Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya ta


Download 0.81 Mb.
bet30/41
Sana16.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1488378
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41
Bog'liq
yetuklik davrining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini amaliy jihatdan tadqiq etish (1)

Yuqori moddiy ta’minlanganlik. Kishining biror bir moddiy rag‘batlantirish evaziga ijtimoiy faoliyat bilan shug‘ullanishga intilishida o‘z aksini topadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishilar moddiy manfaatdorlik, foyda olish mumkin bo‘lgan ijtimoiy faoliyat turi tashkilotchilik, rahbarlik bilan shug‘ullanishga intiladilar.
Ijodkorlik. Kishining o‘z ijtimoiy faoliyat sohasini yoki tarzini o‘zgartirib, yangilab turishga intilishida o‘z aksini topadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishilar odatda, ijtimoiy-siyosiy hayotda sodir bo‘layotgan har qanday o‘zgarishlarga hozirjavoblik bilan yondashashdilar. Ijtimoiy faoliyatda eskicha uslublardan voz kechishda, yangi-yangi yo‘nalishlarni o‘ylab topishga moyil bo‘ladilar.
Faol ijtimoiy munosabatlar. Kishining muloqotga yo‘nalganligini faol ijtimoiy hayot orqali namoyon qilishga intilishida o‘z aksini topadi bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishilar muayyan ijtimoiy guruh vakillari bilan yaqin munosabatlar o‘rnatishga, hamkorlik qilishga, targ‘ibot ishlariga yordam beradigan ijtimoiy mavqega ega bo‘lishga intiladilar.
O‘z ustida ishlash. Kishining ijtimoiy hayot sohasidagi qobiliyatlarini yuzaga chiqarish va rivojlantirishga intilishlarida o‘z aksini topadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishilar ijtimoiy hayot sohasidagi qobiliyatlari (muloqotchanlik, tashkilotchilik va h.) hamda ularni rivojlantirish yo‘llari to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot olishga qiziqishlari bilan ajralib turadilar.
Yutuqlarga yo‘nalganlik. Kishining ijtimoiy-siyosiy hayotda aniq natijalarga yutuqlarga erishishga intilishida o‘z aksini topadi, lekin bu yo‘nalish ko‘pincha o‘ziga yuqori baho berish, o‘z qadrini oshirish kabi istaklar bilan yo‘g‘rilgan bo‘ladi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan odatda, o‘z ijtimoiy faoliyatlarini aniq rejalashtiradilar, har bir bosqichda alohida-alohida maqsadlar qo‘yadilar va ularga qanday bo‘lmasin erishishga intiladilar.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling