Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


III BOB. ZAMONAVIY INGLIZ VA O‘ZBEK SHE’RIYATIDA PASAYTIRUVCHI HAMDA O‘ZGARTIRUV FIGURALARNING POETIK MATN EMOTSIONALLIGINI IFODALASHDAGI O‘RNI


Download 0.93 Mb.
bet40/59
Sana19.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1613174
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59
Bog'liq
latinskiy dissertatsiya222

III BOB. ZAMONAVIY INGLIZ VA O‘ZBEK SHE’RIYATIDA PASAYTIRUVCHI HAMDA O‘ZGARTIRUV FIGURALARNING POETIK MATN EMOTSIONALLIGINI IFODALASHDAGI O‘RNI
3.1. Ingliz va o‘zbek she’riyatida inversiyaning vazifalari
Inversiya (lot. inversion – ag‘darish, o‘rnini almashtirish) – gap bo‘laklarining odatdagi tartibini o‘zgartirish asosida yuzaga keluvchi sintaktik usul, stilistik figura. Inversiya gapdagi biron-bir so‘z va so‘z birikmasi (gapning bir qismini emfatik va mantiqan ajratish, she’riy nutqni ritmik-intonatsion jihatdan tashkil etish, qofiyalanuvchi so‘zni kerak o‘ringa o‘tkazish) kabi maqsadlarda qo‘llaniladi. Inversiya she’riy nutqda eng ko‘p qo‘llanuvchi usuldir. Bu usul orqali ma’no urg‘usi tushayotgan so‘zni ta’kidlab ko‘rsatish, uni misradagi urg‘uli pozitsiya – ko‘proq misra oxiriga surishga imkon beradi169. Adabiyotda inversiya she’riyat uchun maxsus o‘ylab topilgan. Bu hodisa dastlab xalq og‘zaki ijodida misralar tez esda qolishi, og‘izdan- og‘izga oson o‘tishi uchun qo‘llangan. Inversiya she’rning asosi bo‘libgina qolmay, undagi ta’kid kuchini ham oshiradi. Inversiya “anastrofdeb ham ataladi, bu urg‘u yoki metrning ma’lum bir ta’siriga erishish uchun so‘zlar normal tartibining teskari bo‘lgan adabiy uslubdir170.
Ingliz tilida uning grammatik tuzilishining bir qismi bo‘lgan va ulardan foydalanishda juda keng tarqalgan inversiyalar mavjud. Masalan, inversiya har doim so‘roq gaplarda sodir bo‘ladi, bunda fe’llar yoki ko‘makchilar yoki yordamchi fe’llar egadan oldin qo‘yiladi. Xuddi shunday, inversiya, odatda, undov gaplarda sodir bo‘ladi, bunda to‘ldiruvchilar kesim va egadan oldin va Wh-so‘zidan oldin qo‘yiladi. Quyidagi inversiya misollarini ko‘rishimiz mumkin:
What a beautiful picture it is! Qanday chiroyli rasm bu!
How wonderful the weather is today! Qanday ajoyib ob-havo bugun!
Zamonaviy o‘zbek she’riyati sahifalarini kuzatadigan bo‘lsak, inversiyaning vazifalari ancha kengayganligi ko‘zga tashlanadi. “A.Oripovning “Ulug‘vor bir qudrat bilan Chayqaladi cho‘ng dengiz” satrlari sintaktik sathdagi normadan og‘ish bo‘lmagan holda “Cho‘ng dengiz ulug‘vor qudrat bilan chayqaladi” tarzida berilishi kerak. Inversiya hodisasining yuz berishi natijasida “qudrat bilan” so‘z qo‘shilmasi va “dengiz” so‘zi misralarda urg‘uli pozitsiyaga o‘tadi, ayni shu so‘zlarga ma’no urg‘usining tushishi muallif ijodiy niyatiga, she’r mazmuni va emotsional tonalligiga muvofiq keladi” – deb yozadi adabiyotshunos D.Quronov171. Ya’ni bunda kesimning egadan oldinga o‘tishi natijasida she’riy ohang yorqin ifodalangan. Bunday misollarni zamonaviy she’riyatdan ko‘plab keltirish mumkin:
Dunyo bo‘ylab ketdi... Afsona qoldi,
Ot yolida qoldi xayoliy ko‘shklar,
qaynoq qo‘shiqlarni xanjarga soldi
to‘zonli dashtlarga sochilgan turklar...172
Asqar Mahkamning yuqoridagi satrlarida qo‘llangan inversiya “afsona” so‘zini alohida urg‘uli qilish uchun ishlatilgan. Unda shoir turkiylar tarixi haqida so‘zlar ekan, Bobur Mirzoning savashlari, jang-u jadallari (xoh yaxshi niyatda bo‘lsin, xoh yomon) barcha-barchasidan faqatgina afsonaday ishonib ishonilmaydigan haqiqatlar qolgan xolos. Shoir ikkinchi misrada “xayoliy ko‘shklar” birikmasini ham urg‘uli qismga ko‘chirib o‘tkazadi. Bu ikki so‘zning bir-biriga hamohangligini yanada oshirib ko‘rsatadi.
Inversiya poetik unsuri nasrga qaraganda nazmda ko‘proq uchraydi. Inversiya satrlarda metr va qofiya hosil qiladi. Barcha adabiy vositalar singari, nasr yoki she’riyatdagi inversiyaning asosiy vazifasi shoir va yozuvchilarga uslubiy ta’sirga erishishga yordam berishdir, masalan, ma'lum bir nuqtaga urg‘u berish yoki o‘quvchilarning diqqatini ma’lum bir nuqtadan o‘zgartirish va h. She’riyatda inversiyalar muntazam ravishda satrlarda ritm, metr yoki qofiya sxemasini yaratish uchun ishlatiladi. 173
Silva Retorika aytganidek, ta’kidlash maqsadida normal sintaktik tartibning buzilishida anastrof sodir bo‘ladi:
1. Otdan oldin fe’lning kelishi (normal sintaksisda esa ega-otdan keyin fe’l): Glistens the dew upon the morning grass. Yaltiraydi shudring ertalabki o‘tlar ustida. (Odatda: The dew glistens upon the morning grass. Shudring ertalabki o‘tlar ustida yaltiraydi).
2. Sifatdan oldin otning kelishi (oddiy sintaksisda sifatdan keyin ot keladi): She looked at the sky dark and menacing. U osmonga qorong‘u va tahdidli qaradi. (Odatda: U qorong‘u va qo‘rqinchli osmonga qaradi).
3. Fe’ldan oldin to‘ldiruvchining ishlatilishi (oddiy sintaksisda fe’ldan keyin to‘ldiruvchi) Troubles, everybody’s got. (Normally: Everybody's got troubles)
4. Predlogdan oldin otning kelishi (odatda otga tegishli predlog otdan oldin kelishi kerak)
Masalan: worlds between (“between worlds” bo‘lishi kerak)174

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling