Tadqiqot obyekti va predmeti: Ushbu magistrlik dissertatsiyasida o`zbek yozuvchisi Komil Sindarovning”Qimmatga tushgan xato yohud qasoskor qalb isyoni” asari va amerikalik yozuvchi Skott Turovning “Presumed innocent” asarlarining badiiyati tahlil qilindi.
Tadqiqotning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iboratdir: Tadqiqotning asosiy maqsadlari detektiv janr va janrning badiiyat tahlili haqida ma`lumotga ega bo`lish , asarlarning badiiyati va syujeti tahlilini o`rganiv kelish ”. Buning uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish maqsad qilib qo’yilgan:
Detektiv janr rivojiga hissa qo`shgan olimlar;
Ilmiy yangiligi: Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, birinchidan, biz tomonimizdan tanlangan mavzu avval tadqiqotchilar tomonidan u yoki bu darajada o’rganilgan, ammo zamonaviy adabiyot vakillari bo`lmish Komil Sindarov va Skot Turow asarlarini tahlil qilinishidir. Ikkinchidan , ularning asli kasbi yozuvchilik bo`lmasa-da, adabiyotda detektiv janr rivoji va ravnaqiga qo`shgan hisasini yoritib berishdiru Ularni tahlil qilish Adabiyotshunoslik va Tarjima nazariyasi fanlari uchun juda ahamiyatlidir.
Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar tahlili: Tanlangan mavzuni o’rganish va tarixiy jihatdan yoritilishida O’zbekiston Respublikasining Markaziy davlat arxividagi tegishli arxiv materiallari, xorijlik adabiyotshunoslarning faoliyatiga doir vaqtli axborot vositalari materiallaridan asosiy manba sifatida foydalaniladi. Bulardan tashqari, taniqli shaxslarning shaxsiy materiallari, ijodkor romanlarini o’rgangan o’zbek va xorijlik tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ham yetarli e’tibor qaratiladi.
Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi: Ilmiy tadqiqot natijalarini oily ta’limda 5120100-ingliz tili bakalavr talabalari va 5A120101-Adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti) da o`qitiladigan TO`MA , “Xorijiy adabiyotshunoslik” va “Adabiyot nazariyasi” darslarida qo’llash va bilim olish samaradorligini oshirish imkoniyati mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |