Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya ta
Kishining o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlarida ifodalanadigan
Download 0.81 Mb.
|
yetuklik davrining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini amaliy jihatdan tadqiq etish (1)
Kishining o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlarida ifodalanadigan xarakter xislatlari: Kishining boshqa odamlarga bo‘lgan munosabatlarida va xatti-harakatlarida uning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlarini ifodalovchi xarakter xislatlari ham namoyon bo‘ladi. Bu o‘z-o‘ziga baho berish deb ataladigan xarakter xislatidir.
Jamiyat o‘rtasidagi xilma-xil munosabatlarida odam ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ravishda o‘zini boshqalar bilan taqqoslaydi va o‘zida boshqalarga o‘xshash yoki farq qiladigan xislatlar topadi. Odamda o‘zi haqida, uning o‘zligi haqida ma’lum bir fikr paydo bo‘ladi. O‘z-o‘ziga yuksak baho berish odamning o‘zligini anglashning muhim bir tomonini tashkil etadi. Kishining o‘z-o‘ziga beradigan bahosi uning haqiqiy sifatlariga mos bo‘lishi yoki mos bo‘lmasligi ham mumkin. Odam o‘zidagi sifatlarga ortiqcha baho berib yuborish yoki ularga yetarli baho bermasligi ham mumkin. Shunday odamlar ham bo‘ladiki, ular ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan ma’lum bir fazilatlarga ega bo‘lib, bu fazilatlariga o‘zi ham yuksak baho beradi. O‘z-o‘ziga baho berish kishining o‘z qadr-qimmatini, o‘z sharafini bilish, yuksak singari xarakter xislatlarida ifodalanadi. O‘z-o‘ziga yuksak baho berish ba’zi odamlarda iftixor tariqasida ifodalanadi bunday odamlar o‘zidagi mavjud bir fazilatni doim qayd qilibgina qolmay, balki o‘zini boshqalardan afzal tomonlari borligini ham qayd etadi. O‘z qadr-qimmatini, izzat-nafsini bilish, faxr salbiy xislat emas, albatta. Bu yerda ayrim kishida bo‘ladigan guruhlanishni ko‘zda tutilmay, balki bu odamning nima bilan faxrlanishini, o‘zi uchun faxr deb nimani tushunishini ko‘zda tutishga to‘g‘ri keladi. Faxr, izzat-nafs, o‘z qadr va martabasini bilish, faqat xudbinlikdan, egoistlikdan iborat bo‘lib qolsa, u vaqtda bunday xarakter xislati salbiy deb hisoblanadi. Bunday xususiyat, ko‘pincha, takabburlik, manmanlik, dimog‘dorlik, kibrlanish, g‘ururlanish tariqasida ifodalanadi, Shunday odamlar borki, oliyjanob xislatlarga ega bo‘ladi, ammo hech vaqt bu xislatini odamlarga pesh qilmaydi, hech bir holda bu xislati bilan kerilmaydi. Bunday odamlar kamtar, oddiy kishilar bo‘ladilar; bunday odamlarning xatti-harakatida, gap so‘zida takabburlik, dimog‘dorlik, manmanlik bo‘lmaydi. Kamtarlik va soddadillik kishi xarakterining ijobiy sifatidir. Kamtar odam umum orasidan o‘zini ajratib ko‘rsatishga, haqiqatdagi yoki ayniqsa, o‘rni-tagi yo‘q xizmatlarini bo‘rttirib pesh qilishga urinmaydi. U o‘zining boshqalardan afzallik tomonlarini agar shunday tomonlari bo‘lsa ko‘z-ko‘z qilishiga intilmaydi, hammaning diqqatini o‘ziga qaratishga harakat qilmaydi. Kamtar kishi odamlarga o‘zini savlat qilmaydi, uning odamlarga bo‘lgan muomalasi, kiyimi, yurish turishi, nutqi, o‘zini tutishi va odatlari har doim tabiiy va samimiy bo‘ladi. Ijtimoiy va shaxsiy hayotda oddiylik va kamtarlik alohida ahamiyatga egadir. Kamtarlik o‘z-o‘zini tanqid va o‘ziga nisbatan qat’iy talabchanlik bilan o‘z ishiga to‘g‘ri baho bera bilish, ishidagi kamchiliklarni ko‘ra bilish, o‘z xatti-harakati va faoliyatini tahlil qila bilish ham baho berish bilan o‘z kamchiliklarini dadil ochib tashlash va ularga iqror etish hamda ularga halollik hamda vijdonan bartaraf qilish choralarini ko‘rish bilan chambarchas bog‘liqdir. Kishidagi kamtarlik ba’zan tortinchoqlik, uyatchanlik tarzida namoyon bo‘ladi. Yana shunday odamlar ham uchrab qoladiki, biron g‘arazni, o‘z shaxsiy manfaatini ko‘zlab va bunga yetishmoq uchun boshqa odamlar oldida o‘z insonlik qadr qimmatini yerga urishga tayyor turadi. Bunday odamlarning xatti-harakatlarida xushomadgo‘ylik, tilyog‘lamalik, laganbardorlik singari nihoyat past qiliqlari ko‘rinib turadi. Odamlardagi laganbardorlik, tilyog‘lamalik, xushomadgo‘ylik salbiy xarakter xislatidir. Ba’zi odamlar borki ular haqiqatda o‘zlarida bo‘lmagan fazilatlarni o‘zlarida bor deb ko‘rsatmoqchi bo‘ladilar. Bunday odamlar o‘ziga bino qo‘ygan maqtanchoq, manman ko‘zbo‘yamachi bo‘ladi, o‘zini katta tutib, gerdayib yuradi. Bunday kishilar, ko‘pincha, juda katta ketib gapiraveradilar-u lekin amalda, haqaqatdan tuturiqsiz, noshud, puch odam bo‘ladilar. Kishining o‘zida yo‘q sifatni bor degani bilan bu gap hali uning xarakteridagi haqiqiy ijobiy xislat bo‘la olmaydi. Balki, aksincha, kishining o‘zida yo‘q sifatni bor deb ko‘rsatishga urinishi, kishining o‘zini ma’lum bir fazilat egasi deb o‘ylab yurishi uning xarakteridagi xislat bo‘lib qoladi. Shunday qilib, kishining chinakam oliyjanob xislatlari uning o‘zida bor deb hisoblangan, lekin aslida yo‘q xislatlar bo‘lmay, balki shu kishi to‘g‘risida uning ishiga qarab jamoatchilik o‘rtasida tug‘ilgan fikr tasdiqlagan xislatdir. Ta’lim-tarbiya jarayonida oldini olish bizning asosiy vazifamizdir. Xarakterning kishilik tajribasida qayd etish o‘z ifodasini topgan xususiyatlari soni behad ko‘p va har holda mingtadan ortiqroqni tashkil etadi. Shu sababli xarakterning o‘zgarib turadigan xususiyatlarini sanab va tavsiflab o‘tirish maqsadga muvofiq emas, buning ustiga psixologiyada aniq bir tasniflash sxemasi (ularni shaxs munosabatlarining yuqorida ko‘rsatib o‘tilganlaridan biriga umumiy mansubligidan tashqari) yo‘q. Xarakter xususiyatlarining variantliligi ularning faqat sifat jihatidan rang-barangligi va o‘ziga xosligida emas, balki miqdor jihatidan ifodalanganida namoyon bo‘ladi. Birmuncha shubxali, ma’lum darajada salovatli, birmuncha vijdonli va samimiy kishilar bor. Xarakterning u yoki xususiyati miqdoriy ifodaliligi oxirgi marraga yetib va normaning eng oxirgi chegarasiga borib qolgan xarakterning aksentuasisi (ortiqcha urg’u berilishi) atalmish vaziyat tug‘iladi. Xarakterga ortiqcha urg‘u berilishi ayrim xarakter xususiyatlarining kuchayishi natijasi sifatida normaning oxirgi variantlaridir. Bunda individda boshqalariga nisbatan barqarorlik bo‘lgani holda bir xil strossogen (qattiq hayajonlanuvchi) omillarga zaiflik ortishi kuzatiladi. Kishi xarakteridagi bo‘sh bo‘g‘in ko‘pincha ana shu bo‘g‘inning faol ishlashini talab qiladigan og‘ir vaziyatlarda namoyon bo‘ladi. Mazkur individ xarakterining zaif joylariga tegmaydigan barcha boshqa qiyinchiliklarni u ortiqcha zo‘riqmay, na tevarak-atrofdagilarga va na o‘ziga hech qanday ko‘ngilsizlik keltirmay boshidan kechirishi mumkin. Xarakterning aksentuatsiyasi o‘ta noqulay vaziyatlarda patologik zo‘riqishlarga va shaxs xulq-atvorining o‘zgarishlariga, psixopatiyaga olib borishi (xarakterining shaxsning adekvat sotsial adaptatsiyasiga to‘sqinlik qiluvchi va amalda takrorlanmaydigan patologiyasi, garchi to‘g‘ri davolash sharoitlarida ba’zi tuzatishlarga berilsa ham) mumkin, lekin uni patologiyaga oid deb hisoblash noo‘rindir. Xarakterning aksentuatsiyasi (ortiqcha urg‘u berilishi) turlarini tasniflash ancha murakkablik tug‘diradi va har xil avtorlarda nomlarning nomenklaturasi bo‘yicha bir-biriga mos kelmaydi (K.Leongard, A.Lichko), Lekin aksentuatsiyalashgan xususiyatlarning tavsifi ma’lum darajada bir xil bo‘lib qoladi. Bu har ikkala tasnif sxemalaridan muvaffaqiyatli terminlarni olib va bunda psixiatrik terminologiya («shizofreniya» xususiyatlari, «epilepsiya» xususiyatlari va hokazo) bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘xshashlik bo‘lishidan qochgan holda ortiqcha urg‘u beriladigan xususiyatlar ro‘yxatini keltirish imkoniyatini beradi. Xarakterni ortiqcha urg‘u berilgan holda baholash psixiatrning emas, balki pedagogning diqqatini jalb qilishni taqozo etadi, garchi aksentuatsiya muammosining o‘rtaga qo‘yilishi tarixi psixiatriya va psixonevrologiyaga borib taqalsa ham xarakterga urg‘u berishning (aksentuatsiya) quyidagi eng muhim turlari alohida ajratib ko‘rsatiladi: xarakterning introvert tipi; uning uchun odamovilik, muomalada va atrofdagilar bilan aloqa o‘rnatishda qiynalish, o‘zi bilan o‘zi bo‘lib qolish xos; ekstrovert tip - bunga his-hayajonga tamomila berilganlik, ba’zan muomala va faoliyatning zarurligi va qimmatidan qat’iy nazar unga intilish, ko‘p gapirish, qiziqishlarning doimiy emasligi, ba’zan maqtanchoqlik, yuzakichilik, konformlilik xos; boshqarib bo‘lmaydigan tip bunga -g‘ayritabiiylik, munozaralilik, e’tirozlarga murosasizlik, ba’zan esa shubhalanib qarash xosdir. O‘smirning xarakteridagi nevrastenik aksentuatsiyaning (ortiqcha urg‘u berilishining) asosiy xususiyatlari - o‘zini haddan ziyod yomon his qilish, jizzakilik, ortiqcha charchash, gumonsirash. Atrofdagilarga qarshi darhol achchiqlanish va o‘ziga nisbatan rahmdillik qisqa muddatli g‘azab uyg‘otishi ham mumkin, lekin nerv sistemasining tamoman ishdan chiqishi qahr-g‘azabni darhol so‘ndiradi va tinchlik, afsuslanish, yig‘lash holatlari paydo bo‘lishiga yordam beradi. Senzitiv tip uchun qo‘rqoqlik, odamovilik, tortinchoqlik. xosdir. Senzitiv o‘smirlar katta va buning ustiga yangi ulfatlarga qo‘shilishdan qochishadi, tengqurlarining sho‘xliklarida va qaltis ishlarida qatnashmaydilar, yosh bolalar bilan o‘ynashni afzal ko‘radilar. Ular kontrol ishdan qo‘rqishadi, ayrim vaqtlarda xato qilib sinfdoshlarining kulgusiga sabab bo‘lish yoki haddan ziyod yaxshi javob bilan havasini keltirishdan xavfsirab, sinf oldida javob berishdan iymanishadi. Senzitiv o‘smirlarning o‘zlarining norasoliklarini his qilishi giperkompensatsiya reaksiyasini ayniqsa ifodali qiladi. Ular o‘zligini tasdiqlashni o‘z xulq-atvorining bo‘sh joyida, ularning qobiliyatlari yaxshiroq namoyon bo‘ladigan sohalarda izlamaydilar, balki o‘zlarining juda ham norasoliklarini ayniqsa sezadigan joylarda izlaydilar. Jur’atsiz va uyatchan bolalar betakalluflik yoki hatto ataylab takabburlik niqobiga kirib olishadi, o‘z kuch-quvvati va irodasini ko‘rsatishga intilishadi. Qachonki vaziyat ulardan dadil qat’iylik ko‘rsatishni talab qilarkan, ular shu zahotiyoq ojizlik qiladilar. Agar ular bilan vakolat beruvchi munosabat o‘rnatish iloji bo‘lsa va hamsuhbatining xayrixohligi va madadini his qilsa, u holda niqob bilan uxlash ham «suv tekin» hayot bo‘lib chiqadi, goh gina-qudratga to‘lib-toshish va vijdon azobi, nozik tuyg‘u va o‘ziga nisbatan haddan ziyod yuksak talablar qo‘yadi. Kutilmaganda ishtirok etish va hamdardlik bildirish manmanlikning o‘rniga o‘tishi va sharillab oqayotgan ko‘z yoshini shunchaki quruq narsa qilib ko‘rsatishi mumkin edi» (A. Lichko). Xarakter aksentuatsiyasining namoyishkorona tipiga o‘taketgan xudbinlik, o‘ziga nnsbatan doimiy e’tibor, tahsinlar aytish va hamdardlik bildirish xosdir. yolg‘onchilik, quruq savlat va o‘zini ko‘z-ko‘z qilishga, xulq-atvorni namoyish qilishga ishtiyoq (o‘zini-o‘zi o‘ldirayotgan qilib ko‘rsatishga qadar) - bularning hammasi istalgan vositalar bilan tengdoshlari orasida ajralib turishga intilishda namoyon bo‘ladi. Jumladan, yuqori sinf o‘quvchisi oldiniga, masalan, do‘q-po‘pisalarga va haqoratlarga to‘la anonim xatlar ola boshlaydi. Bu xatlarni u yig‘i aralash o‘qituvchilariga va dugonalariga ko‘rsatib, ulardan yordam berishlarni va himoya qilishlarini iltimos qiladi. Tekshirish tezdayoq shuni ko‘rsatdiki, bu xatlarni uning o‘zi o‘ziga yuborarkan va uning hisobiga xarakterning tipik namoyishkorlik xususiyatlarini namoyish etib, o‘z shaxsiga amalda butun maktabning e’tiborini jalb qilgan. Tarbiyaviy ish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganda xarakter aksentuatsiyasining ko‘rinishiga chek qo‘yish mumkin. Pedagoglar va ota-onalar bolaning yoki o‘smirning xarakteridagi «kam qarshilik ko‘rsatish nuqtalarini» bilgan holda stressogen vaziyatlari uning xarakteridagi zaif joylarga og‘ir botmasligi uchun harakat qiladilar. Jumladan, senzitiv o‘smirlar nojo‘ya xatti-harakatlarda shubhalanishni, ularning o‘zlari bergan bahoga qarama-qarshi bo‘lgan, odatda ancha oshirib ko‘rsatilmagan va umuman obyektiv bo‘lgan ayblarni juda qiyinlik bilan boshdan kechiradilar. Shu bilan birga senzitiv o‘smirlarning tortinchoqligini qoplashga olib keladigan tarbiyaviy ta’sirlar: ularni ijtimoiy ishga jalb etish, ular nomzodini sinfdagi faollar safiga taklif qilish maqsadga muvofiqdir. Bu yerda ular birgalikdagi faoliyat davomida xafagarchilik va uyatchanlikni osongina yengib o‘tadilar. Biz kishida xilma-xil ko‘rinishda va turlicha namoyon bo‘ladigan bir qancha xarakter xislatlari bilan tanishib chiqdik. Har qaysi xarakter xislati bir biridan ajralgan bo‘lmay, balki ular bir-birlari bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladilar. Shuning uchun bir xarakter xislatining o‘zi ham turlicha odamlarda turlicha namoyon bo‘lmog‘i mumkin. Chunonchi, dadillik bilan qilinadigan bir xatti-harakatning o‘zi ma’qul yoki noma’qul, axloqda muvofiq yoki nomuvofiq bo‘lmog‘i mumkin. Kishidagi mardlik singari xarakter xislati faqatgina undagi iroda bilan bog‘liq bo‘lmay, balki aql-idrok va tuyg‘u hissiyotlar bilan bog‘liqdir. Mardlik ayni vaqtda axloqiy xislat hamdir. Har bir kishining xarakteri kishi shaxsida mujassamlanadigan turlicha xislatlarning alohida bir tarzda birlashuvidir. Kishilar xarakterini klassifikatsiya qilishga yoki xarakter tiplarini aniqlashga urinish hollari psixologiya tarixida ko‘p martaba uchragan. Shunga qaramay, hanuzgacha bir xarakter klassifikatsiyasi va tipologiyasi yaratilgani yo‘q. Shu sababli ayrim kishilarni xarakterlashda odatda shu kishiga xarakterli bo‘lgan bir-ikkita muhim belgisi ko‘rsatiladi. Chunonchi, ba’zi kishilarni mustahkam, kuchli xarakterli desak, ba’zilarini kamtar, mehnatsevar, yana boshqalarini esa xushmuomala, dilkash va hokazolar deb ataymiz. Kishining o‘z faoliyatlarida, tuyg‘u-hissiyot va nutqlarida, uning boshqalarga va o‘z-o‘ziga munosabatlarida namoyon bo‘ladigan xarakter xislatlari bu kishining o‘z hayotida qanday maqsadlarga amal qilishga qarab, o‘z hayotini va qiladigan ishlarini qanday tushunishga qarab, ijobiy yoki salbiy bo‘lmog‘i mumkin. Shuning uchun ham uning barcha xarakter xislatlari yuqori axloqiy sifat kasb etadi. Ekspluatator sinflar sharoitida qat’iyat, matonat, mustaqillik singari xarakter xislatlari, ekspluatatorlik maqsadiga qaratilganligi tufayli axloqqa zid, yaramas, xarakter xislatlari deb hisoblanadi. Shunday kishilar ham uchraydiki, ularning xarakterini aniqlash qiyin bo‘ladi. Bunday odamlar haqida xalqimiz juda o‘rinli ravishda: «na rahmonga chiroq va na shaytonga kasov, shunchaki bir odam» deb ataydilar. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling