot va sifat turkumiga mansub.
Uchinchidan, anafora bo‘lib keluvchi so‘zga asosiy ma’nolar yuklanadi. Bu unsur orqali lirik qahramonning iztirobli kechinmalari ifoda etiladi. Shu bilan birga takrorlanovchi so‘zlar miqdorining satrdan satrga o‘tgani sayin kamayib borishi va ko‘payib borishi ham zamonaviy she’riyati poetik sintaksisiga xos muhim xususiyat sifatida ko‘zga tashlanadi. Shu bilan birga takroriy so‘zlar (“ohista-ohista”) ning anafora bo‘lib kelishi tasvir obyektini kuchaytirishga xizmat qilgan.
To‘rtinchidan, ritorik murojaat ko‘pincha suyukliga, qalbga qilingani kuzatiladi. Ritorik so‘roqlar esa lirik qahramon ruhiyatini ifodalab keladi. Shu bilan birga bitta so‘zning o‘zi bir paytning o‘zida ham ritorik murojaat, ham anafora bo‘lib kelishi zamonaviy she’riyat poetik sintaksisiga xos yangilanish sifatida ko‘zga tashlanadi.
Umuman olganda, zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyatida ellipsis//sukut, sukut//inversiya, sukut//anafora//ellipsis, ritorik murojaat//ritorik so‘roq//anafora, ellipsis tarzida poetik sintaksis unsurlarining uyg‘un kelishi poetik fikr takomiliga xizmat qilgan.
Uchinchi bob yuzasidan xulosalar


Birinchidan, she’riyatda ellipsis ta’kid ma’nosini va falsafiy fikrni kuchaytirishga, fikr ixchamligi va mazmundorligini ta’minlashga erishilgan. Ular ellipsislar morfologik tuzilishi jihatidan ot +ot, ot+sifatdan tarkib topgan. Ellipsisda ot-kesim va ega o‘rni almashishi natijasida inversiya yuzaga kelganligi kuzatiladi. Ellipsis tashbeh, tashxis, tazod singari san’atlar uchun asos bo‘lib kelgan.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling