Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
Download 0.93 Mb.
|
latinskiy dissertatsiya222
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
- Uchinchidan
- To‘rtinchidan
- Beshinchidan
- Oltinchidan
- Yettinchidan
XULOSA
Birinchidan, poetik sintaksis adabiyotshunoslik va tilshunoslik kesimidagi o‘ziga xos yo‘nalishdir. Sintaksis tildagi gap qurilishini anglatsa, poetik sintaksis she’r tuzilishini bildiradi. Poetik sintaksis bir nechta unsurlardan tarkib topgan. Ular orqali badiiy matnning emotsionallik, obrazlilik xususiyati yuzaga chiqadi. Rus adabiyotshunosligida poetik sintaksis nazariyasi I.Kovtunova ishlarida maxsus o‘rganilgan. Olima birinchilardan bo‘lib “poetik sintaksis” terminini fanga olib kirdi. Unga qadar ham bu jarayon stilistika tarkibida tadqiq etilgan. O‘zbek adabiyotshunosligida B.Sarimsoqov Navoiy lirikasi misolida baytda so‘z qo‘llash, poetik jumla qurish masalasini o‘rgangan, T.Boboyev esa poetik sintaksisning ichki ko‘rinishlarini tasnif etgan. Ikkinchidan, bir qator olimlarning tadqiqotlarida poetik sintaksisning har bir figurasi maxsus tekshirilgan. Binobarin, K. K. Mar, S. Vin, M.Vekkesser singari olimlarning ishlarida alliteratsiyaning she’riyatdagi vazifalari ochib berilgan. Shu bilan birga A.Lebedev tadqiqotlarida parallelizm, anafora, antiteza, xiazm singari figuralar, N.Patroyeva ishlarida esa takrorlarning vazifasi yoritilgan. Uchinchidan, adabiyot nazariyalari va muayyan davr she’riyati, muayyan shoirlar ijodi o‘rganilgan tadqiqotlarda poetik sintaksisga oid qarashlar F.M.Golovenchenko, V.M.Jirmunskiy, Ye.V.Stepanov, V.Tomashevskiy kabi rus, T.Ostin, R.Yakobson, R.Kureton, N.Fabb, U. Lextsalu, G. Liyv, O.Mutt singari ingliz olimlarining tadqiqotlarida aks etgan. Bu ishlarda “stilistik vositalar”, “stilistik qurilmalar”,“takrorlash vositalari”, “alliteratsiya”, “anafora” singari terminlar qo‘llangan va ularning she’riy matndagi badiiy vazifalari ochib berilgan. O‘zbek adabiyotshunosligida amalga oshirilgan ishlarda ham poetik sintaksisning ayrim unsurlari mumtoz va zamonaviy she’riyat misolida yoritib berilgan. To‘rtinchidan, zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyatida qo‘llanilgan anafora fikr emotsionalligiga erishilganligi, inversiya uchun ham asos bo‘lganligi kuzatiladi. Ular tuzilishiga ko‘ra leksik va sintaktik ko‘rinishlarga ega. Shu jihatdan anafora tasvir obyektini ta’kidlashga, ruhiy holat, kuchli iztirob, g‘am-qayg‘u tuyg‘ularini aks ettirishga xizmat qilgan. Ingliz she’riyatida kishilik olmoshlari, predloglar, sifatlar, so‘z birikmalari anafora bo‘lib kelganligi kuzatiladi. Ta’kidlash kerakki, zamonaviy ingliz she’riyatida takrorlar satrlarni mazmunan yaxlitlashtirish, birlashtirish vazifasini bajargan. Beshinchidan, leksik anaforalar ma’noni kuchaytirishga, poetik mazmunni ta’kidlashga xizmat qilgan, xronotop vazifasini ham bajarganligi kuzatiladi. Sintaktik anaforalar esa lirik qahramonning qalbida kechadigan kontrast jarayonlar: ruhiy xotirjamlik va g‘alayonlarni aks ettirganligi ko‘zga tashlanadi. Oltinchidan, ellipsis she’riyatda: a) ta’kid; b) falsafiy fikrni kuchaytirishga; v) fikr ixchamligi va mazmundorligini ta’minlash kabi badiiy vazifalarni ado etgan. Zamonaviy she’riyatda ellipsislar ot+ot, ot+sifat singari morfologik tarkibga ega ekanligi ko‘zga tashlanadi. Ellipsisda ot-kesim va ega o‘rni almashishi natijasida inversiya yuzaga kelganligi kuzatiladi. Ellipsis tashbeh, tashxis, tazod singari san’atlar uchun asos bo‘lib kelgan. Sukut esa fikr davomiyligini, his-kechinmalar cheksizligini, she’rga sig‘magan fikrlarni ifodalashga xizmat qilgan. Yettinchidan, epifora radifdan farqli ravishda she’rning faqat bir bandida takrorlanib keladi va poetik mazmunni ta’sirchan ifodalashga xizmat qiladi. Takrorning bu turi a) tajohuli orif uchun ham asos bo‘ladi; b) falsafiy-ramziy ma’no bildiradi; poetik fikrni tasdiqlash vazifasini bajaradi; v) lirik qahramonning iztirobli kechinmalarini va ko‘tarinki kayfiyatini ifodalab keladi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling