Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya ta


Download 0.81 Mb.
bet27/41
Sana16.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1488378
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41
Bog'liq
yetuklik davrining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini amaliy jihatdan tadqiq etish (1)

Yuqori moddiy ta’minlanganlik. Yuqori maosh yoki boqa moddiy daromad keltiradigan ma’lumotga ega bo‘lishga intilishda o‘z aksini topadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishi o‘z moddiy imkoniyatlarini ko‘tarishda bajarib turgan kasb-koridan qanoatlanmasa, yanada yuqori saviyadagi ma’lumotga erishish istagi bilan xarakterlanadi.
Ijodkorlik. Kishining o‘rganayotgan bilim sohasida biror bir yangi narsa topishga, shu sohada o‘zining hissasini qo‘shishga intilishida o‘z aksini topadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishi o‘zi o‘rganayotgan bilim sohasiga biror bir yangilik kiritish maqsadida uni chuqurroq o‘rganishga, yangi-yangi qirralarini o‘zlashtirishga moyil bo‘ladilar.
Faol ijtimoiy munosabatlar. Kishining muayyan bir ijtimoiy guruh bilan uyg‘unlashishga, u bilan hamnafas bo‘lishga intilishida o‘z aksini topadi.bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishilar biror bir ijtimoiy guruhga taalluqli insonlar bilan qalin munosabatlarda bo‘lish uchun o‘z ma’lumotlarini muayyan saviyaga yetkazishga intiladilar.
O‘z ustida ishlash. Kishining o‘z qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida bilim olishga, yangi-yangi kasbiy yoki bilim sohalarini o‘zlashtirishga, ma’lumotini oshirishga intilishlarida o‘z aksini topadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishilar o‘zlarining o‘qiy olish, o‘rgana olish qobiliyatlari va shu bilan o‘zlarini rivojlantiri imkoniyatlari bilan ajralib turadilar.
Yutuqlarga yo‘nalganlik. Ta’lim jarayonida kishining muayyan natijalarga erishishga (o‘qishga kirish, dissertatsiya yoqlash, moddiy kamolotga yetishish) yoki boqa hayotiy maqsadlarga erishishga intilishlarida o‘z aksini topadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishilar ta’lim jarayonining har bir bosqichini obdon rejalashtirish, oqibatini o‘ylash, har bir bosqichda aniq maqsadlarni o‘z oldilariga qo‘yish xislati bilan ajralib turadilar. Shu bilan birga o‘zlariga yuqori baho berishga moyil bo‘ladilar.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling