Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
Download 0.93 Mb.
|
latinskiy dissertatsiya222
44-misol.
Sheymas Xini o‘zining “Follower” (“Izdosh”) she’rida bir nechta poetik unsurlarni namoyish etadi, bu esa u bolalik davrining manzarasi o‘quvchilar qalbiga yetib borishiga turtki bo‘ladi. Xuddi shunday she’r ikkinchi misradagi o‘xshatish bilan boshlanadi. Bu yerda shoir otasining yelkalarini dengiz shamoli tufayli shishgan “to‘liq yelkan” bilan taqqoslaydi. Birinchi qatorda konsonans mavjud. O‘quvchilar ushbu qurilmani “worked with” iborasida uchratishadi. Shoir alliteratsiyadan ham foydalanadi. Shundan so‘ng, oxirgi misraning ochilishida asindeton ishlatiladi. Bu bayt ham antiteza hosil qiladi. Oxirgi misralardagi “Yapping always”, “Behind me, and will not go away” kabi jumlalarda tushirib qoldirilgan so‘zlar ellipsisni ko‘rsatadi. “It is my father who keeps stumbling” jumlasida esa inversiya mavjud. Ikrom Otamurodning yuqoridagi satrlarini she’riyatdagi geometrik figura deyish mumkin. Avvalo, anafora betakror: undagi so‘zlar satrdan satrdan o‘tgan sayin kamayib boradi va asosiy takrorlanuvchi so‘z “sen” qoladi. Asosiy ma’no shunga yuklanadi. Ayni vaqtda ellipsisning yangi ko‘rinishi yuzaga kelgan: an’anaviy ellipsisda ikkinchi darajali bo‘laklar tushib qoladi. Bunda esa satrlar bo‘ylab so‘zlar kamayib boradi va o‘ziga xos geometrik shaklni yuzaga keltiradi. Poetik sintaksis unsurlari tashbeh sari yo‘l ochgan. “Sen” – lirik qahramon. U yolg‘izlik bilan parallel qo‘yiladi va yolg‘izlikka xos xususiyatlar: jimjit, go‘zal, g‘amgin, sokin kabilarga qiyos etiladi. Har bir misra boshida “olis” so‘zi takrorlangan. Shu bilan birga bandning dastlabki uch misrasi so‘ngida “olis yo‘l”, keyingi uch misrasida “olis umid” birikmalari aynan takrorlangan. Bularni anafora va epiforaning uyg‘unligi deb baholash mumkin. She’r olislarda qolgan yoshlik armonlariga yo‘g‘rilgan. Shoir shu jihatdan “olis” so‘ziga katta ma’no yuklagan. Sukut esa bu kechinmalar cheksiz ekanligini ifodalab kelgan. Yuqorida ta’kidlaganimizday, “sen” – shoirning lirik qahramoni, sevgili obrazi. Bu misralarda sukut va ellipsis birga kelgan. U kelgunga qadar oshiq uchun yo‘l, vaqt, makon, kangul, haq, imkon – barchasi sog‘inch. Darhaqiqat, ellipsisda ot-kesimning bitta so‘z (“sog‘inch”) bilan berilishi I.Otamurod uslubining individuallik xususiyatini namoyon etadi. Darhaqiqat, inson hayoti sog‘inchlardan iborat. Shoir Susambilni talmeh qiladi. Susambil afsonaviy, to‘kis yurtni ifoda etadi. Demak, ma’shuqaning makoni uzoq, yetish mushkul bo‘lgan Susambil yurtida. She’rning deyarli hamma satrida sukut qo‘llangan. Bu ham she’rga sig‘magan fikrlar ko‘pligini bildirib turadi. 45-misol.
Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling