Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Download 0.93 Mb.
bet52/59
Sana19.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1613174
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59
Bog'liq
latinskiy dissertatsiya222

Ikkinchidan, ritorik murojaatlar ta’sirdorlikni oshiribgina qolmay, har kishini diliga bir nazar tashlashga majbur qiladi va shunda adabiyotning tarbiyaviylik funksiyasi ham ro‘yobga chiqadi. Zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyatida anaforaning leksik va sintaktik ko‘rinishlari mavjudligi kuzatiladi. Leksik anaforalar ma'noni kuchaytirishga, poetik mazmunni ta’kidlashga xizmat qilgan, xronotop vazifasini ham bajarganligi kuzatiladi. Sintaktik anaforalar esa lirik qahramonning qalbida kechadigan kontrast jarayonlar: ruhiy xotirjamlik va g‘alayonlarni aks ettirganligi ko‘zga tashlanadi.
Uchinchidan, epifora radifdan farqli ravishda zamonaviy she’riyatning tuzilishidagi muhim unsurdir. U she’rning har bir bandida alohida takrorlanib keladi va poetik mazmunni ta’sirchan ifodalashga xizmat qiladi. Takrorning bu turi tajohuli orif uchun ham asos bo‘lgan; falsafiy-ramziy ma’no bildirgan; poetik fikrni tasdiqlash vazifasini bajargan; lirik qahramonning iztirobli kechinmalarini va ko‘tarinki kayfiyatini ifodalab kelgan. Sukut esa fikr davomiyligini, his-kechinmalar cheksizligini, she’rga sig‘magan fikrlarni ifodalashga xizmat qilgan.
To‘rtinchidan, zamonaviy she’riyatda ellipsisning o‘ziga xos yangi ko‘rinishi qo‘llangan. Jumladan, misradan misraga o‘tgani sari so‘zlar miqdori kamayib borishi va geometrik shaklni hosil qilishi, uyushgan holda kelishi, poetik fikrni ta’kidlab kelishi singarilar muhim xususiyat sifatida ko‘zga tashlanadi. Anafora bo‘lib keluvchi so‘zga asosiy ma’nolar yuklangan, Shu bilan birga takrorlanovchi so‘zlar miqdorining satrdan satrga o‘tgani sayin kamayib borishi va ko‘payib borishi ham zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyati poetik sintaksisiga xos muhim xususiyat sifatida ko‘zga tashlanadi.
Beshinchidan, ritorik murojaat, ritorik so‘roqlar esa lirik qahramon ruhiyatini ifodalab kelgan. Shu bilan birga bitta so‘zning o‘zi bir paytning o‘zida ham ritorik murojaat, ham anafora bo‘lib kelishi zamonaviy she’riyat poetik sintaksisiga xos yangilanish sifatida ko‘zga tashlanadi. Shunday qilib, zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyatida poetik sintaksis unsurlarining uyg‘un kelishi poetik fikr takomiliga xizmat qilgan.


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling