Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
Download 0.93 Mb.
|
latinskiy dissertatsiya222
“Little Red Cap” (“Kichik qizil qalpoqcha”) Kerol Enn Daffi tomonidan yozilgan. Bu uning 1999 yilgi “The World’s Wife” to‘plamidagi birinchi she’r bo‘lib, unda shoira o‘zining feministik g‘oyalarini bayon etgan. Odatda ko‘p shoir va yozuvchilarning qizil qalpoqchasi bo‘ri tomonidan yeb qo‘yilgan sodda qiz sifatida tasvirlangan bo‘lsa-da, Kerol Enn Daffining Kichkina Qizil qalpoqchasi ulardan o‘zining jinsiy qiziqishi va ambitsiyasi bilan farqlanadi. Shoiraning yuqoridagi erkin vaznli she’rida keltirilgan What big ears he had! What big eyes he had! What teeth!” misrasida ham ellipsis ishlatilgan. Aslida “What teeth he had!” bo‘lishi kerak edi. Shoira bu yerda o‘quvchining o‘ziga nima demoqchiligini tushunishini bila turib, “he had” jumlasini tushirib qoldiradi. Sinchkov kitobxon she’r kontekstidan buni osongina payqay oladi albatta. I.Otamurod satrlarida ham ellipsis qo‘llangan. “Tunlar – armon”, “Kunlar – armon” kabilarda lirik qahramon – oshiqning ruhiy holati aks etgan. Bu satrlar boshdan oxir ellipsis asosiga qurilgan. Adabiyotshunos D.Quvvatova bu haqda yozadi: “Bu misralarda ellipsisning tazod san’atini yaratishga asos bo‘lganligi kuzatilmoqda. Unda shoir, asosan, ega va ot-kesimdan tuzilgan hamda bir-biri bilan ritmik-sintaktik jihatdan parallellik hosil qilgan, mazmunan zid misralar vositasida ko‘ngil manzaralarini chizayotir. Shoir qarama-qarshi va bir-biriga yaqin ma’noli so‘zlarni qo‘llash asosida inson ko‘nglining qat-qatlariga kirib boradi”194. Darhaqiqat, shoir ko‘ngil manzaralarini chizish uchun arabcha, fors-tojikcha so‘zlarni qofiya sifatida qo‘llaydi. Ya’ni ot-kesim bo‘lib kelgan so‘zlar deyarli arab va fors-tojik tilida. Ichkari qalbni, tashqari esa ko‘ngildan tashqari olamni ifoda etadi. Lirik qahramonning qalbi xo‘rsiniq, zabun, dilsiniq, yobun kabi sifatlar orqali ifoda etiladi. Bunda ot-kesim bo‘lib kelgan so‘zlar misralararo qofiya hosil qilgan. “Zabun” – fors-tojikcha so‘z bo‘lib, ojiz, notavon, bechora, kuchsiz degan ma’nolarni bildirib kelgan195. “Yobun” bunga ohangdosh. Aslida yobon bo‘lib, yovon, cho‘l, dasht, dala ma’nolarida keladi196. “Muqtadir” kuchli, qudratli, mahoratli ma’nolarini bildiradi 197. Umuman olganda, ot-kesim bo‘lib kelgan har bir sifat bosh so‘z sifatida ko‘ngil manzaralarini ifodalab keladi. Qolaversa, o‘zbek adabiyotidan olingan yuqoridagi misolda ega bo‘lib keluvchi “alam” so‘zi har bir misra oxirida takrorlangan. Bundagi ellipsis, asosan, ta’kid ma’nosini bildirib keladi. Ya’ni ellipsisda ot-kesim kelsa, bunda o‘zgargan tartib asosida “depsinadi”, “kishnaydi”, “pishqiradi”, “yulqinadi” so‘zlari fe’l-kesim bo‘lib kelgan. 38-misol.
Zamonaviy ingliz adabiyotining yorqin vakillaridan biri bo‘lgan T.S.Eliotning yuqoridagi she’rida “your” so‘zi ikkinchi va uchinchi misralarda tushirib qoldirilgan, lekin shoir murojaat qilgan ayol o‘z qo‘llari bilan oyoq tovonini qattiq ushlaydi deb tushunish mumkin. Ingliz adabiyotida sifat, egalik va ko‘rsatish olmoshlari, ravishlarning tushirib qoldirilishi garchi ma’noga ta’sir qilmasa-da, she’riyatda so‘z tejamkorligi va qofiyalar moslashuvi uchun keng qo‘llaniladigan poetik sintaksis elementlaridan biri ellipsisni hosil qilishda faol qo‘llanadi. Yuqoridagi o‘zbek tilidagi misralarda ellipsis orqali falsafiy mazmun ifoda etilgan. Haqiqatan, insonning o‘tgan umri, aytilgan har bir so‘z xotiraga aylanadi. Cho‘kkan tog‘lar – xotira, Qo‘ksin dog‘lar – xotira, O‘ksib og‘lar –xotira, Sen endi olisdasan, Men endi olisdaman. Firog‘ yo‘llarni kesdi, Hijrat nasimi esdi, Umr – qayg‘u, afsusdir, Sen endi olisdasan, Men endi olisdaman 200. Bunda ham ellipsisning faqat Ikrom Otamurodga xos bo‘lgan ko‘rinishi qo‘llangan. Xayollar – taloto‘m, fikrlar – tuman, Niyatlar – adovat, qadamlar – gumon, Odamlar bir-birin aldar – yosuman, Jonim, jonim, ketaylik jonim!201 Lirik qahramon ruhiyati ellipsis orqali ifoda etilgan. “Xaritaga tushmagan joy” – bu yurakdir. Ega bo‘lib kelgan so‘zlar – xayol, fikr, niyat, qadam va ot-kesim bo‘lib kelgan taloto‘m, tuman, adovat, gumon kabilar mavhum ot bo‘lib, lirik qahramon qalbida kechgan kechinmalarni ifodalashga xizmat qilgan. Ellipsis tabiatidan kelib chiqib, fikr ixchamligiga ham erishilgan. Biyobon –sukunat. Kangluda azobi taxlangan beva 202. Yuqoridagi ellipsis o‘ziga xos. Biyobon – ega, sukunat – ot-kesim. Ot + otdan iborat. Bunda tashbeh ham bor. Ya’ni biyobon, cho‘l sukunatga o‘xshatilgan. Fikr bu bilan yakun topmaydi. Cho‘l ko‘nglida azobi taxlangan bevaga qiyoslanadi. Sen yo‘g‘ eding... Kelding... Yo‘l – sog‘inch... Vaqt – sog‘inch... Makon – sog‘inch... Susambil... Kangul – sog‘inch... Haq – sog‘inch... Imkon – sog‘inch... O‘, tang dil...203 Yuqoridagi satrlar muhabbat haqida. Darhaqiqat, shoir sevgilisining tashrifidan xursand. U kelgunga qadar yo‘l, vaqt, makon, ko‘ngil, haq, imkon – hammasi sog‘inchga aylangan. Shu jihatdan bu satrlardagi ellipsis o‘ziga xos: ya’ni ot+ otdan iborat va ot-kesim bo‘lib kelgan so‘z “sog‘inch”dir. Bu ham shoirning mahoratidan dalolat beradi. Shu yo‘l bilan u fikr ixchamligi va mazmundorligiga erishgan. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling