Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
step -together, step -together, step -together
Download 0.93 Mb.
|
latinskiy dissertatsiya222
She’rdagi asosiy mavzular - ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlar, ya’ni shoira va uning onasi, shoira va uning bolalari, 50-60 yillar ko‘cha madaniyati, ayollarning jamiyatdagi rolining o‘zgarishi hisoblanadi. She’rda ritorik undalma ham ishlatilgan (Point!), ritorik so‘roq gap ham when handy packs are 50 p? ishlatilgan, bu orqali shoir kuchaytiruv ma’nosini bildiradi, o‘quvchini qiziqtiradi. Ko‘ngil lirikasi namunasi bo‘lgan S.Sayyidning yuqoridagi satrlarida epifora va ritorik murojaat birga qo‘llangan. Lirik qahramonning qalbga murojaati bo‘lgan “ey dil” birikmasi ayni vaqtda epifora hamdir. Darhaqiqat, shoir ko‘ngilni zohir, sohil, hosilga mengzaydi. Yuqoridagi misrada anafora va sukut birga qo‘llangan. “Bahor yomg‘iridan so‘nggi”birikmasi banddagi uch misra boshida takrorlangan. Shoir bahor yomg‘iridan so‘nggi maysa, deraza, daraxt kabi toza, ko‘ngli pok yigit o‘sib-ulg‘ayishini orzu qiladi. Dastlabki va so‘nggi satrdagi sukut esa shu orzuni ro‘yobini istayotgan lirik qahramonni ko‘z oldimizga keltiradi. 46-misol.
Sheymas Xinining “Bogland” (“Botqoq”) she’riy asari 1969 yilda “Door into the Dark” to‘plamida nashr etilgan. U yetti bandga bo‘lingan va ularning har biri to‘rt misradan iborat. Bular to‘rtliklar sifatida tanilgan. Satrlar ma’lum bir qofiya sxemasiga mos kelmaydi, lekin bu matnda qofiya yo‘qligini anglatmaydi. Xini she’r davomida yarim yoki qiya qofiyalardan foydalanadi. Bular assonans yoki konsonansning takrorlanishi orqali ko‘rinadi. Bu shuni anglatadiki, unli yoki undosh tovush bir qatorda yoki bir nechta misrada qayta ishlatiladi. Sheymas Xinining “Bogland” she’rida tubsiz botqoq metaforasi orqali Irlandiya tarixi va landshafti haqida gapiradi. Shoir matnni o‘quvchiga Irlandiyada dasht va vodiylar yo‘qligini aytish bilan boshlaydi. Ular sirli va yovvoyi. Noma’lum botqoqqa kelib, “Buyuk Irland Elk” ni olib ketishadi. Matn ichida boshqa bir qancha poetik uslublar ham mavjud. Ularga alliteratsiya va yonma-yon turish kiradi. Alliteratsiya “Bogland” da yana bir muhim badiiy vositadir. Bu so‘zlar ketma-ket qo‘llanilganda yoki hech bo‘lmaganda bir-biriga yaqin bo‘lib, bir harf bilan boshlanganda sodir bo‘ladi. Masalan, to‘rtinchi baytda “black butter”, ikkinchisida “sights” va “sun”. Usmon Azimni yuqoridagi she’rida ellipsis, sukut, inversiya uyg‘un kelgan. Cho‘ponning o‘tovdagi bir tuni ifoda etilgan bu satrlarda inversiya she’riy ohangdorlikni yanada kuchaytirgan. Jumladan, “o‘rnin topar paypaslab”, “o‘g‘ilchasi kirar titrab” satrlarida kesim holdan oldin kelgan, “farzandini quchoqlar cho‘pon” da esa egadan oldin kelgan. Darhaqiqat, tun uzun. Shu o‘rinda shoir ellipsis qo‘llagan: “kecha – uzun”, “kecha – cheksiz”, “kecha – g‘alayon” kabilarda kechaning sifatlari berilgan. Bunda “kecha”-ega, “uzun”, “cheksiz”, “g‘alayon” kabi sifatlar ot-kesim bo‘lib kelgan. Umuman olganda, zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyatida poetik sintaksis unsurlarining uyg‘un kelishiga oid tahlillar asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin: Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling