1. Tuslanishli fe’llar. Bunday fe’llar mayl, zamon, shaxs-son
shaklda boʻladi. M.:oʻqidim(-ng), boraman(-san, -di, -miz, -siz, -
dilar), yozay(-gin,
-sin, -aylik, -inglar, -sinlar).
2. Tuslanishsiz fe’llar. Bularga harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh,
ya’ni fe’lning vazifadosh shakllari kiradi. M.:shoshilib javob bermoq,
oʻqiy-oʻqiy uxlamoq; yozuv, oʻquv, yozish, qaytish; oqar (suv),
boʻlajak (muallim), oʻtgan (mavzu).
V. Fe’llar tuzilishiga koʻra toʻrtga boʻlinadi:
1. Sodda fe’l – bir asos(oʻzak)dan iborat. Ular ham ayni paytda
tarkibiga koʻra ikkiga boʻlinadi.
A. Sodda tub – oʻqimoq, yozmoq, kelmoq.
ESLATMA
! Fe’llar lug’atlarda va matndan tashqarida -moq
shaklida beriladi: koʻrmoq, eshitmoq, bilmoq.
B. Sodda yasama: ish/la(moq), shod/lan(moq), yangi/la(moq).
2. Qoʻshma fe’llar – birdan ortiq asosdan tashkil topib, asoslar
orasiga boshqa qoʻshilmalarni qoʻshib boʻlmaydigan, bitta soʻroqqa
javob boʻladigan fe’llardir. M.:bunyod qilmoq, taq etmoq, sayr
etmoq, eski boʻlmoq, bir boʻlmoq, chirs etmoq, kirib chiqmoq.
3.Juft fe’llar – ikki fe’l juftligidan tashkil topgan, bitta soʻroqqa
javob boʻluvchi va gapda bitta gap boʻlagi vazifasida keluvchi
fe’llardir.M.: Oldi-qoʻydi, yozdi-qoʻydi, sindi-qoldi.
UNUTMANG
. Oldi-berdi, oldi-sotdi, bordi-keldi kabi juft soʻzlar
otga koʻchib oʻtgan, shuning uchun bular juft ot sanaladi.
4.Takroriy fe’llar – asosni takrorlash bilan hosil boʻlgan fe’llardir.
M.: bora-bora, yugura-yugura, yiqila-yiqila, yurub-yurub, turib-turib.
VI. Fe’llar obyektga munosabatiga koʻra, ya’ni tushum kelishigidagi
soʻzni boshqarish boshqarmasligiga koʻra ikkiga boʻlinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |