O‘z ustida ishlash. Kishining turli xarakter xislatlarining oilaviy hayot jarayonida ijobiy tomonga o‘zgartirib borishga intilishida o‘z aksini topadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishilar o‘z shaxslarining xarakter xislatlari, qobiliyatlari haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishga qiziqadilar, oila talablaridan kelib chiqib u yoki bu faoliyat turlarini bajarishga tayyordirlar.
Yutuqlarga yo‘nalganlik. Kishining oilaviy hayotda aniq natijalarga erishishga (masalan, o‘z farzandlariga tezroq o‘qish-yozishni o‘rgatish, yangi uy-joy qurish, yanada mukammalroq oilaviy hayot sharoitini yaratishga) intilishlarida o‘z aksini topadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishilar ko‘pincha, boshqa kishilarning oilaviy hayotlari haqida ma’lumotga ega bo‘lishga qiziqadilar, boshqalarning oilaviy hayotda erishgan yutuqlariga nisbatan o‘z oilalarida erishgan yutuqlarning qanchalik muhimligini bilishga intiladilar.
Ma’naviy qoniqish. Kishining barcha oila a’zolari bilan ruhan yaqin bo‘lishga, ularni tushunishga intilishida o‘z aksini topadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishilar oilaviy hayotda chin sevgini, oilaviy tinchlik, osoyishtalik, o‘zaro hurmatni juda qadrlaydilar va bularni oila baxtining eng muhim sharti deb hisoblaydilar.
O‘zlikni saqlash. Kishning shaxsiy qarashlari, istaklari, g‘oyalariga tayangan holda o‘z turmush tarzini yaratishga intilishida o‘z aksini topadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishilar ko‘pincha, shaxsiy o‘ziga xosligini namoyon qilib hatto o‘z oilalaridan ham mustaqil bo‘lishga, (masalan ta’tilni yakka holda o‘tkazishga va h.) intiladilar.
Ijtimoiy hayot sohasi: Oliy nufuzga ega bo‘lish. Kishining siyosiy-ijtimoiy hayotida keng tarqalgan qarashlarga rioya qilishga ularni qabul qilishga intilishlarida o‘z aksini topadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishilar ijtimoiy-siyosiy mavzularda faol itirok etishlari mumkin. Lekin ular odatda o‘z fikrlarini emas balki ko‘pchilik qadrlagan, e’tiqod qilgan shaxslarning g‘oyalarini ilgari suradilar. Shu bilan o‘zlarini yuqori toifadagi shaxslarga tenglashtirishga, o‘shalar doirasidagi kishilarga intilgan bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |